Saylanma. Abdulla
Oripov
Insonlar
uchraydi, ko‘kda oyni ham
O’zining mulki deb bilgaydir faqat.
Sening quvonchlaring ularga alam,
Sening zarra baxting ularga kulfat.
U payt qulog‘ingga aytguncha azon
Ogoh etmasmidim buning baridan.
Ishonch degan bir so‘z o‘chdi nogahon.
O’spirin umringning sardaftaridan.
O’g‘lim, odamiylik azizdir
garchand,
Yostig‘ing ostida tursin yarog‘ing.
Dunyo
har qadamda bergay senga pand,
Aslo mudramagay ikki qarog‘ing.
Ezgulik yo‘lida ko‘pdir muammo,
Undan qutulmoqning yo‘li bul ekan:
Insonga yo‘liqsang inson bo‘l, ammo
Hayvon yo‘liqqanda Hayvon bo‘l ekan.
1996
BOSHMANBULOQQA
Boshmanbuloq, Boshmanbuloq,
Senga ko‘zu qoshman, buloq.
Suvingdan bir qonib ichdim,
Endi mangu yoshman, buloq.
1996
Do'stlaringiz bilan baham: