SURIYA VA FINIKIYA Tayanch iboralar: Marat, Berit, Sidon, Tir, Akko. Tripolis, Asal chashmasi, Sut chashmasi, It daryosi, Amon va Tavr tog’ tizmalari. Bibl-Gebal, Ras-Shamara, Amarna, ”Sharq bolalari”, ”Shimol bolalari” Xiram 1, ”Keret” xaqidagi afsona, ”Vaal va Aliyyan”. O`rta yer dengizining sharqiy qirg`oqlaridagi davlat yahudiylar vatani
Suriya va Finikiya iqlimi va tabiati,geografik joylashuvi jihatidan o’ziga xos xususiyatga ega.Suriya uch materik orasida joylashgan bulib,bir qismi Old Osiyoga bir qismi Suriya va Mesopotamiya dashtiga shimoliy qismi esa kichik Osiyoga tutashgan.Janubiy qismi esa Falastin bilan Arabiston yarim oroliga chegaradoshdir.Suriyaning Finikiya deb atalgan qismi asosan Urta yer dengizi sharqidagi qirg’oq qism hisoblanadi.
Suriya va Finikiyaning qadim zamonlardan savdo yuli ustida joylashgani uchun tranzit vazifasini savdoni rivojlanganligini kuzatamiz.
Bu ikkala xudud ham qadim davrlardan buyon qudratli davlatlar bilan
qushni bulganligi tufayli bu davlatlar boy ulkani istilo qilishga uning
ravnaq topgan savdo markazlarini bosishga intilgan .Qadimgi Sharq dunyosida hukumron davlatlar Suriya bilan Finikiyani talashib doimo qattiq kurashib kelgan natijada rivojlangan mamlakatning teritoriyasi hamisha jang maydoniga aylanib qolgan edi.
Suriya bilan Finikiyaning ba’zi hududlarida qadim o’tmishdan dehqonchilik taraqqiy etib keldi. Xujalikning bu sohasi yuksak darajada
rivojlanganligini kuzatamiz. Ayniqsa Finikiyaning Marat, Berit, Sidon, Tir, Akko xududlarida dehkonchilik, bog’dorchilik taraqiy etdi.
Arxiologik natijasida Suriya, Finikiya hududlarida qadim neolit davriga oid ish qurollari topib fanga tadqiq etildi. Masalan Finikiyadan It daryosi yaqinidan Sut chashmasi, Asal chashmasi oldidan shuningdek Sanin tog’i etagidagi Xarajeb va Jaytadan neolit mexnat qurollari topildi.
Shimoliy Suriyada ham Frot daryosining yuqori oqimida Aman va Tavr tog’lari etaklaridan neolit madaniyatining muhim markazlari topib o’rganildi.
Finikiya va Suriya axolisi bir – birlari bilan juda ham aralashib ketgan edilar. Qadimgi manbalarga Misr, Finikiya va yozuvlariga, tavrot hamda antik avtorlarning ma’lumotiga shuningdek lingvistik ma’lumotlariga qaraganda Finikiya va Suriyaning qadimgi aholisi eramzdan avvalgi 3 ming yillikda yoq juda murakkab etnik konglometrdan iborat bo’lgan.
Suriya va Falastinda xurriy qabilalari ko’p bo’lgan. Bular qo’yidagi turli xujattlardan yaqqol ko’rinadi. Katnada mixxat yozuvlari, buyumlari topilgan,bu yozuvlarda xurriy atoqli otlari va terminlari uchraydi. Nihoyat Amarna arxividan topilgan diplomatik xatlarda Abd-Xiba kabi xurriy ismlari uchraydi. Xurriylar shimoliy Suriyada ham, jumladan Ugarit mamlakatida ham yashaganlar. Bunga Ras-Shamrada topilgan xujjatlardalil bo’la oladi.
Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda yunonlar,asosan O’rta dengizning sharqiy qirg’og’idagi shaharlarda yashagan dengiz bo’yi xalqlariga “Finikiyaliklar” degan nom bergan , holbuki bu teritoriyada eramizdan avvalgi X asrdagina mustaqil Finikiya davlati vujudga kelgan. Sidon va Tir shaxarlari uning markazlari bulgan. Finikiyaliklar ham Xanaanda yashaganlar xananiylar singari, g’arbiy semit qabilalari gruppasiga mansub bo’lgan.
Finikiya bilan Suriya teritoriyasidan topilgan yozuvlar uncha kup emas, buning sababi uzliksiz davom etgan urushlar vaqtida qadimgi kutubxona arxivlar vayron etilgan. Umuman topilgan yozuvlar Finikiya Suriya tarixini urganishda kata yordam beradi. Amarna arxividan topilgan xatlar Sidonni qazish jarayonida topilgan. Yozuvlar qadimgi Kilikiyadan, Qoratepadan, Antitavr tog’laridan topilgan. Finikiya yozuvlari miloddan oldingi IX asrda Finikiya xalqlari tug’risida qimmatli ma’lumotlar bergan.
Manbalarning ma’lumot berishicha Misr fir’vnlari Suriya va Finikiyaga tuxtovsiz ravishda yurish qilib turganligini kuzatamiz.
Eramizdan avvalgi 2 ming yillik o’rtalarida Suriya bilan Finikiya Misr hukmronligi ostiga tushib qoladi. XVIII dinastiyaning urushqoq fir’avinlari Suriyani Frot daryosigacha istilo etadilar. Misirliklar Suriya shaharlarini bo’ysindiradilar, bu shaharlarga og’ir xiorj soladilar va bu mamlaktlarning tabiiy boyliklarini egallab oladilar. Misrning Suriya bilan Finikiyani istilo etishi va bu mamlakatlarda hukumronlik qilishi so’ngra esa misr ta’sirining zaiflanishi bizga 18 dinastiya zamonidan qolgan juda ko’p Misr yozuvlaridan, jumladan Al-Amarnadan topilgan diplomatiya arxividan aniq ma’lumki, bu arxivda o’sha vaqtdagi haqaro munosabatlarni ta’riflovchi ko’pgina diplomatiya arxividan aniq ma’lumki bu arxivda o’sha vaqtdagi halqaro munosabatlarni ta’riflovchi ko’pgina diplomatiya hujjatlari saqlangan. Suriya Misrning iqtisodiy va Siyosiy kontrollogi ostida bo’lishiga qaramay, har holda bir muncha Mustaqillikni ham saqlab qolgan. Misrliklar Suriyani ko’p shaharlarida mahalliy knyazlarni qoldirganlar, Suriyada o’z ta’sirlarini mustahkamlash uchun esa, bu knyazlarning vorislarini Msirga olib ketib fir’avnga sadoqat ruhida tarbiyalarganlar.
Eramizdan avvalgi 19- asrga kelib Msir Suriyada o’z hukumronlik mavqyeini saqlab qolmoq uchun yetarli kuchga ega bo’lmay qoladi. Misrliklar urnini Xettlar egallaydi. Ular shimoliy Suriyani kappolizasiya qilib uni o’z ta’siriga bo’ysindiradi. Xettlarning Suriyadagi ta’siri tobora kuchayib boradi. Arxeologiya va lingvistika ma’lumotlari hamda bevosita dalil bo’ladigan hujjatlar buni tasdiqlaydi. Ilgari Misr hukumronligi ostida bo’lgan. Ugarit davlati endi Hyett podshosining kuchli ta’siri ostida bo’lgan. Ugarit davlatida ikki partiya Misr tarafdorlari va Hyett davlati tarafdorlari o’rtasida o’zaro kurash olib boradi. Ugarit hokimi Mistu Misr fir’avniga, Hyettlar hujumi menga taxdid solmoqda deb yozadi.
Finikiya va Suriyani Tir va boshqa bir qator katta shaharlari shuningdek Ugarit ham Misrdan ajralib Hyettlar tomoniga o’tib ketishga tayyor turadi. Hyettlarning Suriyaga bostirib kelyotgani to’g’risida Bibl hokimi fir’avn Rib – Addiga hat yozib, bu xatida Hyettalr Suriyaning anchagina qismini bosib olganligini va Biblga ham xavf olayotganini ochiq ravshan xabar qiladi. Uzoq davom etgan qattiq urishda Misrliklarning ham, Hyettlarning ham darmonlari qurigan edi. Bu esa Finikiya va Suriyada mustaqil davlatlar vujudga kelishi uchun qulay sharoit yaratib bergan. Mustaqil bo’lib olgan davlatlar eramizdan avvalgi X – IX asrlarda ravnaq topadi. Bu vaqtda Misr bilan Ossuriya tushkunlikni boshidan kechirib, Finikiya va Suriyani boy savdo shaharlarida tahdid qilmaydigan bo’lib qoladilar. Bibl bilan bir qatorida yana ikkita boshqa yirik savdo shaharlari Sidon va Tir maydonga chiqadi.
Tir juda mustahkam va qudratli dengiz qal’asiga aylanadi. Eramizdan avvalgi IX asrda Finikiya davlatining yanada o’sishi va gullab – yashnashi davom etadi. Finikiya podsholaridan biri Itobaax Liviyada Avzu shahrini barpo qiladi. Bu davrda Berit, Bibl va Sidon kabi juda katta savdo shaharlari bo’lgan butun Finikiya sohilining kattagina qismi Tirga qarardi. Finikiya madaniyatining eng katta yutug’i Finikiyada eramizdan avvalgi XIII- asrda vujudga kelgan yozuvning alifbe sistemasidir. Savdoning bir muncha rivojlanib borishi rasmiy hujjatlarni juda tez tuzishi uchun imkon beradigan eng sodda yozuv sistemasini vujudga keltirishini talab qilar edi. Shuning uchun ham yozuvning eng sodda va eng qulay sistemasi bulmish alifbe savdo juda ham taraqqiy qilgan Finikiyada vujudga kelgan.
Finikiyaliklar o’z alifbe sistemalarini yaratishda qadimgi Bobl va qadimgi Misrning boy madaniy merosidan foydalanganlar. Ayrim alifbe belgilari shaklidagi alifbeli yozuv elementlarini eramizdan avvalgi 2 ming yil avval shimoliy Suriyaga kirib borgan Bobil Mixxatida ham bo’lgan. Shimoliy Suriyada Bobil mixxati bir muncha soddalashtirilgan va shu asosda 29 ta alifbe belgisidan iborat. Shimoliy Suriya alfavitli Mixxati vujudga kelgan. Ras – Shamradan topilgan juda ko’p yozuvlar manna shu mixxat alifbe asosida yozilgan. Finikiya va Suriya qabilalarining eng qadimgi dini qadimgi jamoa dehqonchilik e’tiqodlariga borib taqaladi. Ros-Shamradan topilgan mifologik poemalarda arpani sug’orish, eshak va otni qo’shish hamda tok novdalarni o’tqazishda qilinadigan qadimgi diniy urf-odamlar ta’riflab beriladi. Xudo Mat yoz oxirida ma’buda Anat urog’i bilan boshoq shaklida tasvirlanadi.
Ba’zi tarixiy afsonalar ham kata ahamiyatga ega, masalan «Keret haqidagi afsona» afsonada Sidon podshosi Keretning Xudo El maslahatiga ko’ra, Arabiston bilan Falastin o’rtasidagi chegarada yashagan teraxitlar qabilasiga qarshi qilgan yurish haqida gapiriladi. Bu qiziqarli afsonada Ashdod va Kadesh shaharlari hamda qadimgi yahudiy qabilasi Zebulan tilga olinadi, bu narsa Finikiya savdosi va istilochilik siyosati juda qadim vaqtlarda yoq keng rivojlanganligidan dalolat beradi.