Qadimgi yunon va rim madaniyati



Download 118 Kb.
bet1/11
Sana12.06.2022
Hajmi118 Kb.
#658954
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Qadimgi yunon va rim madaniyati


Qadimgi yunon va rim madaniyati
Reja



  1. Qadimgi Yunоn mаdаniyati.

  2. Qadimgi Yunоn mаdаniyatining gumаnistik yo’nаlishlаri.

  3. Qadimgi Rim mаdаniyati.

  4. Qadimgi Rim mаdаniyatidа o’z dаvri diniy e`tiqоdi, huquqi, sаn`аti, mе`mоrchilik vа xаrbiy sоxаdаgi yutuqlаrining mujаssаmlаshа bоrishi.

Miloddan avvalgi III ming yilliklar boshlariga kelib keyingi davr, umuminsoniyat madaniy taraqqiyotiga kuchli ta‘sir ko`rsatgan qadimgi yunon madaniyatining kurtaklari paydo bo`la boshlagan. Bu madaniyatning yuksak darajada rivojlanishi qo`shni davlatlar, ayniqsa, qadimgi Rim madaniyatining yuksalishiga sabab bo`lgan.


Qadimgi yunon madaniyati o`zining ulug`vorligi, nafisligi, qamrab olgan ko`lamining kengligi bilan hozirgacha kishilarni hayratlantirib keladi. Qadimgi yunonlar tomonidan vujudga keltirilgan madaniyat inson tafakkurining naqadar kengligi va bitmas-tuganmasligini ko`rsatib berdi. Hozirgi zamon san‘ati va adabiyotining ko`pgina tur va janrlarining shakllanishiga sabab bo`ldi.
Yunon madaniyati o`sha davr kishilarining his-tuyg`ulari, intilishlari-yu, orzu-umidlari va ruhiy holatlarining ifodasi sifatida shakllangan. Yunonistonlik buyuk tafakkur egalari g`oyaviy va badiiy jihatdan yuksak darajadagi asarlar yaratishib, insoniyat uchun abadiy muammo hisoblangan vatanparvarlik, jasurlik, insoniy qudrat, kurashchanlik kabi hislatlarni madh etishib, pastkashlik, qurqoqlik, sotqinlik kabilarni qoralaganlar.
Qadimgi yunon madaniyati inson badiiy tafakkurining shunday cho`qqisiga chiqqanki, butun Yevropa xalqlari o`z madaniyatlarini taraqqiy ettirishda mazkur xalq madaniyatiga etalon sifatida qaraganlar. Hatto diniy mutaassiblik hukmronlik qilgan O`rta asrlarda ham Yevropa madaniyati qadimgi yunon madaniyatidan kuch olgan.
Uyg`onish davrida esa Yevropa xalqlari antik davr/,,antik"so`zi lotincha so`zdan olingan bo`lib, ,,qadimgi"degan ma‘noni anglatadi/ madaniyatidan madad olib butun Yevropani chulg`ab olgan mutaassiblik va xurofotga qarshi kurashganlar.
Qadimgi yunon madaniyatining taraqqiyot bosqichlari to`g`risida to`liqroq tasavvurga ega bo`lish uchun uni davriylashtirib o`rganish muhim ahamiyatga ega. Chunki, har bir tarixiy-madaniy bosqichda bir-biridan farqlanib turadigan mazmunan boy va g`oyaviy jihatdan mukammal madaniy boyliklar yaratilganligi ko`zga tashlanadi.
Qadimgi yunon madaniyatini o`rganar ekanmiz quyidagi bosqichlarning madaniy hayoti va ma‘naviy-badiiy tafakkurining asosiy jihatlarini tahlil qilamiz.
1. Krit-Mikena yoki Egey madaniyati./mil.avv.Ill ming yillikdan to mil.avv.XII asrlargacha bo`lgan davr./
2. Gomer davri madaniyati./mil.avv.XI-VIII asrlar./
3. Arxaika davri madaniyati./mil.avv.VII-VI asrlar./
4. Klassika davri yoki grek demokratiyasi davri madaniyati /mil.avv-V asr IV asrning 40 yillarigacha bo`lgan davr./
Albatta bu davrlar madaniyatining o`ziga xos jihatlari, rivojlanish qonuniyatlari mavjud bo`lib, umumjaxon, ayniqsa, Yevropa madaniy taraqqiyotida muhim rol o`ynaydi. Yuqoridagicha, davriylashtirish shuni ko`rsatadiki, qadimgi yunon madaniyati uzoq davrlarni bosib o`tib rivojlangan va insoniyat madaniyatining umumboyligiga aylangan.
Qadimgi yunonlar o`zlaridan keyingi avlodlarga shunday madaniy meros qoldirganlarki, bu madaniy boylikpar minglab yillar o`tsa-da, o`z jozibasini, nafisligi-yu, nafosatini hanuzgacha yo`qotmagan va ko`rgan kishini beixtiyor hayratlantiradi.
Qadimgi yunon madaniyatining yuksalishida Peloponnes yarim oroli, O`rta Yer va Egey dengizlarida joylashgan orollar, shuningdek qadimgi Sharq madaniyatidan baxra olgan Kichik Osiyoning G`arbiy sohillarida yashagan ko`pgina qabilalar madaniyati muhim rol o`ynagan.
Qadimgi yunon madaniyatining dastlabki bosqichi ,,Krit-Mikena" yoki Egey madaniyati deb nomlanadi. Bu davr madaniyati asosan mil.avv.II ming yilliklarda juda katta ko`tarilishta ega bo`lib, bir muncha sodda ko`rinishda bo`lsa-da arxitektura, tasviriy san‘at, haykaltaroshlik va diniy qarashlarda o`z aksini topgan.
Krit madaniyati mil.avv. III - II ming yilliklarda shakllanish jarayonini boshdan kechiradi va mil.avv. XVI asrdan boshlab Gretsiyaning quruqlikdagi hududlari, ayniqsa, Mikena madaniyatiga kuchli ta‘sir ko`rsatadi. Krit orollari va quruqlik-Elladada /Mikena deb ham yuritiladi/ olib borilgan arxeologik qazishmalar natijada topilgan ko`plab ashyoviy dalillar qadimgi yunon madaniyatining qay tarzda rivojlanganligini ko`rsatadi.
Mazkur bosqichning ,,Krit-Mikena"deb atalishiga asosiy sabab, ingliz arxeologi A.Evans XIX asrning 90 yillarida Krit orollarida katta qazishma ishlarini olib bordi. Natijada nemis arxeologi G.Shliman tomonidan 1874 yilda Peloponnesning shimoliy-sharqiy qismi - Mikeanada topilgan madaniy qatlamdan ham ko`ra qadimiyroq bo`lgan madaniy qatlamni ochadi. Shu boisdan, XX asrning birinchi o`n yilliklaridan boshlab ilmiy adabiyotlarda ana shu ikkala hudud nomidan kelib chiqib, , ,Krit-Mikena madaniyati'' atamasi ishlatila boshlangan.
Taxminan,mil.avv.II ming yillikda qurilgan Knoss saroyi qoldiqlari qadimgi Kritda arxitektura, tasviriy san‘at ancha Rivojlanganligini ko`rsatadi. A.Evansning ko`rsatishicha, Knoss saroyi uch va hatto to`rt qavatli qilib qurilgan. Saroy markazida xalq yig`inlari o`tkazilib turiladigan zal mavjud bo`lgan. Sopol quvurlar orqali saroyda ishlatilgan tashlandiq suvlar oqizilib turilgan. Saroy binolarining devorlariga o`simliklar, g`aroyib hayvonlar suratlari va saroy ahlining hayotini tasvirlovchi rasmlar chizilgan. Krit arxitektorlari yuqoriga kengayib boruvchi ustunlardan ustalik bilan foydalanganlar. Bu esa saroy xonalarining hashamdorligini yanada oshirgan.
Kritliklar madaniyati rivojlanishining asosiy sabablaridan yana biri - kritliklar ko`proq dengizda suzish uchun ko`plab qayiqlar, so`ngra yirik kemalar qurishga majbur bo`lganlar. Natijada hunarmandchilik yanada rivojlangan. Boshqa tomondan esa ular kemalarda suzishib Shimoliy Afrika, Misr va Old Osiyo hududlari bilan madaniy va savdo aloqalarni o`rnatganlar. Mazkur aloqalar natijasida kritliklar Sharqning keng rivojlangan madaniyati bilan tanishish imkoniyatiga ega bo`lganlar. A.Evans qazishmalari natijasida topilgan ko`plab piktografik va ieroglif yozuvlar tushirilgan sopol lavhalar kritliklar o`z yozuv belgilarini yaratishda mil.avv. Ill ming yillikda, Shumer, Finikiya, Misrda keng tarqalgan suratli va belgili yozuvlardan foydalanganliklarini ko`rsatadi. Natijada kritliklar taxminan mil.avv. XVII asrlarga kelib o`zlarining bo`g`in chiziqli yozuvlarini vujudga keltirganlar.
Kritliklarning diniy qarashlari bir muncha sodda ko`rinishda bo`lgan. Shu sababli ular yirik-yirik ibodatxonalar qurmaganlar. Diniy topinish markazlari kichik-kichik sajdagohlap va mehroblar shaklida bo`lgan. Ularning dastlabki diniy qarashlari totemistik ko`rinishda bo`lgan. Keyinchalik Kritda xudo Zevs to`g`risidagi tasavvurlar vujudga kela borgan. Muayyan davr ichida bu tasavvurlar sistemalashib, turli xil afsonalarning paydo bo`lishiga olib kelgan. Bir afsonada ko`rsatilishicha, yunonlarning bosh xudosi, mabudlar ma‘budi Zevs Kritda to`g`ilgan. So`ngra Zevs dengiz to`lqinlaridan o`tib Finikiya malikasi go`zal Yevropani Kritga olib keladi. Ulardan Kritning eng odil hukmdori Minos to`g`iladi.
Mil.avv.II ming yillikdayoq oltindan mashhur Krit zargarlik buyumlari yasalgan. Kritlik kulollar sopol idishlarni nihoyatda bejirim qilib yasaganlar va ularning tashqi tomonidan o`simliksimon naqshlar bilan bezaganlar. Shuningdek, kulollar pishiq loydan ma‘bud va ma‘budalarning, odamlar va hayvonlarning haykalchalarini yasaganlar.
Miloddan avvalgi III-II ming yilliklar davri materik /quriqlik/ uchun ellada davri deb, orollar uchun ellada davri deb atalgan. Shuningdek, ellada davri mikena davri deb ham atalgan. Mikenadagi ko`plab saroylarning ichki binolari har xil freskalar /devor yuzasiga tushiriladigan rang tasvir surat / bilan bezatilgan. Shuningdek, ayrim suratlarda urush manzaralari tasviri ham uchraydi. Mikena /Tirinf/ da joylashgam shox Atrey maqbarasi arxeologlar tomonidan o`rganilganida u yerdan oltin, tog` xrustallaridan ishlangan idishlar, sher boshli oltin vaza, kabutarlarning bo`rtma suratlari tushirilgan oltin qadax va boshqa buyumlar topilgan. Bu buyumlar Mikena hunarmandchiligi va halq amaliy san‘ati ham nihoyatda rivojlanganligini ko`rsatadi. Umuman, Krit-Mikena davri madaniyati qadimgi yunon madaniyatining sodda ko`rinishdagi rivojlanish bosqichi bo`lib, keyingi davr arxitektura, tasviriy san‘at, xalq, amaliy san‘ati vadiniy qarashlarning shakllanishiga samarali ta‘sir ko`rsatadi.

Download 118 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish