Qadimgi sharq adabiyoti


Uilyam Meykpis Tekkerey (1811-1863)



Download 1,44 Mb.
bet97/142
Sana16.03.2022
Hajmi1,44 Mb.
#499505
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   142
Bog'liq
JAHON ADABIYOTI TARIXI

Uilyam Meykpis Tekkerey (1811-1863) ingliz tanqidiy realizmining yirik vakillaridan biri. Garchi u Dikkensga zamondosh bo‘lib, u kabi iqtidorli bo‘lsa ham, taqdiri uning taqdiridan farq qiladi. Yozuvchi sifatida Tekkerey Dikkens bilan yonma-yon tursa-da, mashhurlikda unda ancha ortda qolgan. Keyinchalik oliy hakam – vaqt uni Tolstoy, Filding, Shekspir kabi buyuk yozuvchilar qatoriga qo‘shib qo‘ydi.
Tekkerey Hindistonning Kalkutta shahrida tug‘ildi. 6 yoshida onasining o‘limidan so‘ng oilasi bilan Angliyaga qaytib keladi. Bu yerda u mahalliy maktabda bilim olib, 2 yil Kembrij universitetida o‘qiydi.
Tekkerey ijodida uch davrni ajratib ko‘rsatish mumkin: birinchi davr – 30-yillarning oxiri - 40-yillarning boshi; ikkinchisi – 40-yillar o‘rtalari va uchinchi davr – 1848-yildan keyingi ijodi.
Adabiy faoliyatini 1840 yili jurnalist sifatida boshladi. Uning o‘tkir ocherk, parodiya va karikaturalari “Panch» hajviy jurnalida bosildi. 30-yillardayoq Tekkereyning dunyoqarashi, siyosiy maslagi shakllandi. Yozuvchining falsafiy-estetik qarashlarida sirtini yaltiratishga berilib ketishlik, ortiqcha mubolag‘a, soxta ko‘tarinkilik va haqiqatni buzib ko‘rsatishga murosasizlik birinchi o‘rinda turadi.
Shubhasiz, dunyoni o‘tkir va kuzatuvchanlik bilan his qiluvchi san'atkor-Tekkerey yozuvchiga yordam beradi, ya'ni unga tasvirlanayotgan voqelikning muhitiga kirishga, eng muhimini ko‘rishga, o‘z qahramonlariga mustaqil bo‘lishda yordam beradi.
Yosh Tekkerey qarashlarining shakllanishida, u muntazam ravishda romannavis yozuvchilarga bag‘ishlangan ocherklarini ( “Mashhur mualliflarning romanlari”) chop ettirgan “Frezere megezin” bilan hamkorligi muhim ahamiyat kasb etdi. Bu Bulver i Dizraeli romanlariga o‘ziga xos parodiyalar edi. Ijodining birinchi davrida Tekkerey tomonidan uning ijtimoiy-siyosiy, falsafiy va estetik qarashlari aks etgan badiiy asarlar yaratildi. Bular “Katerina” (1839) romani, “Olijanob notavon” (1840) qissasi va “Barri Lindonning erishgan mavqyei” parodiya (1844) asarlaridir.
U ijodining ikkinchi va uchinchi davrlarida ko‘plab hajviy hikoya, qissalar va bir necha roman yozdi. “Snoblar kitobi” (1847), “Shuhratparastlik g‘ulg‘ulasi” (1848), “Pendonis” (1850), “Nyukomlar” (1855) va boshqalar.
Tekkerey ijodida satira va ijtimoiy mavzular asosiy o‘rinni egallaydi. Bu borada u Dikkensdan bir oz farq qiladi. Dikkens ijodkorning vazifasi ijtimoiy hayotning faqatgina salbiy tomonlarini ochib tashlashdan iborat bo‘lib qolmasligi kerak, u o‘quvchiga o‘sha illatlar bilan qanday kurashish yo‘llarini ham ko‘rsatib berish kerak deb hisoblaydi. Tekkerey uchun muhimi – hech qanday pardozlarsiz hayotiy haqiqatni ochib tashlash. Uning realistik estetikasini asosini “Haqiqat har doim ham yoqimli bo‘lavermaydi, lekin haqiqat barcha narsadan afzal”, “Insonni tabiiiy holda tasvirlamoq kerak” kabi tezislar tashkil etadi. Ular uning eng yaxshi asarlari uchun asos bo‘ladi.
“Shuhratparastlik g‘ulg‘ulasi” romanida Angliyaning XIX asr 10-20 yillaridagi hayoti keng tasvirlanadi. Asardagi voqealar Angliya poytaxti London atroflaridan Belgiya, Fransiya, Germaniya, Italiya davlatlariga ham ko‘chadi. Qahramonlar esa turli tabaqa vakillari (zodagonlar, parlament a'zolari, chinovniklar, harbiylar, o‘qituvchilar va boshqalar) bo‘lib, bu davr ingliz jamiyati ramziy ma'noda “shahratparastlik yarmarkasi” deb atalgan. Ular “g‘ulg‘ula” (yarmarka) qonunlari asosida yashadi. Bunda insonning qadr-qimmati pulining miqdori bilan o‘lchanadi. Tekkerey o‘z zamonasidagi Angliyani ham shunday yarmarkaga o‘xshatadi. Asarga hatto qo‘g‘irchoq obrazi ham kiritilgan.
Bu muhitda yozuvchi asarda asosiy o‘rinni egalovchi bosh qahramon topishga qiynaladi. Asarga “qahramonsiz roman” sarlavhasi qo‘yilgan.
Tekkerey asarining bunday nomlanishiga XVII asr Angliya yozuvchisi Jon Benyanning «Ziyoratchining yo‘li» (1678) asari turtki bo‘ldi. Uning ushbu allegorik - falsafiy asarida bir sayyohning Shuhratparastlik (London) shahriga kelishi hikoya qilinadi. Bu shaharda payshanba kunlari barcha-barcha (uy, yer, mansab, mamlakatlar, bola-chaqa, ota-ona, hayot, oltin…) narsalar sotiluvchi yarmarka bo‘ladi.
Romanda ikkita syujet chizig‘i bo‘lib, birinchisi, Emiliya Sedli taqdiri bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchisida, Bekki Sharpning hayoti aks ettiriladi. Ularning hayotlari ba'zi-ba'zida kesishib turadi. Voqealar avvalida Emiliya ijobiy qahramon sifatida namoyon bo‘ladi. U xushmuomala, rahmdil, yetim qolib oila mehriga mushtoq bo‘lgan dugonasiga g‘amxo‘rliklar ko‘rsatadi. Biroq o‘z ota-onasini unutib yuborganligi, Emiliyani “moviy qahramon” sifatidagi nomiga dog‘ tushiradi. U hattoki erining o‘limidan keyin ham Dobbinning olijanob harakatlariga e'tibor qilmaydi.
Bekki – Emiliyaning aksi. U ilk ko‘rinishdayoq o‘zining vahshiyona, o‘tkir changali, izzattalabligi, ayyorona o‘tkir aqli bilan hayron qoldiradi. U dilbar va xushmuomala, lekin uning ko‘zlari va maftunkor tabassumi tajribasiz, g‘o‘r odamni aldashi mumkin.
Garchi Tekkerey ingliz adabiyoti tarixida “Shuhratparastlik g‘ulg‘ulasi” va “Snoblar kitobi”, “Genri Esmondning sarguzashtlari” va “Nyukomlar” kabi asarlar muallifi sifatida nom qoldirgan bo‘lsada, uning boshqa asarlari ham diqqatga sazovor, chunki ularsiz yozuvchi ijodiga to‘laqonli baho berish mushkul.

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish