Gerodot (er. av 484 –425 y)- “tarix fani otasi”. Kichik Osiyo janubiy – g’arbiy qirg’og’ida joylashgan Galikarnase shahridan kelib chiqqan. O’z hayotida juda ko’p sayyohatlar qilgan – Butun Misrni kezib chiqqan. (O’rta yer dengizidan Elefantenagacha) “Shoh yo’li” bo’ylab Egey dengizidan to Suzagacha. Shimoliy Qora dengiz bo’yi cho’l dashtlarida ham bo’lgan. Afinada yashagan. Uning lolograflardan farqi shuki, garchi sodda bo’lsada uning asarlarida tarixiylik ilmiy nazariyasi borligidir. U o’z ko’zi bilan ko’rgan va qulog’i bilan eshitgan manbalar asosida tarixni yozgan. Uning “Men nimani eshitgan bo’lsam shuni keyingi avlodga yetkazish burchim, lekin nimani eshitgan bo’lsam ularni hammasiga ham ko’r- ko’rona ishonaverish burchim emas” degan so’zlari shubhasiz uni tarixiy voqyeilikka tanqidiy ko’z bilan qarab, uni urganganligini ko’rsatib turibdi. Gerodotning mashhur «Tarix» asari asosan Yunon- Eron urushlariga bag’ishlangan. Lekin unda faqat urush harakatlari bayonigina emas, balki Eronning hududiga kiruvchi mamlakatlarni tasvirlagan va Yunonistonning urushdan oldingi tarixini qisqacha bayonini ham keltirgan. Masalan, Lidiya faqat Gerodot asarlarida tasvirlangan bo’lib, bu davlat to’g’risida boshqa manbalar deyarli yo’q.
Fukidid (er.av 460-325) . zamondoshi bo’lgan Pelopones urushi to’g’risida atroflicha yozib qoldirgan. U birinchi bo’lib tarix fani – bu tarixiy voqyeiliklarni haqqoniy bayoni deb hisoblagan, shuningdek, tarixiy voqyeilikni turli uydurmalar bilan bezashdan ko’ra, uni oddiy fakt asosida bayon etmoqni afzal deb bilgan. Eng muhimi u o’z asarlarida o’zi ko’rgan voqyeiliklar bayonini berish bilan birga tarixiy hujjatlar asosida o’z asarlarini yaratgan. U qadimgi davrdan boshlab qisqacha Yunoniston tarixini ham o’z asarida keltirgan.
Ksenofont (er.av 430 – 355 y). 120 dan ortiq asarlar yaratgan tarixchi bo’lib, juda ishchan bo’lgan, shuning uchun ham uni “Attika asalarisi” deb atashganlar. Uning asarlari Gerodot, Fukidid asarlaridan o’zining siyosiy jihatliligi bilang farq qilgan. Uning “Ellenika”, “Anabasis”, “Xo’jalik to’g’risida”, “Lakedemon politiyasi” kabi asarlari bor. Masalan, «Anbasis» asarida er.avv. 401 yili 10000 yunonlarni forslar ustiga uyushtirgan yurishlari haqida hikoya qilinadi. “Lakedemon politiyasi”nomli asarida Sparta aristokratik tuzumi ideallashtiriladi. Xullas, er.avv. IV asr 1 – yarmi Yunoniston tarixi to’g’risida juda muhim manbalar yozib qoldirgan .
Aristotel (mil.avv. 384-322y.). U butun faoliyatini Yunon va yunon bo’lmagan mamlakatlar siyosiy tuzilishini urganishga bag’ishlagan. O’z shogirdlari bilan birgalikda 158 ta politiya yozgan, ya’ni ayrim davlatlar siyosiy tuzilishini tasvirlab ko’rsatgan. Bizgacha faqat « Afina politiyasi» nomli asari yetib keldi. Unda mil.avv. VI1 asrdan e’tiboran Afina tarixi bayon etilgan..Jumladan, bu asar mil. avv. U va1U asrlardagi Afina demokratiyasi tarixiga hamda arxaik davrdagi Afina tarixiga oid muhim manba hisoblanadi.
Efor (er.av IV asr 2- yarmi) U Yunonistonning butun umumiy tarixini yozgan. Lekin, parchalar holatida bizgacha yetib kelgan. Yunonistonning doriy qabilasi bosqinidan keyingi tarixini yozgan. Bunda faqatgina Bolqon yarim oroli to’g’risida emas, balkim, O’rta yer dengizi va Sharqidagi yunon koloniyalari to’g’risida ham ma’lumotlar keltirilgan.
Polibiy (er.avv. 200 – 120 y). Uning yashagan davri Yunonistonning tushkunlik davriga to’g’ri keladi. Rim tomonidan Bolqon yarim oroli bosib olingan bo’lib, hatto Polibiy ham garov sifatida Rimga yuborilgan. U O’rta Yer dengizi miqyosida “Umumiy tarixni” yozdi va uning 3/1 qismigina bizgacha yetib kelgan. U o’z asarida bir davlatni yaxlit holda emas, balkim boshqa qo’shni davlatlar bilan aloqadorlikda, birga olib tarixi yaratilishi kerak degan ilmiy qarashlarni ilgari surgan tarixchidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |