Qadimgi sharq adabiyoti



Download 1,44 Mb.
bet16/142
Sana16.03.2022
Hajmi1,44 Mb.
#499505
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   142
Bog'liq
JAHON ADABIYOTI TARIXI

Mifologik maktab. Mif XIX asrga kelganda ilmiy o‘rganildi, uning tabiati, genezisi, mazmun mohiyati, yo‘nalishlari haqida ilmiy mulohazalar o‘rtaga tashlandi. Natijada fanda mifologik maktab nomi bilan ataladigan alohida yo‘nalish paydo bo‘ldi. u haqida o‘zbek adabiyotgunos olimlari - D. Quronov, Z. Mamajonov va M. Sheralieva lar tomonidan tayyorlangan “Adabiyotshunoslik lug‘ati”da quyidagilarni o‘qish mumkin: “Mifologik maktabXIX asr Yevropa adabiyotshunosligida vujudga kelgan ilmiy yo‘nalish. M.m.ning falsafiy negizini F.Shelling, A.Shlegel va F.Shlegel kabi mutafakkirlar ta'limoti tashkil etadi. Bu mutafakkirlar estetikasida miflar juda katta o‘rin tutadi. Ularga ko‘ra, adabiyot va san'atning vujudga kelishiga miflar asos bo‘lgan, mif – poeziyaning javharidir. Ma'lumki, romantizm ekzotikaga moyillik bilan xarakterlanadi, ayni shu narsa xalq og‘zaki ijodiga qiziqish kuchayganining bosh omili bo‘ldi. Zero, klassitsizm davri sig‘ingan antik etalonlardan, ma'rifatchilik topingan aql kultidan bezgan romantizm vakillari xalq og‘zaki ijodida chinakam ekzotika, bitmas-tuganmas xazinani ko‘rdilar. Shuning uchun xalq og‘zaki ijodi namunalarini to‘plash va nashr qilish, ularni atroflicha tadqiq etish ishlari avj oldi. Bunda nemis olimlari – aka-uka Grimmlar, ayniqsa, jonbozlik ko‘rsatdilar: 1812 yilda ular to‘plagan ertaklarning ilk jildi chop etildi; folklorshunoslik sohasidagi tadqiqotlari asosida “Nemis mifologiyasi” (1835) asari yaratilib, unda M.m.ning nazariy qarashlari tugal shakllantirildi. Aka-ukalar adabiyotning paydo bo‘lishini nemis romantizm falsafasidagi xalq ruhi tushunchasi bilan bog‘laydilar: g‘aybdan ilhomlantiriluvchi xalq ruhi avval miflarni yaratadi, keyin esa miflardan epos, ertak, lirik qo‘shiq va sh.k. boshqa janrlar tug‘iladi; ilohiy ilhom tufayli yaralgani uchun ham folklor – xalq ruhining anglanmagan ijod mahsuli, uning shaxssizligi ham shu bilan bog‘liqdir. Aka-uka Grimmlar turli xalqlar folklorini qiyosiy o‘rganishadi, ularda kuzatiluvchi o‘xshashliklarni esa, xuddi barcha hind-Yevropa tillari uchun umumiy bobo til (sanskrit) bo‘lgani kabi, barcha xalqlar (xususan, hind-Yevropa xalqlari) uchun umumiy qadimgi mifologiya mavjud bo‘lgani bilan izohlashadi. Yevropaning turli mamlakatlarida ko‘plab izdoshlari bo‘lgan M.m.ning ilmiy izlanishlari, asosan, ikki (etimologik va analogik) yo‘nalishda kechdi. Birinchi yo‘nalish (A.Kun, M.Myuller, F.Buslaev va b.) o‘z oldiga qadimgi miflar mazmunini tiklash, ularning paydo bo‘lish sabablarini aniqlashni maqsad qilib qo‘ysa, ikkinchisi (V.Shvars, V.Manxard va b.) turli xalqlar folklorini qiyosiy o‘rganish orqali o‘xshashliklarni aniqlash yo‘lidan bordi. M.m.ning bir qator qarashlarini keyingi davr adabiyotshunosligi inkor qilgan bo‘lsa-da, u adabiy nazariy tafakkur taraqqiyotida sezilarli iz qoldirdi. Jumladan, xalq og‘zaki ijodi namunalarini yozib olish va chop etish ishlarining yo‘lga qo‘yilgani, mifologiya, folklor va yozma adabiyot namunalarini qiyosiy o‘rganishning boshlab berilgani bevosita M.m. faoliyati bilan bog‘liqdir. Shuningdek, M.m.ning nazariy qarashlarini ijodiy rivojlantirib (q. ritual-mifologik tanqid) yoki inkor qilgan holda (q. sayyor syujetlar nazariyasi) yangi yo‘nalishlarning maydonga chiqqani ham uning adabiyotshunoslik rivojiga jiddiy ta'sir etganinini ko‘rsatadi”8.

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish