Suriya mojarosi xalqaro tizimning yemirilishi?



Download 73 Kb.
bet1/2
Sana29.12.2021
Hajmi73 Kb.
#80955
  1   2
Bog'liq
09 Sen2013 Suriya mojarosi - Xalqaro tizimning yemirilishimi


09 Sen2013


Suriya mojarosi - xalqaro tizimning yemirilishi?


Muallif: Axmed Rahmanov Rukn: Global geopolitika

Mana ikki yildirki Suriyada to'qnashuvlar davom etmoqda. Dastlab tinch namoyishlar orqali boshlangan bu tartibsizliklar hozirgi kunda Suriyadagi hukumat va boshqa guruhlar kuchlarining nisbati qanchalik darajada mukammal muvozanatda ekanligini ko'rsatib bermoqda. Lekin Suriyadagi urush, uning hududidan tashqaridagi kuchlar muvozanatini yana bir bora tekshirib ko'rishga imkon bermoqda. Ayni paytda  bu urush bizga ahvol 90-yillardagiday yoki 2000-yilning dastlabki 10 yilligiday emasligini va G'arb kuchlariga qarshi dunyoda boshqa kuchlar paydo bo'lganligini ko'rsatib berdi. Bu kuchlar ittifoq shaklida emas, balki qarshi turuvchi kuchlar sifatida namoyon bo'lmoqdalar. Ularni birlashtirib turgan asosiy omil bu G'arb kuchlarining dunyo jandarmi rolini o'ynashlariga qarshi turishdir, lekin bu mamlakatlar o'zlarining ham iqtisodiy, ham siyosiy tuzumlari bilan bir-biridan tubdan farq qiladilar. Yana shuni ta'kidlash lozimki G'arb kuchlarining ichida ham raqobatlar paydo bo'lgani bizga ma'lum bo'ldi. Bugungi mavzuimiz Suriya urushi natijasida Xalqaro aloqalar tizimining yemirilishiga bag'ishlanadi.

Suriya haqida blogimizda bir nechta maqolalar yozilgan bo'lib, shulardan aynan suriyaga bag'ishlanganlarini shu yerda ro'yxatini berib o'tamiz. Bu sizga to'qnashuvlarning tarixi, mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy vaziyatiga umumiy baho berishingizga imkon  beradi:

Suriya - siyosiy krizisning asl sabablari
Suriya - siyosiy krizisning regional ta'sirlari
Suriyaga sayohat
Robert Fisk: "Suriya urushi ikki-uch yil davom etishi mumkin"

Yuqoridagi maqolalardagi axborotlarga qaramasdan Suriya urushi haqida qisqacha geopolitik tahlillarni ko'rib chiqsak. Chunki keyingi uch oy ichida Suriya to'qnashuvi ancha jiddiy burilishlarga duch keldi.

Dastlab har birimiz o'z-o'zimizga Suriyadagi to'qnashuvlarga nom izlashdan boshlasak. Mana ikki yildirki urush davom etmoqda, lekin hozirgacha bu urushga aniq umumiy nom berilmadi. Chunki har bir mamlakat o'zining manfaatidan kelib chiqib bu mojaroga yondoshmoqda. Masalan G'arb mamlakatlari uchun bu mojarolar inqilob bo'lsa, Rossiya uchun bu fuqarolar urushi, Turkiya, Saudiya Arabistoni va boshqa musulmon jamiyatlari uchun esa Shia mazhabidan bo'lgan Nusariylarning Sunniy mazhabidagi musulmonlarga qarshi urushi, Eronning nuqtai-nazarida esa Saudiya Arabistoni va boshqa Fors ko'rfazi mamlakatlarining birgalashib regiondagi Shialarga qarshi hujumi.

Bu masalada obektiv fikr bildirish uchun kishi o'z dunyoqarashi va o'zining siyosiy tanlovidan bir zumga bo'lsada chetga chiqib fikrlashi zarur. Aks holda sizning bildiradigan fikringiz shu davrgacha sizda shakllangan siyosiy qarashlar, din yoki erkinlik tamoyillari ta'siri ostida haqiqiy reallikdan chetga chiqib qolishi mumkin. Nima bo'lganda ham shu ikki yil davomidagi to'qnashuvlar va qurolli hujumlarga qaramasdan Bashar al-Assad rejimining qulamaganligini hisobga olgan holda ushbu mojaroni to'laqonli ravishda Inqilob emas deb atashga haqqimiz bor. Chunki siyosiy jihatdan inqilob tushunchasi ko'pchilik aholining, son jihatdan kamchilik bo'lgan hukumat rejimini ag'darishiga aytiladi. Lekin ko'rib turibmizki hozirda Suriya aholisi ochiq-oydin ravishda ikki tomonga ajralgan: Assad rejimini qo'llovchilar va unga qarshilar. Demak Suriyadagi mojaro o'z o'zidan fuqarolar urushi ekanligini biz belgilab olishimiz mumkin bo'ladi.



Suriyadagi bo'linish - qizil rang Assad rejimini qo'llovchi hududlar, unga qarshi hududlar yashil rangda

Yuqorida ta'kidlaganimizdek bu mojaroga nisbatan har bir tomonning o'z qarashi mavjud. Xo'sh, qanday qilib bir urushga shuncha variantda tarif berish mumkin? Shu o'rinda e'tiboringizni so'ngi yillardagi dunyo ommaviy axborot vositalarini rivojlanishiga qaratsam. Dunyo mamlakatlarining har biri o'zining OAVlariga ega bo'lib, ularga berilgan erkinlikka qaramasdan o'zi joylashgan davlatining siyosatini himoya qilishi va o'z millatining xohishidan kelib chiqqan holatda axborotlarni ulashishi hech kimga sir emas. Bundan tashqari, bu maydonga hozirda yirik korporatsiyalar, iqtisodiy aktyorlar va ideologik yo'nalishlar ham kirib kelgan. Bu esa bo'lib o'tayotgan voqealarni har kimning o'z maqsadiga moslab aholiga yetkazishga olib kelmoqda.

21-asrdagi ilm-fanning rivojlanish darajasi va aholini savodlilik darajasini yuqoriligini hisobga olgan holda, mamlakatlarning axborotlarni manipulatsiya qilishini kuzatish albatta hayron qolarli holat. Agar siz bugundan boshlab dunyo bo'ylab aylana ravishda OAVlarini kuzatsangiz haqiqiy axborot bilan propogandani farqiga borishingiz qiyin bo'lishi shubhasiz. Shuning uchun har-bir o'quvchiga axborotlarni kuzatishda ehtiyotkor bo'lishni, har-bir axborotni unga qarshi axborot bilan solishtirib ko'rish va ayniqsa o'z siyosiy qarashlarimizga mos, ularni mustahkamlaydigan axborot markazlariga sho'ng'ib ketmaslikni maslahat beraman. Suriya urushi bizga dunyodagi propoganda hozirda ham, hatto demokratik davlatlarda ham davom etayotganini ko'rsatib berdi va albatta bu tanqid boshqa demokratik bo'lmagan, xullas G'arb va Sharqqa birday tegishlidir.

Ikkinchi xulosa albatta geopolitik va geostrategik yondashuv. Xo'sh nimaga G'arb mamlakatlari Suriyada rejim o'zgarishini xohlashmoqda, nimaga Rossiya va Eron bunga tish tirnog'i bilan qarshilik bildirmoqda?

Suriya urushining qanday natija bilan tugashi Yaqin  Sharqdagi kuchlar muvozanatini tubdan o'zgartirishi, shu bilan birga dunyodagi qudratli mamlakatlarning siyosiy mavqeini qayta belgilab berishi mumkin. Regional jihatdan qarasak, Suriya rejimining qulashidan birinchi navbatda Fors ko'rfazi mamlakatlari va Turkiya manfaatdor. Hammamiz Islom dunyosidagi Shialar va Sunniylar raqobati haqida eshitganmiz. Bu ikki yo'nalish mana Muhammadning o'limidan beri bir-biri bilan kurashib keladi. Usmoniylar imperiyasini qulashi bilan Xalifalik tuzumiga va Sunniylar maqomiga qaqshatqich zarba berildi, lekin bu Shialarning hisobiga emas balki G'arb dunyosi va Kommunistlar foydasiga hal qilindi. Sunniylar dunyosining oxirgi Xalifaligini o'zida mujassam etgan Turkiya, dunyoviy mamlakat sifatida o'ziga yangi o'zlik modelini qurdi.

Saudiya Arabistoni esa Musulmon dunyosining muqaddas shaharlari bo'lgan Makka va Madinani himoyachisi maqomini olgan holda yangi Arab-Musulmon mamlakatini qura boshladi. Lekin bu o'zlik to'laligicha o'zini namoyon qilmagan, hozirgacha Saudiya Arabistoni o'zini dastavval Musulmon deyishi yoki Arab deyishi aniq belgilanmagan. 60-yillardagi pan-arabizmni rivojlanishi bilan mamlakat o'zining Arab millatining birlashtiruvchi sifatida ko'rsatgan bo'lsa, 80-yillardagi pan-islomizmni kuchayishi bilan u o'zini Islom dunyosini og'asi sifatida ko'rsata boshladi. Lekin bu mavqeini egallash uchun unda bir nechta to'siqlar mavjud edi, shulardan eng asosiysi uning G'arb mamlakati bilan yaqinligi va mamlakatda dinastiya hukumatini o'rnatgani edi. Shularni hisobga olib Saudiya Arabistonini Saud dinastiyasi o'zligi asosiga qurilgan mamlakat desak adashmaymiz.

1979-yildagi Erondagi Islomiy inqilobdan so'ng Saudiya Arabistoni sergak tortdi. Shialik shiddat bilan tarqala boshladi, ayni vaqtda Suriyada ham mamlakat tepasiga Nusariylardan (Shialikning mazhabi) bo'lgan, Bashar al-Assadning otasi Hofiz al-Assad keladi. Eron-Iroq urushi esa, Fors-Arab urushidan ko'ra ko'proq Shia-Sunniy urushi tusini olgan edi. Buning ustiga Fors ko'rfazi mamlakatlarining neftga boy hududlarida asosan Shialikka mansub bo'lgan aholining joylashganligi, Shialikning yoyilishi natijasida Shia inqilobi yuz berishi va hokimyatni qo'ldan ketishiga olib kelishi mumkin edi. 1990-yillardan boshlab Saudiya Arabistoni o'zining tashqi siyosatida aniq yo'nalishni belgilab oldi, bu Eronning ta'sirini kamaytirish edi. Shu maqsadda mamlakat Afg'onistondagi mujohiddinlarning, keyinchalik tolibonlarning asosiy moliyaviy ta'minlovchisiga aylandi. Livandagi Hezbollaning kuchayishi va uning Suriya, Eron bilan ittifoqi Saudiya Arabistoning regiondagi ta'sirini sezilarli darajada kamaytirdi. Mamlakat shu paytgacha qo'llab quvvatlab kelgan Al-Qoida xalqaro tarmog'i esa umuman nazoratdan chiqib ketadi va o'zini avto-boshqaruv tizimiga o'tib oladi. Al-Qoidaning o'z kuchini hisobga olmagan holda global darajaga ko'tarilishi uni xalqaro maydonda deyarli yo'q bo'lishiga olib keldi.

Boshqa tomondan Musulmon Birodarlar guruhining manfaatlari Saudiyaliklarniki bilan to'laligicha mos kelmas edi, chunki bu harakatning maqsadlari asosan ijtimoiy hayotni qamrab olgan bo'lib, keyingi davrlarda uning siyosatlashtirilishi ham faqat mahalliy maqsadlar bilan cheklandi. Bu esa, uni Eronning Shialigiga qarshi kuch sifatida ishlatilishiga imkon bermas edi. Hozirda Suriyadagi urushning Islomiy-radikal (Sunniy) guruhlar hisobiga hal bo'lishi Eronning regionda yakkalanib qolishiga olib keladi. O'z navbatida Suriyaning Anti-Eron tus olishi Livandagi Hezbollaning yo'q bo'lib ketishiga olib kelishi mumkin bo'ladi. Bu esa regiondagi Shialikning yoyilishiga muhim zarba beradi.

Turkiyaning manfaatlari uning so'ngi yillardagi geopolitik mavqeini o'zgarishidan kelib chiqadi, albatta iqtisodiy maqsadlar ham yo'q emas, jumladan Turkiya Kurdistonidagi dambalarning qurilishi va Forz ko'rfazi mamlakatlari bilan quvur transportini yo'lga qo'yish kabi. Lekin asosiy maqsad baribir Turkiyaning regiondagi muhim geopolitik aktyorga intilishi bo'lib qolmoqda. Yevropa Ittifoqining Turkiyaning ittifoqga nomzodligini rad qilishi, Isroil bilan so'ngi yillardagi kelishmovchiliklar va Arab bahori Turkiyaga G'arb dunyosi bilan aloqalarini turg'unlashtirib Arab dunyosida "Katta og'a" rolini egallashiga imkon yaratdi. Suriya bu maqsadni amalga oshirishdagi asosiy to'siqlardan biridir. Birincidan Suriya hududiy to'siq, ikkinchidan Bashar al-Assad rejimini o'zgarmasligi Turkiya uchun katta muammolar tug'diradi. Eron va Suriya ittifoqi hududdagi Turkiyaning asosiy ittifoqchisi bo'lmish Musulmon Birodarlarning kuchsizlanishini keltirib chiqaradi. Hozirda Turkiya Assad rejimini qulashidan so'ng mamlakatda hokimiyat uchun kurashadigan Musulmon Birodarlar muxolifatini tayyorlamoqda. Agar Suriya shu muxolifat qo'liga o'tsa, Turkiya regiondagi eng muhim kuchga aylanishi turgan gap. Shu o'rinda ta'kidlab o'tish lozimki Turkiyaning Suriyadagi manfaatlari Fors ko'rfazi mamlakatlari va G'arb mamlakatlariniki bilan mos kelmaydi. Agar, G'arb Suriyaga interventsiya qilsa Iroqdagi senariy takrorlanishi mumkin, ya'ni mamlakat har hil diniy va milliy guruhlar orasida bo'linishi mumkin, bu esa Turkiyani janubida ikkinchi Kurdistonni vujudga keltirishi mumkin, o'z navbatida Katta Kurdiston mamlakatini paydo bo'lishi bir muncha tezlashadi. Boshqa tomondan Turkiya Saudiya Arabistonining Islomizmini regionda kuchga to'lishini istamaydi.

Isroil uchun bu mojaro juda ham nozik tus olgan. Hozirgacha Isroil hukumatining rejimning o'zgarishi haqidagi fikrlari ochiqchasiga bayon qilinmagan. Garchi shu yilning bahorida Isroil samoletlari Damashqni bir nechta bor bombardimon qilishgan bo'lsada. Bu bombardimonlar Isroilning AQShni urushga tortishidagi urinishlari edi. Ko'pchilikka ma'lum AQShning yuqori lavozimlarida Yahudiy Lobbiylarining ta'siri kuchlidir.

Isroil bu bombardimonlari orqali Suriyaning Golan tepaligida yangi front ochishini kutgan bo'lishi mumkin. Bu frontning ochilishi esa AQShning urushga kirib kelishini tezlashtirar edi. Boshqa tomondan Isroil uchun Assad rejimidan ham ko'ra Hezbolla guruhining yo'q qilinishi muhimroqdir. Lekin Isroil Saudiya Arabistoni va Qatar tomonidan jo'natilayotgan yollanma radikal islomist guruhlarni Suriyada hokimyatga kelishini xohlamasligi aniq. Isroil uchun G'arb koalitsiyasini Suriyaga interventsiya qilishi eng optimal variant bo'ladi. Buning oqibatida u Livandagi Hezbolla guruhidan butunlayga qutilishi va Suriyada G'arb ta'siri ostida bo'lgan rejimga ega bo'lishi mumkin. Mutaxassislarning fikricha Isroil Turkiya tayyorlayotgan Musulmon Birodarlarning hokimiyat tepasiga kelishiga qarshi emas.

Eron bu mojaroda eng katta yo'qotuvchidir. Assad rejimining qulashi va hokimiyatga kimni kelishidan qa'tiy nazar Eron uchun Suriya qo'ldan beriladi. Uning uchun dushmanlar orasidan "yahshirog'ini" tanlash lozim bo'ladi - Musulmon Birodarlar, Islomiy radikallar yoki G'arb ta'siridagi rejim. Lekin G'arbning Suriyaga intervensiyasi Eron uchun to'laqonli blokada yaratadi. Bu holatda esa u Isroilni ta'sirini qirqishga mo'ljallangan Hezbollani yashab ketishini ta'minlay ola olmaydi. Buning ustiga Mamlakatga keladigan rejim o'zining yo'nalishiga qarab Iroqni ham o'z ta'siri ostiga olishi mumkin. Hozirdagi Eronning bor kuchi bilan tashqi interventsiyaga qarshiligini tushunish unchalik qiyin emas.

Iroq bu mojaroga ta'sir qilish uchun juda kuchsizlik qiladi, undan natija kutish uchun esa o'ta parokanda. AQShning mamlakatda olib borgan urushi oqibatida (Eslatib o'tamiz Iroq urushi ham ommaviy qirg'in qurollarining mavjudligi bahonasida boshlangan edi) hozirda Iroqda portlashlardan qurbon bo'layotganlar soni Suriyadagi qurbonlar soni bilan deyarli bir hil va baxtga qarshi qurbonlarning asosiy qismi tinch aholidir. AQSh Iroqqa qilgan urushida strategik xatolarga yo'l qo'ydi, jumladan armiya bilan xalq orasidagi kelishmovchiliklar Iroq xalqini AQSh qo'shinlariga qarshi urush ochishiga olib keldi. Natijada AQSh mamlakat hokimiyatini uch guruh - Kurdlar, Sunniylar va Shialar orasida bo'lib berib ularni mahalliy hokimiyat uchun urushlarga ko'mgan holda mamlakatni tark etdi. Shuni eslatib o'tish lozimki hozirda Iroqda uyushtirilayotgan terroristik hujumlarning asosiy qurbonlari Shialardir. Kelajakda Iroqni 3 qismga bo'lish AQSh administratsiyasi tomonidan belgilab qo'yilgan. Bu esa mamlakatning Eron uchun doimiy bosh og'rig'iga aylanishiga olib keladi, jumladan Erondagi Kurdlar guruhini mustaqillikka intilishi yoki Iroqda tashkil qilinadigan Kurdiston bilan birlashish ambitisyalarini kuchaytiradi.

Rossiya uchun Suriya Yaqin Sharqdagi eng ohirgi qo'rg'ondir. Suriyaning qo'ldan berilishi oqibatida Rossiya misli ko'rilmagan geopolitik inqirozga duch kelishi mumkin, jumladan bu uning Arab dunyosiga ohirgi marta oyoq qo'yishi bo'lishi mumkin va o'z-o'zidan xalqaro miqyosda mamlakat o'zining qudratlilik mavqeini yo'qotadi. Yaqin Sharq va Arab dunyosidagi masalalar esa uning ishtirokisiz hal qilinadigan bo'ladi. Boshqa tomondan Rossiya Suriyaning qulashi oqibatida domino effekti bilan Eronning qulashini ham hisobga olgan, bunday geopolitik yo'qotish shu yerda tugamaydi. Navbatdagi mamlakatlar O'rta Osiyo mamlakatlari bo'lishi mumkin. Bu esa to'g'ridan to'g'ri Rossiyaning hududini dahlsizligi uchun xavf tug'diradi, Pan-Turkiszm yoki Pan-Islomizm bilan sug'orilgan ideologiyalar Rossiyaning hududini parchalanib ketishiga olib keladi.

Shu o'rinda Rossiyaning keyingi yillardagi evolyutsiyasini unutmaslik lozim. 90-yillarda G'arb davlatlari oldida sharmandalarcha inqirozga yuz tutgan mamlakat Putinning neft-gaz iqtisodi oqibatida o'zini o'nglab oldi. Lekin Rossiya xalqaro sahnada hozirgacha o'zining hal qiluvchi mamlakat mavqeini saqlab qola oldi. Keyingi yillardagi NATOning Rossiya hududi atrofi bo'ylab joylashtirgan harbiy bazalari, Anti-ballistik radarlari va nihoyat demokratiya nomi ila Putinning prezidentligiga, inson huqulari nomi bilan uning ichki siyosatiga qarshi qaratilgan propoganda, Rossiyani o'z o'rnini bildirib qo'yish vaqti yetganini bildirib qo'yishni talab qilmoqda. Agar G'arb koalitsiyasi Rossiyaning qarshiliklariga qaramasdan Suriyaga hujum qilsa vaziyat ikki tomon uchun ham yomonlashadi, albatta 3-Jahon urushi boshlanishidan yiroqmiz, lekin Rossiya Assad rejimini qulamasligi uchun qo'lidan kelgan barcha imkoniyatlarni ishga solishi aniq. Eslatib o'tamiz hozirda Rossiyaning yirik floti O'rta Yer dengizida Yaqin Sharq sohillariga yaqinlashmoqda. Bu G'arb mamlakatlari uchun ogohlantirish belgisidir.

Fransiya Suriya mojarosidan geopolitik manfaatlarga ega. Hammamizga ma'lum Suriya Fransiyaning eski protektorati bo'lgan bo'lib, hozirgi kungacha bu hududda uning ta'siri yetarlicha kuchli bo'lgan. Ko'pchilik hozirda Fransiyaning interventsiyasi sababini tushunishga qiynaladi. Sabab o'ta oddiy Fransiyaning regiondagi manfaatlari Turkiya va Fors ko'rfazi mamlakatlarinikidan tubdan farq qiladi. Qisqa qilib tushintiradigan bo'lsak, hamma Suriyada Assad rejimini qulashini hohlaydi, chunki har kim uni o'rniga o'zi hohlagan rejimni o'rnatishni ko'zda tutmoqda. Shu o'rinda Fransiyaning ichki siyosatini ham hisobga olish zarur. Ohirgi saylovlarda yutib chiqqan Fransua Olland mamlakatning iqtisodiy ahvolini kutilgan tarzda o'zgartira olmadi, qaytanga mamlakatda ahvol yana og'irlashdi, ishsizlik darajasi rekord darajaga ko'tarildi. Fransuz maxfiy hizmatlarining habarlariga ko'ra hozirda Fransuz qo'shinlari interventsiyaga tayyorgarlik hajmi juda katta, bunday tayyorgarlik 2001-yildan beri kuzatilmagan. Shu urush orqali Olland ham xalqaro sahnada o'z mavqeini mustahkamlashni, ham mamlakat ichidagi obro'sini oshirishni va hamda qurol-yarog' sanoatini aylantirish orqali iqtisodni yahshilab olishga urinmoqda. Lekin keyingi kunlardagi AQShning Suriyaga hujumi hususidagi ikkilanishi oqibatida Fransuz tomonining ham qaror qabul qilinishida ikkilanishi Fransiya o'z qo'shinlari bilan yolg'iz Suriyaga interventsiya qila olmasligini ko'rsatib berdi. Buning uchun unda uzoq muddatga yetadigan mablag' ham, texnik tayyorgarlik ham mavjud emas.

AQShning bu urushga kirmaslik uchun qilgan barcha harakatlari zoe ketdi. AQSh hukumati Suriyaga Qizil chiziq prinsipi talabi bilan chiqishi, uni urushga aralashishiga majbur qilishi mumkin. Dunyo mamlakatlarining eng qudratlisi va xalqaro tizimning saqlovchilaridan biri sifatida AQSh bunday tartibbuzarlikka yo'l qo'ya olmaydi. Mamlakatning regiondagi manfaatlari yo'q emas albatta, Eron masalasi, Islomizm va Turkiyaning o'zboshimchaligi. Lekin Afg'oniston va Iroqda bo'lib o'tgan yo'qotishlar hukumatni bu masalada ehtiyotkor bo'lishga undaydi. Oxirgi oylardagi AQShning jahon siyosiy maydonidagi obro'siga Snovden, Putinning qa'tiy qarshiliklari kabi voqealar sezilarli putur yetkazdi. Endilikda mamlakat ham xalqaro normalarni majburan qo'llovchi sifatida, ham yo'qolgan o'rnini bildirib qo'yish maqsadida va ayniqsa dunyoda tinchlik, demokratiyani o'rnatuvchi kuch sifatida o'zini ko'rsatishga majbur. Agar AQSh Suriyaga interventsiya qiladimi degan savol tug'ilsa javob ko'proq "Ha" degani mantiqqa to'g'ri keladi. Chunki AQSh nazarida Suriyaning ommaviy qirg'in qurollarini ishlatishi jazosiz qoldirlsa xalqaro tizimda bunday holatlar qayta qayta takrorlanishi va xalqaro anarxiya avj olishi mumkin. Lekin interventsiya yoppasiga amalga oshirilishi haqiqatdan uzoq, hujumlar asosan havo orqali amalga oshirilishi mumkin.

Suriya mojarosining oqibatida BMT tizimining kamchiliklari ko'rininb qoldi. BMT rezolyutsiyalariga va Ommaviy Qurollarni ishlatmaslik haqidagi bitimga (Suriya bu bitimga imzo chekmagan) ko'ra Suriya hukumati BMT qo'shinlari tomonidan repressiyaga uchrashi lozim edi. Lekin haligacha bu qurollarni qaysi tomon ishlatganligi haqida aniq ma'lumot va to'xtamga kelinmadi. Shunisi aniqki kimyoviy qurollar ishlatildi, bu esa Xalqaro hamjamiyatni bu masalaga jiddiy qarashini talab qiladi, aks holda bu rezolyutsiya va bitimlarning barchasi muhim ahamiyatga ega emasligi amalda isbotlanadi.



Voqealarni kuzatish orqali na G'arb mamlakatlari, na Rossiya va na Xitoy hozirgi mavjud tizimni barbod bo'lishidan manfatdor emas.


Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish