Xristianlikning asosiy mazmuni-xudoning o`g`li, afsonaviy xudo odam Iso Masix /Iusis Xristos/ ning samodan yerga tushib, odamlarni dastlabki gunohdan halos qilish uchun qiynoqlarga va o`limga rozi bo`lganligi, yana tirilib, osmonga ko`tarilib ketganligi haqidagi ta‘limotdir.
Xristianlik ta‘limotiga ko`ra, kelajakda Isoning ikkinchi marta qaytib kelishi va tiriklar-u o`liklarni sud qilishi kutiladi. Iso muxlislariga Iso o`gitlariga va uning vasiyatlariga amal qilish, hayot mashaqqatlariga Iso kabi bardosh berish zarurligi, uning evaziga kelajakda narigi dunyoda ajr /mukofot/ ga erishajaklari fikri singdirilgan.
Xristosga dastlab qullar, qullikdan ozod bo`lganlar, mayda hunarmandlar va mayda savdogarlar e‘tiqod qilganlar.
Rim imperatori Konstantin 313 yili diniy-e‘tiqodlar erkinligi to`g`risida edikt /qonun/ chiqarib xristian dinni davlat diniga (324 yili) aylantiradi. Milodning IV asrida xristianlik keng tarqalgan bo`lsa-da qadimgi madaniyat va mafkura so`nggi Rim imperiyasining madaniy va siyosiy hayotiga kuchli ta‘sir ko`rsatishda davom etadi.
Rim davlatining harbiy qudratining oshib borishi va ulug` bir davlatga aylanishi jamiyat hayoti, shu jumladan, falsafa, notiqlik, san‘at va adabiyotning rivojlanishiga o`z ta‘sirini ko`rsatmay qolmadi. Hokimiyat tepasiga kelgan aristokratlar o`z mavqelarini mustahkamlash maqsadida o`z manfaatlarini himoya qiluvchi yangi mafkurani yaratishga intiladi va qadimgi yunon davlatchiligini mustahkamlashda muhim rol o`ynagan yunon falsafasiga murojaat qiladilar. Natijada hukmron sinf vakillarining manfaatlarini Himoya qiluvchi mafkuraviy ta‘limotlar vujudga kela boradi.
Agar qadimgi Rimning sof falsafiy ta‘limotlariga e‘tibor bersak, qadimgi yunon faylasuflari Demokrit va Epikurlarning atomistik nazariyasini o`rganish va rivojlantirish boshqa falsafiy ta‘limotlarga nisbatan ancha yaqqol ko`zga tashlanadi. Qadimgi yunon falsafasidagi atomistik nazariyani Rimlik shoir va faylasuf Tit Lukretsiy Kar /mil.avv.98-55 yillar/ o`zining 6 bobdan iborat ,,Buyumlarning hosiyati" nomli asarida yanada rivojlantiradi.
U o`z poemasida Demokratik va Epikur falsafasini lotin tiliga she‘riy uslubda bayon qilib beradi. Lekin bu ta‘limotni oddiy ta‘riflab bermaydi, balki dunyoning tuzilishi haqidagi atomistik nazariyaga to`xtalish bilan birga falsafaning boshqa masalalariga ham to`xtalib o`tadi.
Lukretsiy o`z poemasida butun borliqning faqatgina atomlar va bepoyon bo`shliqdan iboratligi, mangu atomlar hech qachon butunlay yo`qolib ketmasligi va yangitdan paydo bo`lmasligi, atomning beto`xtov harakat qilishi natijasida murakkab moddalarning paydo bo`lishi, tabiat muttasil o`zgarib yangidan-yangi dunyolarning vujudga kelishi, bizning ko`zimiz ko`rib turgan kosmik sistemadan, ya‘ni yer quyosh, oy va sayyoralar-u behisob yulduzlardan tashqari bepoyon fazoda yana boshqa son-sanoqsiz quyosh sistemalari ham mavjudligi koinotda ro`y berib turadigan barcha hodisalar o`z ichki qonuniyatlari asosida ro`y berishini ta‘kidlab o`tadi.
Shuningdek asarda ruh va jon masalalariga insonning o`z sezgilari orqali ob‘ektiv dunyo va uning voqealarini bilib olishi mumkinligiga, yerning paydo bo`lishi, hayotning tug`ilishi masapalariga to`xtalib o`tadi. Uningcha, tabiat tarixining dastlabki bosqichlarida paydo bo`lgan jonivorlarning ba‘zi birlari hayotning og`ir sharoitlariga dosh beraolmasdan halok bo`lgan, faqatgina baquvvatlari va chidamlilarigina tirik qolgan. Ongli mavjudot hisoblangan insongina barcha jonivorlardan keyin dunyoga kelgan. Dastlabki odamlar o`zlarining hozirgi avlodlari singari barkamol bo`lmaganlar, qonun-qoida, oilaning nimaligini bilmagan, hayvonlar singari o`z holicha hayot kechirganlar, tabiatning hodisalari va o`zlaridan kuchliroq bo`lgan hayvonlardan o`zlarini himoya qila olmaganlar. Vaqtlar o`tishi bilan oila paydo bo`lgan, olovdan foydalanish vujudga kelgan. Natijada odamlarning turmushi yengillasha borgan, birgalikda kun kechira boshlaganlar.
Qadimgi Rim ma‘naviy madaniyatining asosiy elementlaridan biri hisoblangan adabiyot birinchi navbatda qadimgi italiy qabilalari xalq og`zaki ijodi namunalari, asosida, ikkinchi navbatda esa qadimgi yunon adabiyotining ta‘siri ostida shakllangan. Ko`pgina Rim adiblarining asarlarida qadimgi yunon shoirlari va dramaturglarining ta‘siri sezilib turadi.
Qadimgi rimliklar qadimgi Gretsiya va ellinistik davlatlarni bosib olganlaridan so`ng, serhasham binolar qurishga alohida e‘tibor bera boshlaydilar.
Rim imperiyasining birinchi imperatori hisoblangan
Do'stlaringiz bilan baham: |