Burhoniddin Marg’inoniy va O’rta osiyo fiqh maktabi
Burhoniddin Margʻinoniy (toʻliq ismi Abulhasan Ali ibn Abubakr ibn Abduljalil al-Fargʻoniy al-Rishtoniy al-Margʻinoniy) (1123.23.9, Rishton tumani, Dahbet qishlogʻi — 1197.29.10, Samarqand)— buyuk faqih, imom.
Dastavval otasi Abubakr ibn Abduljalil, soʻng Simom Bahouddin Ali ibn Muhammad Asbijobiy qoʻlida tahsil koʻrdi. Rishton, Margʻilon, Buxoro, Samarqand va Movarounnaxrning boshqa shaharlarida islomiy taʼlim olib, hanafiya mazhabining buyuk faqihi sifatida nom qozondi. Shayxulislom boʻlib yetishdi. 1149-yil haj safariga bordi. Burhoniddin margʻinoniy Samarqand shahridagi Chokardiza kabristonga dafn etilgan.
Burhoniddin margʻinoniy fiqh boʻyicha asosiy asari "Bidoyat ul-mubtadiʼ" ("Boshlovchilar uchun qoʻllanma")ni hanafiya nazariyotchisi, shariat asoschilaridan Abul Hasan al-Quduriy (1029-yil v.e.) va Muhammad ash-Shayboniy (884 yil v.e.) asarlariga tayanib yozgan. Burhoniddin margʻinoniyning ushbu kitobi nazariy asar edi, undan amaliy jihatdan foydalanish qiyin boʻlgan. Shu sababli Burhoniddin margʻinoniyning oʻzi 8 jildli sharh — "Kifoyat ul-Muntahiy" ("Yakunlovchilar uchun tugal taʼlimot")ni yozishga karor qilgan. Keyinchalik bu kitobi asosida "Kitob al-Hidoya" (qisqacha nomi "Hidoya" — "Toʻgʻri yoʻl")ni yaratadi (1178). Burhoniddin margʻinoniy bu kitobda oʻsha zamonlarda moʻminmusulmonlar duch keladigan dolzarb hayotiy masalalar, jumladan oilaviy va ijtimoiy munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoyat va jazo, insonning burch va masʼuliyatlariga taalluqli juda koʻp murakkab muammolarni islomiy huquq nuqtai nazaridan hal etib berdi. Mazkur kitob nafaqat Movarounnahrda, balki butun islom sharqida bir necha tillarga tarjima etilib maʼlum va mashhur boʻlib ketdi. Bu kitob fiqh ilmi boʻyicha eng aniq, izchil, mukammal asar boʻlgan. Undan asrlar davomida islom huquqshunosligi boʻyicha nufuzli huquqiy manba — asosiy qoʻllanma sifatida foydalanilgan (qarang Hidoya). Shu sababli alloma nafaqat ulamolar, balki oddiy xalq orasida ham "hidoyat yoʻlining sarboni" deya katta hurmat-eʼtibor topdi. Burhoniddin valmilla (islom dinining dalili, isboti) degan sharafli nomga sazovor boʻldi.
Burhoniddin margʻinoniy yana bir qancha asarlar yozgan: "Nashr al-mazhab" ("Mazhabning tarqalishi"), "Kitob at-tajnis val-maziyd" ("Fuqarolik huquqini taqdim etish"), "Kitob ul-faroiz" ("Majburiyatlar haqida kitob"), "Maziyd fi furu ulhanafiy" ("Hanafiya mazhabiga qoʻshimchalar") va boshqa U oʻz asarlarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, mulkchilikning turli shakllari (davlat va xususiy mulkchilik), moliyaviy faoliyat, jinoyat va jazoning huquqiy asoslarini, fuqarolik huquqi nazariyasi va amaliyoti, qozilik muassasalari tarkibi, tartibi va jinoiy ishni koʻrish masalalarini batafsil yoritib berdi. Bu asarlarda adolat tuygusi, oʻz davrining huquqiy mszonlari asosida yashash, oʻzganing mol-mulkiga koʻz olaytirmaslik, haromdan hazar qilish, insof va diyonat, mehroqibat kabi ezgu tushunchalarning mohiyati ochib berilgan. Burhoniddin margʻinoniyning oʻzi hayoti davomida ana shunday insoniy fazilatlarga amal qilib yashadi. Ilmu urfon yoʻlidagi fidoyiligi, kamtarligi oʻz asarlarida bir"on marta ham "men" degan soʻzni ishlatmay, "bu zaif banda aytadi", deya hokisorlik bilan izoh berishida ham koʻrinib turadi.
Burhoniddin margʻinoniyning ilmiy merosi oʻz ahamiyatinn yoʻqotmagan. Jahondagi koʻp oliy oʻquv yurtlarida musulmon huquqshunosligi fanlari Burhoniddin margʻinoniyning fiqh taʼlimoti asosida oʻrganiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng uning ilmiy merosini har tomonlama chuqur oʻrganish, asarlarini chop etish ishlariga katta eʼtibor berila boshlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Burhoniddin margʻinoniy vafotining 800 yilligi (1997), tavalludining 910 yilligi (hijriy sana boʻyicha) (2000) keng nishonlandi. Shu munosabat bilan Margʻilon shahri markazida Burhoniddin margʻinoniy yodgorlik majmui bunyod etilib, shu yerda uning ramziy maqbarasi oʻrnatildi.[
Do'stlaringiz bilan baham: |