Qadimgi dunyo tarixi


Chjou davlati parchalanishi va Sin sulolasi tomonidan



Download 32,88 Mb.
bet22/56
Sana20.04.2022
Hajmi32,88 Mb.
#567401
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56
Bog'liq
Қадимги дунё тарихи Маърузалар матни (1)

Chjou davlati parchalanishi va Sin sulolasi tomonidan


mamlakatning birlashtirilishi
Sharqiy Chjou.
Poytaxtning Loiga ko’chirilishi chjou aslzodalarining separatistik harakatlarini (ajralib chiqish) kuchaytirdi. Chjou vanlarining bunga qarshi kurashishi natija bermaydi. Er. avv. VIII asrning oxiriga kelib, van hokimiyati yo’qolib, mamalakat bir qancha mustaqil viloyatlarga bo’linib ketdi. Sharqiy Chjouning butun davri (er. avv. VIII – III asrlar) o’zaro urushlar bilan kechadi. Xitoy an’anaviy tarixshunosligida bu jarayon ikki bosqichdan iborat:
1-davri er. avv. VIII – V asrlar «Chunsyu»
2-davri er. avv. V – III asrlar «Chjango» (Kurashuvchi davlatlar)
Sharqiy Chjou davrida temirni eritib quyish boshlandi va bu jarayon galdagi ishlab chiqarish kuchlarini keskin rivojlanishiga olib keldi. Chyunsyu davrigacha va bu davrda mavjud bo’lgan qonunlarga binoan tog’ va o’rmonlardagi barcha boyliklar vanga va aristokratiyaga tegishli edi. Metall rudalari va tuz kovlab topish ma’lum bir boshqarmalar tomonidan nazorat qilinardi. Oddiy xalq bu qoidalarni cheklab, ruda va tuz konlaridan foydali qazilmalarni ola boshladilar. Bu holatning oldini olish uchun harbiy bo’limlar yuborilardi. Temir konlaridan va soliq to’lash sharti bilan jamoalarga ruxsat beriladi. Temir rudasining ko’p mikdorda Sin va Si viloyatlarida topilishi bu viloyatlarni bir-birlaridan iqtisodiy jihatdan ustun bo’lishiga olib keldi. Temir Xitoydagi bu davlatda, ya’ni Sharqiy Chjou turmush tarzida keng o’rin oladi. Chyunsyu – Chjango davrida asosan 6 ta yirik viloyatlarning hukmdorlari gegemonlik uchun kurash olib borishadi: Chu, Si, Sin, Szin, U va Yue. Chu viloyatlari o’sha davrda eng katta viloyatlar edi. Chjango davrida mamlakatda gegemonlik uchun asosan yirik viloyatlardan bo’lmish: Chu, Si, Sin, Szin, U va Yue kurash boshlagan edi.



Chjango davri boshlandi.
Chjango davrida 7 ta viloyat o’zaro kurash olib borgan. Bular: Chu, Si, Sin, Yan, Xan, Chjao va Vey edi.
Bu kurashda Sin viloyati g’olib bo’lib, uning vaziri Syaogun – Shan Yan olib borgan islohotlari sabab bo’ldi. Shan Yan asli Vey viloyatidan bo’lib, uning haqiqiy ismi Gun–sun Yan edi.
Shan Yan islohotlari ibtidoiy jamoa munosabatlarining qoldiqlariga hamda jamoaviy yerdan foydalanishga yuqoridan qaratilgan edi. Shu bilan birga bu islohotlar Xitoyda yirik yer egaligining o’sishini va hukmron sinfning o’rnini mustaxkamladi. Shan–Yan islohotlari qishloq xo’jaligining o’sishiga hamda Sin viloyatiniing mustahkamlanishiga va kuchayishiga sabab bo’ldi.
Er. avv. 340 yilda Sin hukmdori Vey ustiga yurib, uni zabt etadi. Keyinchalik, er. avv. 318 yilda Xan, Chjao, Vey, Yan, Si viloyatlari, shuningdek, gunnu (syunnu) qabilalarini ham o’z qo’l ostiga qaratadi. Er. avv. IV asrda Sin hukmdorlari bosqinchilik harakatlarini davom ettiradilar. Er. avv. 246 yilda Chjen o’zini Sin Shixuandi, ya’ni «1 – Sin imperatori» deb e’lon kiladi. Uning davrida (er. avv. 221 – 210) Xitoy yagona va markazlashgan davlatga aylanadi.
Sin Shixuandi keng bosqinchilik siyosatini yurgizadi. Bu siyosat qishloq xo’jaligining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Yana bir muhim natijasi shundan iboratki, Xitoy madaniyati Osiyo qit’asining boshqa viloyatlariga ham kirib boradi. Bu davr Xitoy imperiyasining chegaralari: shimolda – Mongoliyaning markaziy rayonlarigacha, g’arbda – Taklamakan sahrosigacha, janubda – Vyetnamgacha, sharqda – Koreyagacha cho’zilgan edi.
Davlat hokimiyatini yanada mustahkamlash uchun Sin Shixuandi Xitoyni bo’ysungan va imperator tomonidan qo’yiladigan maxsus amaldorlar boshqariladigan 36 ta hududiy-ma’muriy birliklarga bo’ladi.
Buyuk Ipak yo’lini ko’chmanchilardan himoya qilish uchun Sin Shixuandi Buyuk Xitoy devorining qurilishini davom ettiradi (er. avv. IV asrda boshlangan). Natijada Buyuk Xitoy devori 3000 km dan ziyodroq bo’lgan mustahkam himoya vositasiga aylanadi. Sharqiy Chjou davrida paydo bo’lgan Buyuk Ipak yo’li (Xitoyni O’rta Osiyo bilan bog’lovchi) Sin Shixuandi davrida muhim savdo magistraliga aylanadi.

Barcha sohadagi yutuqlarga qaramay, Sin Shixuandi davrida imperiyaning markaziy hokimiyatga ichki krizis oqibatida tushkunlikka tusha boradi. Bu esa xalq ommasining imperator va hukmron yirik yer egalari bilan bo’lgan o’zaro ziddiyatlarida namoyon bo’ladi. 35 yil tinimsiz davom etgan urushlar, Buyuk Xitoy devorining qurilishi, shaharlar, kanallar qurilishlari dehqonlar va qullarning zimmasida edi. Dala ishlaridan ma’lum bo’lgan dehqonlar yanada qashshoqlashadi. Bu vaqtda u Guan otryad boshlig’ini o’ldirib, askarlarga Sin sulolasiga qarshi chiqishga chaqiradi. Tez orada ularga chor-atrofdagi dehqonlar qo’shilib, er. avv. 209 yilning oxiriga kelib, qo’zg’olonchilar guruhi kattalasha boradi, ya’ni 40 ming nafar piyoda, minglab otliqlar va bir necha yuz aravali qo’shinlar mavjud edi. Qo’zg’olonchilar Chu viloyatining poytaxtini egallaydilar va Chen Shen o’zini Chu vani deb e’lon qiladi.


Qo’zg’olon Sin imrepiyasining boshqa viloyatlarini ham qamrab oladi. U viloyati – lashkarboshilar avlodidan biri Syan Yuy va Pey viloyati – dehqonlar sardori Lyu Ban katta tashkilotchilik ishlarini olib boradi.
Er. avv. 207 yilda Lyu Ban Guanchjun viloyatini ishg’ol qiladi va imperiya poytaxtini egallaydi. Lyu Ban o’zini imperator deb e’lon qiladi va yangi Xan sulolasiga asos soladi yoki bu davr 1-Xan sulolasi (g’arbiy) deb ataladi. Lyu Ban taxt tepasiga kelgach, mamlakatni sobiq hukmdorlar tazyiqi ostida 18 mustaqil viloyatga bo’ladi, lekin tez orada, ya’ni er. avv. 205 yilda mamlakatni birlashtirish borasida jadallik bilan ish olib boradi. Er. avv. 202 yilda Lyu Ban bosh hukmdor-imperator deb tan olinadi (Xuandi). Keyigi Xitoy tarixida Lyu Ban Gao Di nomi bilan keng ma’lum.
1-Xan sulolasi (er. avv. 207 – e. VIII asri). Bu sulola dehqonlar va qullar qo’zg’alishi oqibatida hokimiyat tepasiga keldi. O’zining ahvolini yaxshilash borasida Xan sulolasining imperatorlari qator tadbirlar o’tkazadi, jumladan, markaziy hokimiyat apparati mustahkamlanadi, nasliy aslzodalarning huquqlari chegaralanib qo’yiladi. Davlat xazinasiga tushumni ko’paytirish uchun soliq tizimiga o’zgartirish kiritiladi. Shuningdek, unvonlar sotila boshlanadi. Dehqonchilik va irrigasiya ishlariga e’tibor qaratiladi.
Eramizning VIII asrida mehnatkash ommaning ko’tarilishlari, qo’zg’alonlar oqibatida 1-Xan sulolasi yemiriladi. Mamlakatda yana podsho urug’idan bo’lmish Van – Man (8 – 25 yillar) hokimiyat tepasiga kelib, dehqonlarni o’z tomoniga og’dirish uchun qator islohotlarni e’lon qiladi, lekin ularni oxirigacha yetkazolmaydi. Aristokratiyaga tegishli yerlar konfiskasiya qilinadi. Barcha dalalar (yerlar) davlat mulki deb e’lon qilinadi. Yerni sotish va sotib olish man etiladi. Shuningdek, qullarni sotish va sotib olish ta’qiqlanadi. Har bir oila 100 mu ga teng yer oladi. Van Man viloyatlardagi hokimlarga tanga pul zarb etishni ta’qiqlaydi. Savdogarlar to’laydigan soliq miqdorini oshiradi. Kambag’allarga qurbonlik keltirish va ko’mish marosimlarini o’tkazish uchun yordam beriladi. Umuman qaralganda Van Man islohotlari xalq ommasining ahvolini yengillashtirishga qaratilgan edi. Lekin u hukmron sinf tomonidan, shuningdek, yer egalari – dehqonlar tomonidan ham norozilikka uchraydi. O’z hokimiyatiga ochiqcha qarshi chiqishdan qo’rqqvn Van-Man 12-yilda yuqorida ko’rsatilgan qarorlarini bekor qiladi. Chunki Van-Manning bunday qarama-qarshi islohotlari mehnatkash ommani noroziligiga sabab bo’ladi.
18-yilda hosilsizlikdan kelib chiqqan ocharchilik xalq ommasini yana ham kuchliroq qo’zg’alon ko’tarishiga olib keladi. Qo’zg’alonchilar ocharchilikda Van Manni ayblar edilar. Qo’zg’alon kuchayib, qariyb butun mamlakatni egallaydi va u «Chimey», ya’ni «Qizil qoshlilar» nomini oldi. Qo’zg’alonchilar boshlig’i Fan Chun edi. 23-yilda ular mamlakat poytaxti Loini ishg’ol qiladilar. Hukmron sinf qo’zg’olonchilar g’alabasidan foydalanib, hokimiyatni o’zgartirib, Xan sulolasidan bo’lmish Lyu Syuanni imperator qiladilar. Van Man o’ldiriladi.
Lekin «Qizil qoshlilar» Lyu Syuanning imperatorligidan norozi bo’lib, o’zlarining imperatori Lyu Pen-szini taxtga o’tqazadilar.
Yirik yer egalari esa o’zlariga Lyu Syuanni imperator qiladilar va u 2 - (sharqiy) Xan sulolasiga asos soladi. Qizilqoshlilar va Lyu Syu qo’shinlari o’rtasida 2 yil kurash davom etadi. Syao tog’i (Xenan viloyati) oldida qizilqoshlilar mag’lubiyatga uchrab, 27-yilda qo’zg’alon bostiriladi.
2-Xan sulolasi imperatorlari (25 – 220 yillar) mamlakat iqtisodini ko’tarish uchun qator tadbirlar o’tkazadilar, jumladan: yangi yerlar o’zlashtiriladi, ko’chkindilar 5 yilgacha soliq to’lashdan ozod etiladi, irrigasiya inshootlarining eskilari ta’mirlanib, yangilari quriladi.
Bu vaqtga kelib, xunlarning qabilaviy ittifoqi Xitoyning ichki tanazzulidan foydalanib, doimiy bosqinchilik yurishlari uyushtirganlar va Xitoy bilan O’rta Osiyo davlatlari o’rtasidagi savdo aloqalariga xalaqit berganlar.
I asrning 70 yillarida Xitoy lashkarboshisi va diplomati Ban Chjao xunlarga qator jiddiy zarbalar beradi va 89-yilda ular tor-mor qilinadi.
2-Xan sulolasi davrida mamlakat iqtisodi va madaniyati bir muncha ravnaq topadi: qog’oz, yarim farfor (yupka polirovka qilingan oq keramika) ixtiro etiladi. Lekin yana o’sha xalq ommasining qattiq ekspluatasiya qilinuvi natijasida mamlakatda qarama-qarshiliklar yanada chuqurlashtiradi.
184-yilda Chjan Szyao boshchiligidagi qo’zg’alon butun mamlakatga tarqaladi. Qo’zg’alonchilar ajralib turish uchun sariq belbog’ bog’laganlar va bu hol tarixda «Sariq belbog’lilar» qo’zg’aloni deb nom olgan. Qo’zg’alon 20 yildan ortiq davom etib, 205-yilda Sao Sao lashkarboshisi bu qo’zg’alonni tor-mor etadi. Bu davrda Xitoy davlati zaiflashib qoladi va 220-yilda Xan sulolasi tugatiladi. Yagona Xitoy davlati yana bir necha davlatlarga bo’linib ketadi.



Download 32,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish