Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari ma`naviyatining shakllanish jarayonlari


Islom dinida ma`naviyat va shaxs ma`naviy qiyofasining talqini



Download 98 Kb.
bet2/4
Sana03.06.2022
Hajmi98 Kb.
#632798
1   2   3   4
Bog'liq
Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari ma`naviyatining shakllanish jarayonlari

2. Islom dinida ma`naviyat va shaxs ma`naviy qiyofasining talqini.
Islom dini (arabcha "aslama") - xudoga o`zini topshirish, itoat, bo`ysunish shundan "muslim" - bo`ysinuvchi, (itoatkor) - dunyoda eng keng tarqalgan uch dinning, ya`ni jaxon dinlarining (buddaviylik, xristianlik va islom) biri. Yer yuzidagi 6 milliardga yaqin aholidan deyarli bir yarim milliarddan ortiqrog`i unga e`tiqod qiladi. Islom dinining ilk va asosiy targ`ibotchisi Muhammaddir(s.a.v) (570, Makka - 632, Madina). O`z targ`ibotini u 609-610 yillarda Makkada boshlagan va qarshilikka uchragan, 622 yilda Madinaga ko`chgan. Arab tilida "Ko`chish", "xijrat" deyiladi va shundan xijriy yil hisobi boshlanadi. Islom dini, avval boshidanoq, insonni o`qib-o`rganishga, ilm vositasi bilan dunyoni anglab yetishga da`vat qiladi. Qur`onda "ilm" so`zidan chiqqan "alima" (bilmoq) so`zi 750 marotaba uchraydi.
Islom dini kibrni qoralaydi, qabilachilik xurofotlariga keskin qarshi chiqadi, irqiy birodarlik o`rniga insoniy birodarlik jamoasi-"umma" tushunchasini kiritadi. Bu narsa insoniyatning ma`naviy takomilida muhim burilish nuqtasi bo`ldi. Ilohiyotda islom dini uch elementdan iborat-iymon, islom va ehsondan iborat deb etirof etilgan Iymon talablari 7ta aqidani -Allohga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga, payg`ambarlarga, oxirat kuniga, taqdirning ilohiyligiga va o`lgandan keyin tirilishiga ishonish talablarini o`z ichiga oladi. Islom talablariga, yani din asoslari-arkon ad-din deb nom olgan 5 ta amaliy marosimchilik talablari-kalima keltirish-namoz o`qish-ro`za tutish zakot berish va imkoniyat topilsa xaj qilish talablari kiradi.
Islom kishilar ongi va turmushiga tasir etishi, ular hayotidan mustahkam o`rin olishini taminlovchi diniy marosimchilik-ro`za hayiti, qurbonlik va qurbon hayiti, mavlid, sho`ro va boshqalar shakllangan. Bundan tashqari mahaliy xalqlarga islomgacha mavjud bo`lgan urf -odat jumladan kinna soldirish, fol ochirish, dam soldirish, muqaddas joylarga avliyolarga sig`inish kabi odatlar ham islom marosimligiga moslanib ketgan. Islomda axloqiy-huquqiy qonun qoidalar majmui shariat 11-12 asrlarda tugal shakllangan. Shariat qonun qoidalari Kuron va Sunna asosida ishlab chiqilgan. Unda musulmonlarning ijtimoiy- iqtisodiy, diniy huquqiy va axloqiy hayotini tartibga solib turuvchi qonun qoidalar belgilab berilgan. Bunday tartib qoidalar juda ko`p kitoblarda tartib bilan jamlangan.
Qur`oni karim, hadislar va shariat ko`rsatmalari inson ma`naviy-ma`rifiy kamoglatining asosi bo`lgan axloq-odob tarbiyasining barcha qirralarini o`z ichiga olgan. Sirasini aytganda, hadislar ma`naviy-axloqiy tarbiyaga oid bo`lgan fikrlarning mukammal to`plamidir. Qur`oni karim, hadislarni, shariat ko`rsatmalarini o`rganar ekanmiz, ularda axloqiy kamolat, hallolik va poklik, iymon va vijdon bilan bog`liq bo`lgan birorta ham masala e`tibordan chetda qolmaganini ko`ramiz. Ayniqsa, islom harom va halol masalasiga musulmonlar e`tiborini qaratadi. Shariatda Alloh tomonidan qilinishga ruhsat etilgan amallar, ishlar halol deyiladi. Harom esa aksincha, qilinishiga ruhsat etilmagan ishlar va amallardir.Odatda, xalqimiz halol va haromni yeyiladigan va ichiladigan narsalarga ishlatib kelgan. Shariatda ijozat etilgan hamma narsalar, ishlar va amallar esa haromdir. Alloh harom etilgan ishlarni qiluvchilarga bu dunyoda yoki qiyomat kunida jazosini albatta berishi aytiladi.
Mustaqil O`zbekistonda o`zining ichki va tashqi siyosatida islom dini qobig`ida ifoda etilgan umuminsoniy qadriyatlarga jiddiy o`rin ajratadi; islom dini xalqimizning moddiy va ma`naviy hayotining shakllanishida, yurtimizning jaxon madaniyatining yirik maskaniga aylanishida muhim ahamiyat kasb etgani ta`kidlanmoqda.
Abo`lg`ozi Bahodirxonning "Shajarayi turk" asarida yozilishicha, xazrati Nuh ikki yuz ellik yoshga yetganda xudoi taolo uni payg`ambar qilib yuboradi. Nuh alayhisalom yetti yuz yil xalqni musulmonlikka da`vat qiladi. Faqat sakson kishi iymon keltiradi. Bundan achchiqlangan Nuhalayhissalom iymon keltirmaganlarni duoband qiladi. Jabroilga deydiki:"Xudoi taolo sening duoingni qabo`l qildi. Yer yuzidagi xalqni suvga g`arq qilmoqchi bo`ldi. Kema yasasin deb amr qildi".
Jabroil alayhissalom Nuh alayhissalomga kemani qanday yasashni o`rgatadi. Nuh alayhissalom iymon keltirib, musulmon bo`lgan kishilar bilan kema yasaydi. Shundan keyin yerdan suv chiqadi, osmondan yomg`ir yog`adi-to`fon bo`ladi. Nuh alayhissalom qushlar va xayvonlarning har xilidan bir juftdan olib iymon keltirgan kishilar bilan kemaga minadi. Yer yuzidagi barcha tirik jonzot suvga g`arq bo`ladi. Olti oy o`n kun deganda xudoi taoloning amri bilan to`fon qaytadi. Kemadagilar salomat qolib judi degan tog`da kemadan quruqlikka o`tadilar. Shu yerda ular bemor bo`ladilar, Nuh payg`ambarning uch o`g`lu, uch kelini tuzaladi, boshqalar vafot etadi. Shundan keyin Nuh payg`ambar o`g`illariga:"Odam farzandlaridan faqat uchalangiz qoldingiz. Endi uchalangiz uch yurtda turing", deb ularni uch tomonga yuboradi. Yofas alahissalom otasining amri bilan judi tog`idan jo`nab ketib, Itil va Yoyiq daryolarning yoqasini makon tutadi. Shu yerda yana 250 yil yashaydi. Avlodi ko`payadi. Vafoti oldida to`ng`ich o`g`li gurkni qoldirib boshqa o`g`illariga shunday vasiyat kiladi. "Gurkni o`zlaringga podshoh bilinglar, so`zidan chiqmanglar". O`g`illar ota vasiyatiga sodiq bo`lib qoladi, Gurkni podshoh qiladilar. Gurk odobli aqlli kishi edi. Ota me`ros mamlakatni kezib chiqadi. Issiqko`l bo`ylarini hushlab qolib, shu yerda yashaydi. Xirgoh uyni, ya`ni chodir o`tovni to`qishni ixtiro qiladi.
Nuh alayhissalom zamonidan to Alanchaxon zamonigacha bo`lgan davr turk elining birinchi musulmonlik davri edi. Turk eli ikkinchi marta O`g`uzxon zamonida musulmonlikka qaytdi. O`g`uzxon Alanchahonning evarasi edi. Bobosi Mug`ulxon otasi Noraxon musulmon emasdilar.
O`g`uzxon tug`ilgach, uch kechayu kundo`zonasini emmaydi. Har qancha onasining tushiga kirib: "Ey ona musulmon bo`ling. Agar bo`lmasangiz, o`lsam o`lamanki, sizni emmayman", derdi. Onasi o`g`lining ra`yiga qarab, tangrining birligiga iymon keltiradi. Shundan keyin O`g`izxon onasini emadi. Onasi ko`rgan tushini va musulmon bo`lganini birovga aytmaydi. Chunki, Qoraxon zamonida musulmonchilik va musulmonlar qattiq ta`qib etilardi. Bu davrlarda chaqaloq bir yoshga to`lmaguncha ism qo`yilmas edi. O`g`uzxon bir yoshga to`lganda otasi Qoraxon yurtga to`y berib, beklariga shunday deydi: "O`g`limiz bir yoshga yetdi. Endi unga ne ot qo`yarsizlar?" Beklar javob bermasdan, bir yashar O`g`uzxon tilga kirib, bunday deydi: "Mening otim O`g`o`zturur". To`yga kelgan barcha katta kichik yoshu qari bundan tang qoladilar. O`g`uzxon o`zi tarbiya qilib, voyaga yetkazgan Qipchoqqa ko`p el va navkarlar berib, mojor, boshqird ellarni itoatda ushlashini buyurib, Don, Getil va Yoyiq daryolari xavzalarini yurt qilib belgilab, uni o`sha yoqqa yo`llaydi. Bu joylarning Dashti Qipchoq deyilishining boisi ham shundadir. Yer yuzini Nuh alayhissalom avlodi va aholisi tomonidan egallashi bilan, ularning zurriyodi hamda xeshlarining har biri o`rtasida ibratli tartiblar, e`tiborga loyiq qoidalar ko`rina boshlaydi. Tangri taolo ular dilini ilhom bilan boyitadi, toki ular mamlakatni boshqarish bo`yicha rasm-rusumlar bunyod etdilar. Ma`lumki, islom dinining mohiyati va qudrati ham shundaki, bu ta`limotni qurol kuchi bilan emas, mantiq, isbot kuchi bilan, namuna ko`rsatish yo`li bilan targ`ib va tashviq etiladi. Aytish mumkinki, Qur`oni Karim Muhammad alayhissalomga nozil qilina boshlagan milodi 610 yillardayok turonliklarning aksariyat qismi islom dinini qabo`l qilishiga ruhan va qalban tayyor edilar. Albatta islom dinini qabo`l qilishga ular hozir emasdilar.
Islom shunday ilohiy va qudratli dinki, u ixtiyoriy qabo`l qilinadi, uni qurol ishlatib, majburan qabo`l qildirishga xojat ham yo`q. Ana shu borada, tarixiy ma`lumotlarning guvohlik berishicha Amir Qutayba, Ibn Muslim tezlik qilib qo`ygan holatlar ham bo`lgan. Samarqandda musulmonlar bilan otashparastlar o`rtasida qon to`qilgan. Shuni alohida ta`kidlab o`tish zarurki, Amir Qutayba askarlarni o`tparastlik ta`limotini targ`ib qiluvchi kitoblarni, yoqishgan. Abu Rayhon Beruniy "Osorul al-boqiya" larida xuddi shu holatni eslatib o`tgan.
Qadimda yunon, rumo va boshqa qavmlarda ko`p xudolilik mavjud bo`lgani holda turklarda tangri birligi ishonchi vujudga kelgan. Shu bilan birga tangri ko`p deb hisoblashgan. Aslida ya`ni islom ta`limotiga ko`ra, Alloh makonga xojati yo`q eng buyuk zotdir.
Demak, Markaziy Osiyo xalqlarida ilm-ma`rifat va madaniyatning rivojlanishida islomning ijobiy rol o`ynaganini e`tirof etishimiz lozim. Markaziy Osiyoda islomning dastlabki elatlar hayotiga kirib kelgan davridan boshlab tashkil etilgan maktab, madrasa va diniy dorilfununlar diniy maqsadda tuzilgan bo`lishiga qaramay savod va bilimga yo`l ochgan. O`rta asrlarda shakllanib ijod etgan savodli kishi olim, shoir, ma`rifatparvar, mutafakkirlarning hayoti va faoliyatida islomning ijobiy roli bor desak xato qilmaymiz".
Islomda muqaddaslashtirilgan kunlardan biri juma kunidir. Islom keng tarqalgan mamlakatlarda juma dam olish kuni deb e`lon kilingan. Shu kuni taqvodor musulmonlar o`z kunlarini toat-ibodat bilan o`kazadilar. Uning muqaddaslashtirilishi sababini ruhoniylarga kuyidagicha izohlaydilar. Alloh olamni yaratishni juma kuni boshlagan. Muhammad(s.a.v) ham Ali ham juma kuni tug`ilganlar. Muhammad (s.a.v) 622 yilda Makkadan Madinaga juma kuni hijrat qilgan.



Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish