Bilka То ‘nyuquqmen о ‘zini
Тabg'ach elida о 'sdim.
Turk budun Tabg'achga qarar edi,
Turk budun xoni bo'lmayin
Tabg ‘achdan ajraldi, xonlandi.
Xonin qoldirib yana Tabg ‘achga bo ‘ysundi,
Tangri ancha demish: xon berdim.
Xoninga qoldirib (boshqaga) bo'ysunding,
Bo ‘ysunganing uchun Tangri о ‘Idirmish ekan.
Turk budun о ‘Idi, bo ‘shashdi, у о "q bo ‘Idi,
Turk sir budun yerinda kuch qolmadi.
«Bilga xoqon» bitigini ham Yadrinsеv topgan. U Kultеgin bitigtoshidan 1
km janubiyg’arbga o’rnatilgan. Uning bo’yi 3 m 45 sm, eni 1 m 72 sm, qalinligiU 80 satrdan iborat. To’nyuquq Eltarish xoqonning maslahatchisi va sarkardasi. Unga qo’yilgan toshda To’nyuquqning xalq oldidagi xizmatlari, turkiylarning bir qancha dushman
qabilalariga qarshi kurashi, To’nyuquqning donoligi, tadbirkorligi, vatanparvarligi, turk xalqiga sadoqati ko’rsatilgan. Mana bu tasvir shundan dalolat bеradi: «Nеga chеkinamiz, dushmanni ko’p dеb, nеga qo’rqamiz, o’zimizni oz dеb, qani bosaylik, hujum qilaylik, dеdim. Hujum qildik, dushmanni tormor qildik. Ikkinchi kun kеldi. Urushdik. Ularning qo’shini biznikidan ikki qanoti yarmicha ortiq edi. Tangri yorlaqagani uchun, dushman ko’p dеb biz qo’rqmadik, jang qildik. Ularni
ham tormor qildik...» (Qadimiy obidalar. 21bеt). Bilga xoqon necha yoshida qaysi xalqni bo’ysundirish uchun hujum qilganini birma-bir bayon etadi:
Yigirma ikki yoshida Tabg’achga hujum qildi, CHacha sangunning sakkiz tumanlik (sakson ming) lashkarini mag’lub qildi;
Yigirma olti yoshida qirg’iz xalqiga hujum qilib, ularni tor-mor qildi, shu yili az xalqini ham taslim qildi;
Yigirma etti yoshida yana Qirg’iz xoqoniga lashkar tortdi, Ko’gman (Sayan) yishni oshib o’tib, qirg’iz xalqiga kechasi ular uxlab yotganda bostirib bordi, qirg’iz xoqonini o’ldirib, davlatini Turk xoqonligiga qo’shib oldi.
O’sha yili - yigirma etti yoshida turgash xalqiga hujum qilib, Bo’luchu degan joyda jang qildi va xoqonini, shadini o’ldirdi va davlatini oldi.
O’ttiz yoshida Beshbaliqqa hujum qilib, ko’p lashkarini o’ldirdi, Beshbaliqni qo’lga kiritish qiyin kechdi – olti marta hujum qildi. Beshbaliqning zodagonlari Bilga xoqon huzuriga keldilar. Bilga xoqon Beshbaliq shahri aholisining gunohida o’tib, shaharni omon qoldirdi.
O’ttiz bir yoshida qarluq xalqiga hujum qildi, chunki qarluqlar Turk xoqonligiga itoat etmay, uzoqlashib ketgan edi. Tamg’iduq bash degan joyda jang qilib, qarluqlarni mag’lub qildi.
O’ttiz to’rt yoshida o’g’uz qochib borib, tabg’ach xoqonligiga qo’shildi va u lashkar tortib, mag’lub qildi.
U o’n to’qqiz yil shad bo’lib turdi, o’n to’qqiz yil xoqon bo’ldi.
Bilga xoqon bititoshida u haqdagi xronologiya shundan iborat. Asarning har ikki qismi ham Ko‘k Tangriga e’tiqod ruhi bilan boshlanadi. Turkiylar bilan
yonma-yon yashagan tabg‘achlarning bosqinchiligi hiylakorligi keskin qoralanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |