Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari ma`naviyatining shakllanish jarayonlari



Download 98 Kb.
bet1/4
Sana03.06.2022
Hajmi98 Kb.
#632798
  1   2   3   4
Bog'liq
Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari ma`naviyatining shakllanish jarayonlari


Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari ma`naviyatining shakllanish jarayonlari
Reja:


1. Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari ma`naviyatining shakllanish jarayonlari
2. Islom dinida ma`naviyat va shaxs ma`naviy qiyofasining talqini
3. O`rta Osiyo falsafiy tafakkurida ma`naviyat va ma`rifat masalalari


1.Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari ma`naviyatining shakllanish jarayonlari.
Markaziy Osiyo xalqlari milliy ma`naviyati takomil bosqichlari bu o`lka xalqlari madaniy taraqqiyot jarayoni bilan bevosita bog`liq. Xalqimiz madaniy taraqqiyoti o`ta murakkab tarixiy hodisalar majmuini tashkil etib, o`z ichiga bir necha ming yilliklarni qamrab oladi. Ana shu murakkab va ko`p ming yillik ma`naviy takomilimiz jarayonidan asosiy bo`g`inlarni ajratib olishimiz lozim. Busiz milliy ma`naviyatimiz rivojlanishi bosqichlari haqida fikr yuritib bo`lmaydi. Ko`pgina tadqiqotchilarning, shu jumladan M. Imomnazarovning bu boradagi fikrini qo`llab unga qo`shilib milliy ma`naviyatimizning necha ming yillik tarixini uch yirik davrga (balkim to`rt davrga) ajratib ko`zdan kechirishni ko`p jihatdan maqbo`l bildik:
1. Islomgacha milliy ma`naviyatimiz taraqqiyoti.
2. Islom mintaqa madaniyati takomilida milliy ma`naviyatimizning o`rni va mavqei.
3. Yangi davr jaxon madaniyati va milliy ma`naviyatimiz takomili masalalari.
Bu davrlar o`z ichiga olgan tarixiy davrlar muddatiga ko`ra aslo teng emas. Birinchi davr bir necha ming yillarni qamrab olsa, ikkinchi davr 11-12 asrni (1000-1200 yilni) o`z ichiga oladi. Uchinchi davr esa bizning o`lkamiz-Turkiston uchun deyarli 100-150 yilni tashkil etadi.
Islomgacha bo`lgan milliy ma`naviyatimiz va uning takomillashishi haqidagi eng muhim manbalar guruhini to`rtga bo`lish mumkin. 1. Zardushtiylikning “Avesto” kitobi va turkiy bitiklar (yozuvlar). 2. Qadimgi Shumer, Bobil, Ashshur, qadimgi Misr, Yunon, Hind, Xitoy manbalari va Eron shahanshohlaridan qolgan turli inshootlar.3.Arxeologik yodgorliklar 4. Xalq og`zaki va yozma adabiyot namunalari, urf-odat va marosimlar, o`yinlar, bayramla va boshqalar.
Bizning eng qadimiy ajdodlarimiz ma`naviyat va ma`rifati haqidagi ma`lumotlar asrlardan asrlarga o`tib hozirgacha saqlanib kelayotir. O`rta Osiyo xalqlarining qadimiy mif, afsonalari turli mavzularda bo`lgan. Chunonchi kosmogonik miflar, hayvonlar va qushlar xaqidagi miflar, xudolar va afsonaviy qaxramonlar haqidagi miflar bo`lib, ularda yaxshilik, baxt-saodat, quyosh nuri va issiqlik, yomonlik, baxtsizlik zulmat va daxshatli sovuqqa qarama-qarshi qo`yilgan. Shu asosda baxt o`lkasi va baxtsizlik o`lkasi degan miflar yuzaga kelgan. Yaxshilik va yomonlik kuchlari o`rtasidagi kurash mifalogik obrazlar Mitra, Anaxita, Kayumars, Yima (Jamshid), Elikbek va boshqalar obrazida mujassamlashtirilgan. Bo`lar haqidagi miflar biz keyingi masalada ko`rib o`tadigan zardushtiylikning “Avesto” kitobiga ham kirgan.
Mitra- Quyosh xudosi. U kishilarga nur, issiqlik, baxt-saodat baxsh etadi. Shu bilan birga u yaxshi qurollangan bo`lib, dushmanlarga qarshi daxshat soladi, kishilarni ofatdan qutqaradi. Mitra bitmas-tuganmas kuchga ega bo`lgan pahlavon sifatida tasvirlanadi. U dushmanga qarshi shafqatsizlik bilan jang qiladi va uni maxv etadi. Mitra-o`tda kuymas, suvda cho`kmas, o`q o`tmas qaxramon. Qadim O`rta Osiyo aholisi yaratgan og`zaki adabiyot va yodgoliklar orasida qaxramonlik eposi katta va muhim o`rin tutadi. Ularda xalqimizning chet el bos qinchilariga qarshi vatanparvarlik kurashi asosiy o`rinni egallagan. Chunonchi To`maris, Shiroq, Zarina, Rustam, Siyovush, haqidagi xalq og`zaki eposlarida vatanparvar va fidokor bahodirlarning monumental obrazlari yaratilgan. “To`maris” eposida O`rta Osiyo aholisining chet el bosqinchilariga, xususan eramizdan avvalgi VI asrda bu o`lkaga bostirib kirgan Eron ahmoniylari shohi Kirga qarshi massaget qabilalarining qaxramonona kurashi aks etgan. Kir qo`shini tor-mor etilib, uning o`zi e.a. 529 yilda jang maydonida o`ltiriladi, kallasi tanasidan judo etilib, qon bilan to`ldirilgan meshga solinadi. “Shiroq” eposi ham O`rta Osiyo xalqlarining chet el bosqinchilariga qarshi qaxramonona kurashini aks ettiradi. Vatanparvarlik va jasorat, vatani va o`z xalqi baxti-saodati yo`lida fidoiylik qilishga shay, tayyor turish kabi yuksak ma`naviylik Sak qabilasining cho`poni Shiroq timsolida gavdalangan. Qadimiy turkiy tilda yaratilgan yozma yodgorliklardan bizgacha O`rxun-Yenisey va uyg`ur tilidagi yodgorliklar saqlanib qolgan. O`rxun-Yenisey yodgorliklari V-VIII asrlarga mansub bo`lib, ulardan kul-tagin, bilka-qoon, tunyukuk qabr toshlariga o`yib yozilgan tezislar ayniqsa ahamiyatlidir.
Markaziy Osiyoda ma`naviyat bilan birga ma`rifat ham rivojlangan. Ma`rifat rivojining isboti sifatida bu o`lka xalqlarning yozuvini kursatish mumkin. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillik o`rtalarida oromiy, grek yozuvlari, forsiy mixxat mavjud bo`lgan. Qadim O`rta Osiyoda astronomiya, geometriya, geodeziya, matematika, fizika, meditsina fanlari rivoj topgan. Bizga qadar saqlanib qolgan so`g`d kalendari va Beruniy asarlaridagi ma`lumotlar bu o`lkada, ayniqsa astronomiya fani rivojlanganidan darak beradi. O`rta Osiyo xalqlari juda qadim zamonlar dayoq sug`orish inshootlari qurganlar, kanallar ochganlar, chig`ir va koris usuli bilan suvsiz yerlarga suv chiqarganlar. Albatta bo`lar kishilardan ma`lum tajriba va bilimni talab etgan. Bizgacha yetib kelgan ma`lumotlarga asoslanib, Markaziy Osiyo qadimiy madaniyati, ma`naviyat va ma`rifat o`choqlaridan biri bo`lgan degan xulosa chikara olamiz.



Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish