Qadimgi Nasaf shahridan besh-o'n chaqirim shimolroq tomondagi Qo'ng'irtov



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/160
Sana01.02.2022
Hajmi0,86 Mb.
#421855
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   160
Bog'liq
2 5384179158408500150

BANDAGA SIG‘INMA 
Hech qachon bandaga sig‘inma, banda,
Zulm qilsa agar, zolimga la’nat.
Bitta ruh yashaydi har bitta tanda,
Insonning avliyo bo‘lmog‘i g‘alat.
Garchi bu dunyoda bordir nodonlik,
Tafakkur, Aqlning koshonasi bor,
Qismatdan hech kimsa topmas omonlik
Oldinda ajalning ostonasi bor.
Sehrga nechog‘lik kaloming burma,
Lazizroq so‘z yo‘qdir So‘zidan ortiq.
Dunyoda do‘st izlab qancha yugurma,
Azizroq do‘st yo‘qdir O’zidan ortiq.
MARHUMLAR SHA’NI 
Marhumlar sha’niga yomon so‘z demoq
Makruhlik sanalmish azaldan-azal.
Ey, Inson, tanangga bir zum o‘ylab boq,
Kimlarni zabtiga olmabdi ajal.
Toshqin sel vahmini soy ko‘targaydir,
Hayotning zarbasin ko‘targay hayot.
Misli toy tepkisin toy ko‘targaydir,
Otning tepkisini ko‘targaydir ot. 
LiveBooks.uz kitoblar dunyosi
76


Saylanma. Abdulla Oripov 
Rasululloh demish: - Kim Haqqa yo‘ldosh,
Tiriklik qadrini u aziz etdi.
Marhumning ortidan ota ko‘rmang tosh,
Marhum ketadigan joyiga ketdi.
HIDOYAT YO’LI 
U senga ko‘rsatdi hidoyat yo‘lin,
Yurgil yo yurmassan, o‘zing bil, Inson
Balki sen tutgaysan Iblisning qo‘lin
Yaratgan Xoliqqa barchasi ayon.
Pishqirgan daryoning sohilida gar
Tashnayu zor qolsang, aybdorsan o‘zing
Boshingga nogahon balolar yog‘ar
Labingdan uchgan chog‘ jaholat so‘zing.
G‘oyibdan baxt kutib o‘ltirmoq nechun,
Dastingga kor berdi qalbingdagi yor.
Zaminda ko‘rgazgan qilmishing uchun
Osmonni malomat qilmog‘ing bekor.
JON ACHCHIG‘I 
Buloqdan suv ichdi hazrati Iso,
G’oyat totli edi bu obi hayot.
Suvni bir ko‘zaga quyganda ammo
Zaqqumga aylandi u o‘sha zahot.
Hayratga tushgaydir payg‘ambarlar ham,
Bu qanday sir erur? Ayon qil, yo Rabb!
Masiho nafasi yetishgani dam
Ko‘zadan bir ovoz chiqdi-ku titrab:
Ayo, shirin suving bo‘ldimi taxir,
Dema, bu tuz ta’mi, qon achchig‘idir.
Men ham Inson edim. Ko‘zaman hozir,
Suvni achchiq qilgan - jon achchig‘idir!
JINLAR 
Jinlar bazm qilardi ovloqda, tunda,
Gulxan atrofida xurram, shodumon.
Bir botir suvoriy o‘tarkan, shunda
Bazmga nazari tushdi nogahon.
Botirni qopladi lahzalik titroq,
So‘ng gulxan ustiga ot soldi birdan, 

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish