6. Yangi Bobil podsholigining qulashi. Miloddan avvalgi 562-yili Yangi Bobil podsholigining so`hggi podshosi Navuxodonosor II olamdan ko`z yumadi. Podsho vafotidan so`ng mamlakatda toj-taxt uchun ruhoniylar bilan harbiylar o`rtasida kurash boshlanib ketadi. Bu kurashda ruhoniylar g`olib chiqib, Bobil taxtiga o`z vakillari Nabonidni o`tqizadilar. U Bobilda miloddan avvalgi 556–539-yillar orasida podsholik qiladi. Nabonid va uning o`g`li Valtasar hukmronligi davrida Eron shohi Kayxisrov (Kurush II) Bobilni va Mesopotamiyani istilo etib, Eronga qo`shib oladi. Janglar vaqtida Nabonid asir tushadi, Valtasar esa jangda qahramonlarcha halok bo`ladi.
Shu bilan Yangi Bobil podsholigining umri ham tugaydi. Bu mamlakat Eron shohlariga qaram bo`lib qoladi. Eron podsholigi yiqilgach, Mesopotamiyani yunon-makedon qo`shinlari, undan so`ng esa dastlab salavkalar va parfiyonlar bosib oladilar. Nihoyat, milodiy III–VII asrlarda Mesopotamiya sosoniylar davlati tarkibida bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |