Qadimgi sharq adabiyoti


Ertak bilan mifning farqi



Download 1,44 Mb.
bet13/142
Sana16.03.2022
Hajmi1,44 Mb.
#499505
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   142
Bog'liq
JAHON ADABIYOTI TARIXI

Ertak bilan mifning farqi. Ertak muallifi o‘quvchini qiziqtirish uchun har xil poetik usullardan foydalanib ish ko‘radi – ertak to‘qiydi, lekin o‘zi voqealarga ishonmaydi. Uning maqsadi o‘quvchini jalb qilish, unga badiiy-estetik zavq ulashish. Mif yaratuvchisi esa o‘z rivoyatlariga ishonadi. Mifda ishonch - eng muhim atribut. Mif voqealariga ishonch bo‘lmasa, mif tabiatini to‘liq tushunib bo‘lmaydi. Mifning vazifasi u yoki bu voqea mohiyatini tushuntirishdir. Mif qadimda insonni o‘rab turgan olamni tushuntirishning asosiy yo‘li bo‘lgan. Nafaqat qadimda, balki hozir ham badiiy adabiyot mifga murojaat qilib turadi. Atrof-javonibda sodir bo‘layotgan vaqyelar mohiyatini mif vositasidagina tushuntirib berishga ehtiyoj sezadi. Umuman, miflar mag‘zini chaqmasdan turib, badiiy adabiyot mohiyatini to‘liq tushunish va tushuntirish mumkin emas. Uyg‘onish davriga qadar Yevropa antik va nasroniy miflarini bilar edi. Uyg‘onish davrida buyuk geograflar dunyo kezdilar. Amerika, Afrika, Okeaniya kabi mamlakatlar topildi va ularning ham o‘z miflari borligi ayon bo‘ldi. Etnograf va folklorchilar ularni yozib olishdi. Yunon miflari poetik olamning birinchi yuksak obrazi bo‘lsa, bular bolalarcha sodda miflar edi. Ularda dunyo, yulduzlar, inson, hayvon va o‘simliklarning yaralishi haqida so‘z boradi.
Shumer miflari. Olimlar shumerlardan qolgan merosni uchga bo‘lishadi: miflar, dostonlar va madh-maqtovlar. Shumerlar “Oy ma'budining tug‘ilishi”, “Cho‘kich ning yaratilishi”, “Enki va dunyoning tartibi”, “Enki va Ninxursag yoki jannat haqida shumer afsonasi”, “Enki va Ninmax yoki odamning yaratilishi”, “Enki va Eredu”, “Inanna va Enki”, “Dumuzi va Inannaning nikohi”, “Bilgamish va Endiku”, “Endiku Bilgamishning xizmatkori va do‘sti”, “Boqiy hayot qidirgan Bilgamish” kabi qator mif-afsonalar yaratishgan. “Bilgamish” dostoni markazida turgan qahramon garchi hayotiy asosga ega bo‘lsa-da, dostonning ko‘plab syujet chiziqlari, unda ishtirok etayotgan ilohlar, qahramonlar ayni afsona mahsuli hisoblanadi.
Misr miflari. “Yerning paydo bo‘lishi”. Ko‘plab xalqlar miflarida azalda hamma joyda suv bor bo‘lgan deyiladi. Ularga ko‘ra mazkur dunyoviy ummondan yer paydo bo‘lgan. Misrga oid mif talqinicha Nun (xaos) quyosh ma'budi Rani paydo qildi (Bu hozirgi ilmiy qarashlarga ham to‘g‘ri keladi). Ra havo (Shu ma'budi)ni va namlik (Tefnut)ni yaratdi. Havo va namlik yer (Gora ma'budi) va osmon (Nut ma'budasi)ni yaratdi. Demak, misrliklarning “yerning paydo bo‘lishi” mifi bo‘yicha yer ana shu tarzda paydo bo‘lgan ekan.

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish