Qadimgi sharq adabiyoti


Charlz Dikkens (1812-1870)



Download 1,44 Mb.
bet96/142
Sana16.03.2022
Hajmi1,44 Mb.
#499505
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   142
Bog'liq
JAHON ADABIYOTI TARIXI

Charlz Dikkens (1812-1870) Angliya janubida dengiz xizmatchisi oilasida tug‘ildi. Yoshligidan boshidan juda katta qiyinchiliklarni o‘tkazdi, yaxshi bilim ola olmaydi. O‘zining mashaqqatlarga to‘la yoshligini keyinchalik yozgan «David Kopperfild» va «Mitti Dorrit» romanlarida hikoya qilib bergan.
Dikkensning dunyoqarashi va estetik qarashlari XIX asrning 30-yillarda shakllandi. U chartistlar harakati tarafdori bo‘lmasada, ijodida ishchilar sinfi va ezilgan xalq xolatiga achinish kayfiyatini kuzatish mumkin.
Charlz Dikkens jahon adabiyotiga yumor va satiraning ajoyib ustasi sifatida kirgan.
Uning ijodini 4 ta davrga bo‘lish mumkin:

  1. 1883-41 yillarda – asosan yumoristik asarlarini yaratdi: “Boz ocherklari” “Pikvik” klubining maktublari”, “Oliver Tvist”

  2. “Dombi va o‘g‘li”, “Martin Uezlvit”

  3. 1849-59 yillar – xajviy asarlar yaratdi: “Devid Kopperfild”, “Sovuq uy”, ”Mudhish zamonlar”, “Mitti Dorrit”

  4. 1860-70 yillar Dikkens qarashlarida umidsizlik kayfiyati ustunlik qilgan. “Ikki shahar haqida qissa”, “Katta umidlar”, “Bizning umumiy do‘stimiz”.

Birinchi chop etilgan asari “Biz ocherklari”( 1836) hikoya va ocherklar to‘plamida muxbir bo‘lib ishlagan davridagi asarlari jamlangan. Ularda London va uning aholisi hayotining turli jixatlarini ochib berilgan.
1836-37 yillarda yozilgan birinchi romani “Pikvik klubining maktublari” asari chop etilgach yozuvchi juda mashhur bo‘lib ketadi.
40-yillar ijodining eng yaxshi asari «Dombi va o‘g‘li» (1848) romani bo‘lib, asar markazida yirik kapitalist savdogar Dombi turadi. U o‘z korxonasining boyishi, rivojlanishidan bo‘lak hech narsani tan olmaydi. O‘g‘li tug‘ilganda farzand ko‘rgani uchun emas, balki korxona ishlarini davom ettiruvchi merosxo‘r tug‘ilganidan quvonadi. O‘g‘li 6 yoshda vafot etadi. Birinchi xotini o‘lgach, u Edit ismli ayolga uylanadi. Dombining odamlar bilan aloqasi savdo-sotiq munosabatlarini eslatadi (o‘ziga xotin sotib oladi. Editga uyni bezab turuvchi buyum sifatida qaraydi).Edit ish boshqaruvchi Karker bilan korxona pullarini o‘g‘irlab qochadi. Shundan so‘ng u qizi Florensini ham uyidan haydab chiqaradi. Qiz kambag‘al yigit Uolterga turmushga chiqadi. Bularning barchasi Dombi oilasining inqirozga yuz tutishiga olib keladi. Asar oxirida Dombi o‘zgarib, kuyovi, qizi bilan gaplashadigan, nabirasi Polni sevuvchi kishi sifatida tasvirlangan.
Charlz Dikkensning asarlari ingliz jamiyatining barcha tabaqalarida birdek sevib o‘qilgani bejiz emas. Chunki yozuvchi barchaga yaxshi tanish bo‘lgan narsalar: maishiy turmush, janjalkash xotinlar, qimorvozlar va qarzdorlar, yosh bolalarga zulm qiluvchilar, o‘z to‘rlariga go‘l erkaklarni ilashtiruvchi ayyor va uddaburon tul xotinlar haqida yozdi.
50-yilarda Dikkensning ta'lim sohasi va kambag‘allarga yordam berish tizimidagi islohotlar bilan bog‘liq ijtimoiy qarashlari shakllandi. Do‘stlariga yozgan maktublarida u kambag‘allar uchun yakshanba maktablari ochishga erishmoqchiligi haqida yozdi, ularni ochilishini o‘zi nazorat qildi va Bulver-Litton bilan birgalikda yosh yozuvchilarga yordam berdi. Bu davrda u o‘zining eng yaxshi, o‘ziga xos trilogiyani tashkil qilgan – “Sovuq uy”, “Mudhish zamonlar”, “Mitti Dorrit” ijtimoiy romanlarini chop ettirdi.
Dikkens tirikligidayok shuhrat cho‘qqisiga ko‘tarildi. Yozuvchi Engus Uilson u haqida: “Dikkensning abadiy merosi – romanlarining hayotbaxsh va betakror dunyosi bo‘lib, u Dostoevskiy va Dode, Gissing va Shou, Prust va Kafka kabi bir-biriga o‘xshamas yozuvchilarga ilhom baxsh etgan”, - degan edi.
Charlz Dikkensning qahramonlari na fabulasi va na muallifning niyat-maqsadlariga bo‘ysunmagan xolda, o‘zlarining mustaqil hayoti bilan yashaydi. Ular tarixan ham aniq – ularda davrning milliy va o‘ziga xos xususiyatlari aks etgan. Shu bilan birga ular mangu yosh, mangu yangi, umuminsoniy, barcha tomondan birdek qabul qilingan.

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish