Beruniy taraqqiy etish va yo`q bo`lishga sabab bo`lgan tabiiy hodisallarni tadqiq etar ekan Allohning yaratuvchilik qudratini inkor etmaydi. Olimm tabiatda qotib qolgan narsa yo`q, “ dunyodagi hamma narsa ma’lum vaqtdan keyin bir holatdan ikkkinchi holatga o`tib turadi”, degan nuqtai nazarda turadi. Dunyoning tuzilishini tushuntirishda Beruniy atomizmga yaqin bo`lgan. Uning atomistikasi atomlarning moddiy xarakterini va har qanday determinizmni inkor etuvchi mutakallimlarnit fikr va qarashlariga qarama-qarshi qo`yilgan. Uning dunyolar ko`p degan xulosalarga olib keluvchi fiqolari ham bo`lgan . Buni olimning falsafiy baxslarida Ibn Sino ham sezgan edi Beruniy o`z mulohazalarida boshqa dunyolarning moddiyligi haqidagi tushunchaga asoslangan
Do'stlaringiz bilan baham: |