Qadimgi Yunon madaniyati Reja



Download 61 Kb.
bet9/10
Sana09.05.2023
Hajmi61 Kb.
#936381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qadimgi Yunon madaniyati

6. Qadimgi yunon dini. Din ma`naviy madaniyatning bir turi bo`lib, ishonch, e`tiqod degan ma`nolarni bildiradi. Ibtidoiy jamoadan quldorlik tuzumiga o`tish davrida yunonlaming e`tiqodida ham katta o`zgarishlar sodir bo`lgan.
Yunonlar e`tiqodicha har bir narsa, hodisa va kasb-hunarning o`z xudolari – homiylari bo`lgan. Ularni erkagini ma`bud, ayolini esa ma`buda deb ataganlar. Yunonlar bu ma`bud va ma`budalarni izzat-ikrom qilish bilan biiga ulardan qo`rqqanlar ham. Yunonlar xudolar tabiat va jamiyatning hamma yerida yashab, uni boshqarib turadi deb ishonganlar. Ular o`z xudolarini kuchli, chiroyli va kelishgan odam qiyofasida tasavvur etganlar.
Afsonalarga ko`ra Zevs osmon, momaqaldiroq, chaqmoq va yomg`ir xudosi deb tan olinib, odamlar va xudolarning bosh hukmdori – podshosi hisoblangan. Odamlar Zevsdan qo`rqqanlar, uni ulug`laganlar. Unga bag`ishlab ibodatxona qurib, haykalini ham ishlaganlar.
Poseydon «yerni tebratuvchi» dahshatli dengiz xudolaridan bo`lgan. U yarim yalang`och o`ng qo`lida uch ayriliq nayza tutgan holda tasvirlangan. Afsonaga ko`ra, u o`zining uch ayriliq nayzasi bilan yerni larzaga keltirib, dengizda bo`ron ko`tarar va kemalarni parchalab, cho`ktirib yuborar ekan.
Gelios quyosh xudosi bo`lib, oppoq otlar qo`shilgan aravasida osmonga chiqqanida go`yo kunduz boshlanar ekan.
Appian esa yorugiik va san`at xudosi, Demetriy hosildorlik ma`budasi hisoblangan. O`simliklarning o`sib-unishi, kuzakda so`lib, sarg`ayishi unga bog`liq ekan. Aytishlaricha, Aid Yer osti saltanati homiysi bo`lgan. Odam o`lgach, uning joni Yer osti saltanatiga tushib ketar ekan.
Dionis uzumchilik, musallas-sharob, sevgi, go`zallik va dengiz sayohatchilari homiysi bo`lgan ekan.
Afina Zevsning qizi bo`lib urush, g`alaba, san`at, bilim va donolik ma`budasi bo`lib, u go`zal ayol qiyofasida tasvirlangan. Ayni paytda u Afina shahrining homiysi bo`lib, shahardagi Parfenon ibodatxonasi oldida uning ajoyib haykali bor. Mashhur yurion xudolaridan biri Gefest bo`lgan. U Zevs bilan Geraning o`g`li bo`lib temirchilar homiysi hisoblangan. U hunarmandlar kiyadigan oddiy kiyim-bosh kiyib, peshband taqib, qo`llari va yuz-ko`zi temirchilarnikiga o`xshab qora kuyaga belanib yurar ekan.
Germes savdo-sotiq xudosi bo`lib, Zevsning topshiriqlaiini bajarib yurgan. Yunonlar Germesni shippak va shlyapa kiygan kishi qiyofasida tasvirlaganlar.
Xulosa shuki, yunonlar ko`p xudo – ma`bud va ma`budalarga e`tiqod qilganlar.
Ko`p xudolik Yunonistonning ko`p qirrali xo`jaligi bilan cham-barchas bog`liq bo`lgan.
Yunonistonning ko`p qirrali madaniyati Yevropa, Janubi-G`arbiy va O`rta Osiyo xalqlari madaniyatining rivojlanishiga juda katta ta`sir ko`rsatgan.

Download 61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish