Oʼrxun-Enasoy bitiklari xotiralar, qabr toshlariga oʼyib yozilgan tarix va marsiyalardan, turli xil hujjat, tamgʼa, pul namunalaridan iborat boʼlib, V-VIII asrlarning juda qimmatli yodgorligi sanaladi. Oltoydan Moʼgʼulistonga qadar choʼzilgan bepoyon hududda yashagan mazkur xalqlar va qabilalar tomonidan yaratilgan «Toʼnyuquq», «Uyuq-arxon», «Borliq», «Tuva» va boshqalar ham Kultegin va Bilga xoqon yodgorliklari singari katta ilmiy va badiiy ahamiyatga egadir. Ularning matnlarida turkiy xalq va qavmlaridan qirgʼiz, uygʼur, oʼgʼuz kabilarning nomlari tilga olinadi. Olimlarning fikricha, mazkur yodgorliklarning tili bir-biridan birmuncha farq qiladi. Oʼsha tafovutli belgilarga tayanib, baʼzi yodgorliklarning hozirgi qaysi turkiy tilning qadimgi koʼrinishi ekanligi xususida taxminiy fikrlar aytish mumkin. V.V.Radlov, V.Tomsen, S.E.Malov kabi olimlar Enasoy boʼyidagi koʼpchilik yodgorliklarni qirgʼiz tiliga mansub deb hisoblaydilar. Biroq barcha yodgorliklar haqida birday fikr yuritib boʼlmaydi. Jumladan, Oʼrxun-Enasoy yodgorliklarida qirgʼiz, uygʼur, tuva, turkman, oʼzbek va boshqa turkiy tillarga xos leksik boylik hamda grammatik shakllar ham koʼzga tashlanadi. Shunga koʼra, bu yodgorliklarni turkiy xalqlarning mushtarak madaniy merosi sifatida oʼrganish va talqinu targʼib qilish maqsadga muvofiqdir. - Oʼrxun-Enasoy bitiklari xotiralar, qabr toshlariga oʼyib yozilgan tarix va marsiyalardan, turli xil hujjat, tamgʼa, pul namunalaridan iborat boʼlib, V-VIII asrlarning juda qimmatli yodgorligi sanaladi. Oltoydan Moʼgʼulistonga qadar choʼzilgan bepoyon hududda yashagan mazkur xalqlar va qabilalar tomonidan yaratilgan «Toʼnyuquq», «Uyuq-arxon», «Borliq», «Tuva» va boshqalar ham Kultegin va Bilga xoqon yodgorliklari singari katta ilmiy va badiiy ahamiyatga egadir. Ularning matnlarida turkiy xalq va qavmlaridan qirgʼiz, uygʼur, oʼgʼuz kabilarning nomlari tilga olinadi. Olimlarning fikricha, mazkur yodgorliklarning tili bir-biridan birmuncha farq qiladi. Oʼsha tafovutli belgilarga tayanib, baʼzi yodgorliklarning hozirgi qaysi turkiy tilning qadimgi koʼrinishi ekanligi xususida taxminiy fikrlar aytish mumkin. V.V.Radlov, V.Tomsen, S.E.Malov kabi olimlar Enasoy boʼyidagi koʼpchilik yodgorliklarni qirgʼiz tiliga mansub deb hisoblaydilar. Biroq barcha yodgorliklar haqida birday fikr yuritib boʼlmaydi. Jumladan, Oʼrxun-Enasoy yodgorliklarida qirgʼiz, uygʼur, tuva, turkman, oʼzbek va boshqa turkiy tillarga xos leksik boylik hamda grammatik shakllar ham koʼzga tashlanadi. Shunga koʼra, bu yodgorliklarni turkiy xalqlarning mushtarak madaniy merosi sifatida oʼrganish va talqinu targʼib qilish maqsadga muvofiqdir.
- “Avesto” qayerda paydo bo’lgan? Bu savol azal- azaldan olimlarni juda qiziqtirib kelgan. Lekin olimlar buning ham uddasidan chiqdilar, ya’ni uni qayerda paydo bo’lganligini aniqladilar. Eng qadimiy, mo’tabar qo’lyozma Xorazmda vujudga kelgan. Avestoshunos olimlarning aniqlashicha, Eron, Ozarbayjon, Afg’oniston va O’rta Osiyo xalqlarining birinchi yodgorliklaridir.’’Avesto’’ da nimalar haqida ma’lumot berilgan degan savol tug’ilishi mumkin? Avvalambor bu kitobda hozir aytgan xalqlarning madaniyati, urf-odatlari, tabiati va ko’plab fikrlari bayon etilgan. Bu kitob eski pahlaviy, ya’ni sanskrit tiliga yaqin bo’lgan tilda bitilgan. Kitob boshqa tillarga juda ko’plab tarjima qilingan va “AVESTO” kitobini o’rganishga ya’ni qiziqishga olib keldi. “Avesto”dagi ko’plab va muhim ma’lumotlar asosan o’g’zaki tarzda avloddan avlodga o’tib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |