Saylanma. Abdulla
Oripov
Qashqadaryo degan so‘z aytilgan chog‘,
Hanuz miyig‘ida kulguvchilar bor.
Emishkim, u yerga noravodir bog‘,
To‘rt tuyoq yemishin o‘ylar chorvador.
Mana paydo bo‘ldi Temur
Mirzolar,
Turfa chechaklarni o‘stirgan inson.
Ne-ne bog‘bonlar
ham undan dars olar,
Mana, nimalarga qodir tirik jon.
Qarshi ko‘chasidan o‘tsangiz magar,
Sizni kuzatadi ming-minglab charog‘,
Qayoqdan kelmoqda bu hid muattar!
Bu - Temur Mirzolar barpo etgan bog‘.
1983
Do'stlaringiz bilan baham: