Qadimgi Yunon madaniyati Reja


Yunonistonning qadimgi Olimpiya o`yinlari



Download 61 Kb.
bet8/10
Sana09.05.2023
Hajmi61 Kb.
#936381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qadimgi Yunon madaniyati

5. Yunonistonning qadimgi Olimpiya o`yinlari. Olimpiya Peloponnesning shimoli-g`arbidagi Elida viloyatidagi qadimgi shaharlardan biri bo`lib, u yunonlar uchun muqaddas bo`lgan. Shaharda har 4 yilda bir marta yunbnlarning turli o`yin-musobaqalari o`tkazilgan.
Solnomachilarning bergan ma`lumotlariga ko`ra Olimpiya musobaqalari birinchi bor miloddan avvalgi 776-yilda boshlangan ekan. Shahar o`rtasida yunonlarning bosh xudosi Zevs ibodatxonasi bo`lib, uning o`rtasida taxtda o`tirgan Zevs haykali o`rnatilgan. Zevs ibodatxonasi atrofida kichik ibodatxonalar ham bo`lib, ular xudolar, afsonaviy qahramonlar va minglab o`yin g`oliblarining haykallari bilan bezatilgan.
Ibodatxona atrofida jismoniy mashq maydonlari va inshootlari joylashgan,
Olimpiya o`yinlarini tomosha qilish uchun bu muqaddas dargohga Yunonistonning turli polis, o`lka, hatto manzilgohlaridan o`n minglab tomoshabinlar kelishgan. Olimpiya o`yinlari vaqtida bu yerga ayollarning kirishlari taqiqlangan. Bu qoidani buzgan kishilar hatto o`limga mahkum etilgan ekan.
Olimpiya maydonlarida chopish, sakrash, kurash, disk otish, mushtlashish, nayza otish va boshqa sohalar bo`yicha musobaqalar o`tkazilgan. Yosh yigitlarning musobaqalari uchun bir kun ajratilgan.
Olimpiya musobaqalari orasida to`rt ot qo`shilgan ikki g`ildirakli aravalar poygasi eng zavqli va eng xavfli o`yin hisoblangan. Aravakash jang aravasi ustida turib, uni boshqargan. U ippodrom otchopar maydonini 12 marta aylanib chiqishi kerak bo`lgan. Aravakashlar kuchli, epchil, jasur va arava boshqaruvga mohir bo`lishi kerak bo`lgan. Bir yugurishda bir necha o`n arava ishtirok etgan. Arava poygalari vaqtida, aravalarni bir-biriga va ustunlarga urilishi natijasida ag`darilish hollari ko`p bo`lgan. Shunday vaqtlarda qanchadan-qancha odam va otlar jarohatlanib, qanchadan-qanchasi o`lgan.
Musobaqada g`olib chiqqanlar zaytun daraxti novdalaridan to`qilgan gulchambarlar bilan mukofotlanganlar. Shu narsa achinarliki, poygada o`z hayotini xavf ostida qoldirib, aravani boshqargan aravakash emas, balki ot-arava egasi musobaqa g`olibi hisoblangan. G`oliblar ona shahri va qishloqlariga qaytishgach, aholi ularni tantanalar bilan kutib olgan. Joylarda g`oliblar sharafiga haykallar o`rnatilgan.
Olimpiya o`yinlari o`tkaziladigan oy muqaddas hisoblanib, shu oyda butun Yunonistonda urushlar to`xtatilgan.
Olimpiya o`yinlariga yozuvchi, shoir, rassom, haykaltarosh, tarixchi va faylasuflar tomoshabin sifatida ishtirok etganlar.
Rivoyatlarga ko`ra «tarix otasi» Gerodot o`zining mashhur «Tarix» asarini birinchi marta Olimpiya o`yiniarining birida o`qib beigan ekan.
Yunonlar o`zlarining qadimgi yil hisobini eng dastlabki Olimpiya o`yinlari boshlangan1 kun va yildan hisoblaganlar. Hozir ham jahon bo`ylab Olimpiya o`yinlari har 4 yilda navbat bilan u yoki bu mamlakatda o`ticazilib kelinmoqda.

Download 61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish