Qadimgi Mesopotamiya tarixining o‘rganilishi Reja



Download 23,54 Kb.
bet2/4
Sana05.07.2022
Hajmi23,54 Kb.
#743011
1   2   3   4
Bog'liq
Qadimgi Mesopotamiya tarixining o‘rganilishi11

2. Mixxatlarning o`qilishi. Mixxatlar butun Old Osiyoning asosiy yozuvi bo`lib qolgan. Mesopotamiya shaharlaridagi saroy va ibodat-xonalarning hujjatxonalari va kutubxonalaridan sopol lavhalarga bitilgan kitoblar topilgan. Ularda Mesopotamiya xalqlariga oid juda ko`p ma`lumotlar saqlanib qolgan. XVII asrdan boshlab Yevropa olimlari Petro della Valle, Karsten Nubur, Gretefend kabilar mixxatlarni o`qishga uringanlar. Ammo ular yaxshi natijalarga erisha olmaganlar.
Ingliz sayyohi G. Roulinsin Shumer mixxatini o`qib chiqishga muvaffaq bo`lgan. Olimlardan Norris, Xins va Oppertlar ham mixxatni o`qib chiqqanlar. Mixxat yozuvi avval shumeriylarda paydo bo`lgan bo`lsa, keyin butun Old Osiyoga, shuningdek Eronga ham tarqalgan.
Mixxatning o`qib chiqarilishi natijasida olimlar qadimgi Mesopo-tamiya tarixi haqida qimmatli manbalarga ega bo`lganlar.
3. Maktab va maorif. Mesopotamiyaliklar maorif ishlariga alohida e`tibor berganlar. Maktabiarda ko`proq podsho, badavlat kishilar, amaldorlar va o`ziga to`q kishilarning farzandlari o`qishgan. Ammo maktabda erkin jamoadan bo`lgan oddiy kishilar ham o`qigan bo`lsalar kerak. Maktablarning quyi sinflarida til, adabiyot, grammatika, yuqori sinflarda esa matematika, musiqa, huquq, geometriya, astronomiya, tarix, tabobat, veterinariya kabi aniq fanlar bilan bir qatorda diniy fanlar ham o`qitilgan. Maktablar saroy va ibodatxonalar qoshida bo`lib, uni ruhoniylar boshqarganlar. Mari va boshqa shaharlardagi qazishlar vaqtida o`quvchilarga mos o`rindiqlar qo`yilgan maktab binosining qoldig`i topilgan.
Maktablar davlat uchun xo`jalik, savdo va harbiy ishlarni boshqaruvchi xodimlar tayyorlaganlar. Maktablarda Misrdagi kabi mirzolar tayyorlashga katta ahamiyat berilgan.
Maktablarda intizom va nazorat juda qattiq bo`lgan. Yetarli qobiliyatli va tirishqoq bo`lmagan o`quvchilar jazolangan. Maktab qoshida «Xivich bilan savalovchi» maxsus nazoratchi bo`lgan. O`qituvchilar o`quvchilarni qunt bilan o`qishga undaganlar.
4. Ilmiy bilimlarning rivojlanishi. Mesopotamiyada matematika, geometriya, astronomiya, tabobat, tarix va boshqa fanlarga qiziqish ancha erta boshlangan. Yerlarni o`lchash, kanal qazish, masofani aniqlash, hosilni hisoblash va me`morchilikda matematika va geometriya fanlari kerak bo`lgan.
Bu fanlar chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq uchun ham zarur edi. Qadimgi mesopotamiyaliklar birlik, o`nlik, yuzlik va mingliklarni bilganlar. Bu sonlar alohida belgi bilan ifoda etilgan.
Mesopotamiyada astronomiya faniga ham katta ahamiyat bergan-lar. Bu yerda olti-yetti qavatli zikkuratlar qurilgan. Mesopotamiyaning Ur, Uruk, Nippur, Bobil, Akkad va boshqa shaharlarida ajoyib rasadxonalar bo`lgan. Ular shu rasadxonalardan quyosh, yer, oy va osmon jismlarining harakatini kuzatganlar.
Astronomlar o`sha vaqtdayoq quyosh va oy tutilishi hodisalarini oldindan aytib berganlar. Olimlar astronomiya taqvimlari tuzib quyosh yili 365 kun, oy yili 354 kun ekanligini aniqlaganlar. Yilni esa 12 oyga bo`lganlar. Astronomiya mesopotamiyaliklarning kundalik hayotida, karvon savdosida va tomonlarni aniqlashda zanir bo`lgan. Chunki sayyoh va yo`lovchilar osmon jismlari quyosh, oy va yulduzlarga qarab yo`1 bosganlar. Miloddan avvalgi III mingyillikdayoq shumer tilida astronomiyadan ilmiy asarlar yaratilgan. Mesopotamiyada tarix faniga ham katta ahamiyat berilgan bo`lib, ko`plab tarixiy asarlar yozilgan. Mesopotamiya shaharlari, Ossur podshosi Ashshurbanipolning hujjatxonavakutbxonalaridan mamlakat va qo`shni o`lkalar tarixi va geografiyasiga oid qimmatli ma`lumotlar topilgan. Mesopotamiya olimlari Misr, Urartu, O`rtayer dengizi, Bobil va uning atrofidagi o`lkalarning xaritasini tuzganlar. Bu ishlar bilan asosan kohinlar shug`ullanganlar. Ular mamlakat va atrofdagi o`lkalarda bo`lib o`tgan voqealarning yillik ro`yxatini, podsholarning faoliyatini yozib borganlar. Mesopotamiya olimlari ziroatchilik, iqlimshunoslik va boshqa sohalarda ham muayyan yutuqlarga erishganlar.

Download 23,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish