Yevropada inkvizitsiya taqibga uchragan olimlar
Inkvizitsiya (lot. inguisitio — qidi-ruv) — katolik cherkovining sudter-gov tashkiloti; 13-asrda bidʼatchnlarta qarshi kurashish maqsadida tuzilgan. Rim papasiga boʻysungan. I. zamindorlar-cherkov mafkurasi va ular zulmiga qarshi kurashchilarni taʼqib qilgan. 1231-yildan dominikanlar ordeni ixtiyorida boʻlgan. I. faoliyati shafqatsizligi bilan ajralib turgan.
I. Gʻarbiy Yevropaning bir qancha mamlakatlari, ayniqsa, Ispaniyada keng tarqaldi. Buyuk mutafakkirlar, olimlar J. Bruno, J. Vanininch I. yondirdi, G. Galiley va b. taʼqibga uchradi. 1452-yildan Rimdagi Oliy I. tri-bunali I.ning oliy organi boʻlib qoldi. 16-asrda I. kontrreformatsiyaning asosiy qurollaridan biriga aylandi. 18— 19-asrlar davomida I. tugatildi. Uning vazifalari qisman Vatikanpyaph muqaddas kanselyariya Kongregatsiyasiga oʻtdi. 1965-yilda bu tashkilot diniy taʼlimot Kongregatsiyasi etib qayta tu-zildi
Inkvizitsiya gulxanlari Yevropaning eng sokin davlatlaridan biri bo‘lgan Chexiyani ham chetlab o‘tmagan. O‘rta asrlarda Rim cherkovidan noroziligini ochiqchasiga bildirishga jur’at etgan har qanday odam to‘satdan bid’atchiga aylanib, olovda tiriklayin yondirilishi mumkin edi. “Daryo” Chexiyada taniqli bo‘lgan islohotchining ana shunday voqelik qurboni bo‘lgani haqida hikoya qiladi.
1415-yil 6-iyul kuni Germaniyaning Konstants shahrining asosiy maydonida ulkan gulxan yonardi. Maydonga “bid’atchi” Yan Gusning qayg‘usini ko‘rishni istagan olomon sig‘may ketgandi. O‘sha paytda ularning miyasida qanday fikrlar o‘tgan? Ular butun Chexiyada taniqli bo‘lgan islohotchiga hamdard bo‘lishganmi yoki uni la’natlashganmi?
Gulxanda yoqilayotgan inson olovga bir dasta o‘tin olib kelib tashlagan taqvodor kampirga qarab: “Oh! Muqaddas soddalik!”, — deya jilmayganida kampirning xayolidan nimalar o‘tgan? Kimdirlar g‘azablandi. Kimdirlar xursand bo‘ldi: “Yana bir bid’atchi qilmishiga yarasha jazolanadi!”. Yan Gus qanday xatti-harakatlari uchun o‘ziga nisbatan bunday qarama-qarshi munosabatga loyiq edi? Uni qanday g‘oyalar gulxanga olib keldi? Nega ular Yan Gusni yoqdi?
Afsuski, tarix Yan Gus qachon tug‘ilganini aniq bilmaydi. U, taxminan, 1369 va 1371-yillar orasida tug‘ilgan deb hisoblanadi. Uning ota-onasi oddiy dehqonlar edi. Biroz ulg‘aygach, yosh Yan Pragaga ketadi, poytaxt uni ilm bilan o‘ziga jalb qilardi. U mashhur Praga universitetiga o‘qishga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Ochlik va nochor hayot uning o‘qib o‘rganishiga, mukammal bilim olishiga to‘sqinlik qila olmadi.
Ko‘p o‘tmay universitetning quyi ta’limini imtiyozli diplom bilan tugatgan Yan Gus Praga universitetining erkin san’at fakultetining tinglovchisiga aylanadi. 1393-yilda u ilohiyot bakalavriga, yana bir necha yil o‘tgach, 1396-yilda u erkin san’at bo‘yicha magistr unvonini oldi. Universitetda ishlashga qolgan qahramonimiz keyinchalik dekan lavozimiga va hatto rektor lavozimigacha ko‘tariladi.
Qanday qilib kambag‘al dehqon oilasidan bo‘lgan oddiy inson Yevropadagi eng taniqli va obro‘li universitetlardan birini boshqargan? Bu savolga javob, birinchi navbatda, Yan Gusning haqiqatparvar va qat’iyligidadir. Agar maqsad allaqachon belgilab olingan bo‘lsa, har qanday holatda ham unga intilish kerak!
Do'stlaringiz bilan baham: |