Qadimgi dunyo tarixi



Download 32,88 Mb.
bet12/56
Sana20.04.2022
Hajmi32,88 Mb.
#567401
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   56
Bog'liq
Қадимги дунё тарихи Маърузалар матни (1)

Tayanch iboralar: M.V.Nikolskiy, B.B.Piotrovskiy, Karmir-Blur. Shom-tepa, Shulaveri, Texut, Kura-araks madaniyati, Uruatri, Musasil, Aramu, Podsho Ishpuini, Menua. Yerebuni. Argishtixinili, Sarduri II, Rusa I, Rusa II, Teyshebani. Yervandidlar, Kolxua, Iberiya, Albaniya.
XIX asrga kelib Kavkazortida ham qadimgi topilmalar bilan qiziqish davri keladi. Ossuriya podsholarining annalarida yozilishicha, er. avv. I ming yillikning boshlarida shimoliy qo’shnisi qudratli Urartu davlati mavjud ekan. Bir vaqtlarda u hatto Ossuriyaga ham tahlika solgan. Barcha ma’lumotlarga ko’ra Qadimgi Urartu davlati Kavkazortida joylashgan.
Arxeologlar, tarixchilar va tilshunoslar Qadimgi Armaniston hududida gullab-yashnagan davlat tarixini har tomonlama o’rgana boshlaydi.


Qadimgi dehqonchilik va chorvachilik qabilalari
Er. avv. V-IV minginchi yillarda Kura va Araks daryolari havzalarida dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanuvchi o’troq qabilalar yashab o’tgan bo’lib, Ozarbayjonda Shom-tepa, Gruziyada Shulaveri, Armanistondagi Texut kabi aholi yashab o’tgan arxeologik yodgorliklar mavjud. Bu yerlarda istiqomat qilgan xalqlarning uy-joylari yumaloq yoki aylana shaklda edi. Bu planirovkadagi xom g’ishtdan yasalgan xonalar va xo’jalik imoratlari Kavkazorti xalqlari asosiy xususiyatlaridan biri edi. Boshqa qadimgi Sharq ilk dehqonchilik madaniyag’tidagi imoratlar kvadrat yoki to’g’ri to’rtburchakli shaklda edi. Xo’jalikda tosh, chaqmoqtosh, suyakdan ishlangan qurollar va shular bilan bir qatorda mis buyumlar alohida ahamiyat kasb etar edi. Xo’jalikning asosini motiga dehqonchiligi tashkil etardi. 0,5-1 ga dan maydondan tashkil topgan pasyolkalarda 100-300 kishi yashaganlar. Ular bir jamoani tashkil qilgan va xo’jalik umumniki bo’lgan.
Er. avv. III ming yillikda Arman tog’lari va Kavkazortida kura-araks deb nomlangan ilk bronza asri madaniyati tarqaladi. Dehqonchilik rivojlanadi, primitiv omoch ishlatila boshlaydi, hosil o’roqlar bilan yig’ishtirib olinadi: o’roqning o’tkir qismi mis va mishyek qotishmasi bilan ishlangan edi. Katta bo’lmagan pasyolkalar bilan bir qatorda yirik markazlar vujudga kela boshladi. Hunarmandchilikning turli-tuman shakllari namoyon bo’la boradi. Tekislik va tog’ vohalarini keng ko’lamda o’zlashtirilishi bilan er. avv. III ming yillikda Kavkazorti qabilalari o’z qoramol podalari bilan tog’larning yuqori qismlariga ko’tarila boshlaydi hamda xo’jalikning alohida turi – haydalma (ko’chirma) chorachilik vujudga keladi. Tog’li rayonlarni egallagan dehqonchilik-chorvachilik qabilalari qazilma tog’ kon boyliklariga ham ega bo’lishadi. Ibtidoiy jamiyat tuzumi yemirila boshlaydi, qabila boshliqlarining va boy zodagonlarning mavqyei osha boradi. Bu jarayon tog’i chorvador qabilalarning ko’mish marosimlarida (er. avv. II ming yillik) o’z aksini topgan. Qabila boshliqlari uchun toshdan yasalgan ulkan qo’rg’onlar qurila boshlanaydi, ularning diametri 80-100 metr bo’lib. 150 kv metrga yetadigan katta-katta zallari ham mavjud edi. Bunday qo’rg’onlar Tbilisi yaqinidan topilgan.
Boylikning to’planishi hamda ijtimoiy va mulkiy tengsizlikning tashkil topa borishi qabilalararo to’qnashuvlarga tezh-tez sabab bo’la boradi. Tog’larda katta, mustahkamlangan qal’alar qurila boshlanadi. Qurorlsozlik hunarmandchilikning alohida bo’limi sifatida er. avv. II ming yillikning oxirida temirdan qurollar paydo bo’la boshlaydi.
Bizlargacha Urartuning qoyalarida qurilgan qal’alari, sun’iy ko’llar va kanallar saqlanib kelgan. urartlar qurilish texnikasining e’tiborga molik namunalaridan biri, bu Shamiram kanali bo’lib, u qadimgi davlat poytaxti bo’lmish Tushpaga ichimlik suvini yetkazar edi. Uch ming yil ilgari qurilgan bu kanal hozirda ham ish bermoqda. Kanalning uzunligi 70 km dan uzunroq bo’lib, o’z yo’lida qoyalar va daryolar, soylar va jarlarni kesib o’tgan. Tekislik joylarda ulkan tosh yotqiziqlarda 20 metrgacha ushbu kanal ko’tarilgan; daryolar ustidan maxsus ko’priklardan o’tkazilgan; qoyalardan tunnellar orqali o’tkazilgan.
Qadimgi urartlar o’ta mohirlik bilan mis, jez va temirga ishlov berish san’atini egallaganlar. Ular tomonidan ishlangan qurol-aslaha, bezaklar, xo’jalik buyumlarining dovrug’i olis-olislarga ketgan edi.
Urart tilidagi ko’plab mixxat yozuvlari gullab-yashnagan shaharlar, irrigasiya inshootlari, harbiy yurishlar, boshqa davlatlar bilan o’rnatilgan diplomatik munosabatlar to’g’risida darak beradi.
Urartu madaniyatini o’rganish ishiga M.V.Nikolskiy o’zining salmoqli hissasini qo’shadi. U nafaqat rus ossurologi bo’libgina qolmay, balki yirik urartshunos olim edi.
U Kavkazorti bo’ylab ko’plab sayohat qiladi, tepaliklarda qazishma ishlari olib boradi, qoyalarga ko’tarilib, Urartu hukmdorlarining yozuvlarini ko’chirib olar edi. Uning «Rossiya hududida Van podsholarining mixxat yozuvlari» deb nomlangan yirik risolalari jahon olimlarining e’tiborini tortdi.
Birinchi kitobda Ossuriya va Urartu o’rtasidagi munosabatlar to’g’risida batafsil to’xtalib o’tiladi. Ayniqsa, ushbu davlatlar o’rtaisda yuz yildan oshiqroq vaqt mobaynidagi qonli urushlar manzaralari bayon etilgan.
Ikkinchi kitobida V.M.Nikolskiy urart podsholarining eng mashhur urushlaridan bo’lmish, Van davlati poytaxti Qadimgi Tushpa yaqinidagi jang to’g’risida ma’lumot beradi. Van podsholari bir vaqtning o’zida janubda Ossuriya hukmdorlari bilan urush olib borgan bo’lsa, shimolda ham harbiy harakatlarni davom ettirgan (Kolxida). M.V.Nikolskiy urart xalqlari qadimgi madaniyati haqida katta hurmat bilan gapirib o’tadi. Urartu hukmdorlari ossuriyaliklar bilan ar jihatda raqobat qilib, o’zlari erishgan yutuqlarni xoh san’at, xoh harbiy sohada bo’lsin, yozuvlarda, barelyeflarda monumental asarlarda o’z izini qoldirgan.
M.V.Nikolskiy izlanishlari qadimgi Sharqda Urartu o’zining salmoqli mavqyeiga ega ekanligi ko’rsatib berdi.
M.V.Nikolskiyning Kavkazortiga safarlariga hamroh sifatida mashhur rus arxeologi A.A.Ivanovskiy borar edi. Sevan ko’li sohilidagi qoyalarda qator mixxatsimon yozuvlar o’yib yozilgan edi. Arxeolog estamlarni (aniq ottisk) tushirishga muvaffaq bo’ladi. Ayniqsa, olimga urart shohi Rusa I ning yozuvlari ko’plab tashvish keltiradi, chunki ushbu yozuv qoyaning ko’lga qarab turgan tomonida yozilgan edi. Lekin u bu yozuvlarni ko’chirib olishga erishadi va ushbu yozuvlarni M.V.Nikolskiy uni o’qib chiqadi. Unda er. avv. VIII asrning ikkinchi yarmida urartlarning 28 ta mamlakatni zabt etganligi hamda Teyshebaini shaharini qurilganligi haqida ma’lumot keltirilgan.
A.A.Ivanovskiy qator yillar mobaynida arxeologik qazishma ishlar olib boradi va faqatgina 1911 yilda «Kavkazorti bo’ylab» deb nomlangan monografiyasi chop etiladi. Unda qal’alar, binolar, qo’rg’onlar, qabrlarning o’nlab fotosuratlari va planlari o’z aksini topgan. Kitobda 300 ga yaqin topilgan predmetlarning bronzadan yasalgan qilichlar, xanjarlar, bilak uzuklar, uzuklar, haykalchalar, sopol ko’zalarning, obsidian, yashma va boshqalar toshdan yasalgan buyumlarning rasmlari tushirilgan.
Bundan tashqari mashhur ossurshunos V.S.Golenihyev ham Urartu tarixiga o’z e’tiborini qaratadi. 1901 yilda Urartu podshosi Rusa II ning yozgan ma’lumotlarini o’rganib chop etadi. Unda dalalar, bog’lar va uzumzorlar. Qurilish ishlari va kanallar qurilishi to’g’risida yozilgan edi.
1939 yildan boshlab esa B.B.Piotrovskiy birinchi marta Yerevan rayonidagi Karmir-Blur tepaligida qazishma ishlarni boshladi. Karmir-Blur arm. «Qizil tepalik» degan ma’noni anglatadi.
Er. avv. VI asrga oid ushbu shahar hunarmandlar shahri bo’lgan. Qal’ada kunjut yog’i ishlab chiqarilgan ustaxona, bronza quymalari, ulkan vino omborlari (250000 l vino – ulkan vino idishlari - karaslar), don saqlanadigan ulkan xonalar (minglab tonna). Ushbu qal’aga hujum uyushtirilib, bu vaqtda uning ko’pchilik qismi yonib ketgan. Boshqa pastki qismlari esa xarobalar ostida qolgan.
Qal’aga skiflar hujum qilgan. Bu voqyea avgust oyida, aniqrog’i avgustning birinchi yarmida ro’y bergan. Ya’ni
- Urartliklarning oziq-ovqat zahiralariga:
- Bug’doy o’rib olangan:
- uzum hali pishmagan;
- bir siqim kuygan o’t-o’landagi guli;
- hayvon oshqozonidan topilgan o’t-o’lan
qoldiqlari arxeologik topilmalarning qoldiqlaridan aniqlangan.
Er. avv. XIII asrda 8 mamlakatni birlashtirgan Uruatri umumiy nomi bilan ma’lum davlat Ossuriya podshosi Salmanasar I yurishlarida eslab o’tiladi. Er. avv. XII asrning oxirida Van ko’li tomon yana bir Ossur podshosi Tiglatpalasar I yurish uyushtiradi. U o’zining g’alabalarini 23 «podsholar» ustidan qilganligi haqida yozdirib qoldirgan. 23 «podsho» - bu turli qabila boshliqlari misolida aytilgan edi.
XI-X asrlarda mayda yer egaliklar tobora katta uyushmalarga birlasha borib, bu vaqtga kelib, birinchi urart yozuvlari vujudga kela boshlaydi.
IX asrga kelib yagona Urartu deb nomlangan davlat vujudga keladi. Yana bir urart qabilalarining davlat uyushmasi Musasir nomi bilan Urmiya ko’lidan janubiy g’arbda vujudga keladi. Bu yerda umumurart sig’inish markazi bo’lib. Ibodatxonalar hamda muqaddas joylar joylashgan.
Birinchi Urart davlat uyushmalarining birlashuvchi Ossuriya agressiyasiga qarshi kurash uchun vujudga kelgan edi. Birlashgan Urartuning birinchi podshosi Aramu bo’lib (864-845), Salmanasa III aynan shu podshoga qarshi qaratilgan harbiy yurishlarni yodga olgan. Ossuriyaliklar Urartuga 859 va 856 yillarda hujum qiladilar.
Urartu hukmdori Sarduri I (835-825) o’zining hokimiyatini rasman e’lon qiladi. U Ossur podsholarining unvonini oladi. Urartu davlatining poytaxti Tushpa atrofida kattaroq yer egaliklari birlasha boradi. Yagona davlatni mustahkamlash borasida podsho Ishpuini (825-810) katta ishlar olib bordi. Agar Sarduri davrida rasmiy tekstlar ossur tilida yozilgan bo’lsa, Ishpuini davri barcha yozishmalar urart tilida yozilgan. Tushpa hukmdorlari o’z chegaralarini Musasirgacha olib boradilar a Musasir qaram territoriya bo’lib qoladi.
Er. avv. IX asrda ko’p qabilaviy mamlakatni yanada jipslashuvi borasida ideologik xarakterdagi diniy islohot o’tkazilib, 3 ta asosiy xudolar panteoni ajratilib ko’rsatilinadi: Xaldi – osmon xudosi; Teysheba – momoqaldiroq va yomg’ir xudosi; Shivini – Quyosh xudosi.
Qadimgi diniy markaz bo’lgan Musasirda Ishpuini va uning o’g’li Menua nomidan Xaldi ibodatxonasida sig’inish inshootlari quriladi.
Menua davrida podsho annalari yozilishi odat tusiga kiradi. U armiyaga katta e’tibor beradi. Menuaning harbiy yurishlari ikki yo’nalishga qaratildi: Suriya hamda Kavkazorti yerlari tomon. Menua davridan boshlab. Adminstrativ islohot, ya’ni Urartuni oblastlarga bo’linishi va ularning tepasida markaziy hokimiyatning vakillari turar edilar.
Menua quruvchilikka o’z e’tiborini qaratadi: qal’alar, sajdagohlar. Kanallar qaziladi, sug’oriladigan yerlarda podsho xo’jaliklari tashkil topadi. Tushpa rayonida 70 km lik murakkab suv inshooti qurilib. Podsho unga o’z nomini beradi («Menua kanali»). Podsho fikricha, sug’orma irrigasion dehqonchilik hamda undan olinadigan mo’l hosil davlatning iqtisodiy ravnaqining asosini tashkil etadi deb hisoblar edi.
Menuaning o’g’li – Argishti I (786-764) davrida Urartu davlati Old Osiyoda hukmronlik uchun Ossuriya bilan raqobatga kunashga kirishadi. Argishti hukmronligi – Urartu davlatining eng gullab-yashnagan davri hisoblanadi. Armiya yaxshi ta’minlangan edi. Argishti Ossuriyani har tomonlama o’rab olishning rejalashtira boshlaydi. Birin-ketin yurishlar oqibatida Urartu qo’shinlari Shimoliy Suriyaga kirib keladi, Ossuriya g’arbidagi savdo yo’llari berkitiladi. Bobil chegaralarigacha chiqiladi. Janubiy sharqdan ham o’rab olingan ossuriyaliklar bir qancha vaqtlargacha bunday bolkadada qurshovda turadi.
Argishti shimolga, Kavkazortiga tomon siljishga katta e’tibor beradi. Urartu qo’shinlari Kolxida chegarasigacha boradi; Araksdan kechib o’tib Sevan ko’ligacha bo’lgan ulkan hududni egallaydilar. Bu territoriyada xo’jalik qurilish faoliyati keng amalga oshiriladi. Hozirgi Yerevan joyida er. avv. 782 yilda Yerebuni shahri quriladi; Armavir rayonida esa 776 yilda Argishtixinili deb nomlangan yirik shahar markazi qurilgan edi. Yangi qurilgan shahar-qal’alarda yirik don omborlari quriladi. Kavkazortida qurilgan yangi iqtisodiy markazda katta miqdorda harbiy asirlarni ta’minlar edi. Argishti podsholigining 13- yiliga kelib, 280000 ayol va erkaklarni asir qilib olib keladi. Harbiy yurishlar nafaqat territoriya chegaralarini. Balki siyosiy ta’sirni hamda asir-qullarning doimiy kelib turishini ta’minlar edi.
O’z otasining siyosatini Sarduri II (764-735) davom ettirdi. Harbiy yurishlar va qurilish amaliyoti – podsho faoliyatinin asosiy mazmunini tashkil etardi. Armiyaning asosiy ahamiyat kasb etishini bilgan, Sarduri II harbiy islohot o’tkazadi. Armiya butunlay davlat ta’minotiga o’tadi va primitiv professional armiya tuziladi.
Old Osiyoda gegemonlik uchun ahvol yetishib kelayotgan edi va 43 yilda Tiglatpalasar III birinchi zarbani beradi. Ossuriyaliklar ko’pgina territoriyalarni zabt etdi, lekin Tushpuni egallay olmadilar. Bundan tashqari Musasir hamda Kavkazorti oblastlari teginilmay qoldi. Urartu birinchi jangda mag’lubiyatga uchramasa-da, lekin birinchilikni qo’ldan boy bergan edi.
Ossuriya ikkinchi harbiy yurishni urart shohi Rusa I (735-713) davrida uyushtiradi. U ochiqdan-ochiq Ossuriya bilan jangga kirmaydi. Kavkazortidagi territoriyalarni kengaytirishni davom ettiradi. Bu tayanch harbiy xo’jalik bazalarini qurdiradi. Mamlakat markazida Vanning sharqiy sohilida ulkan suv ombori quriladi, Rusaxinili shahri barpo etiladi. Ayrim tadqiqotchilar bu shaharni Urartuning yangi poytaxti deb taxmin qiladilar. Lekin qator yozuvlarda Rusa I o’zini Urartu mamlakatinng podshosi, Tushpa shahrining hokimi degan yozuv uchratilinadi. Shunday qilib, eski poytaxt o’z mavqyeini hali yo’qotmagan edi.
Rusa I ning Urartuni mustahkamlash borasidagi ishlarini kuzatayotgan Ossuriya, o’z raqibiga ikkinchi zarbani berishga shoshiladi. 714 yimlda Sargon II boshliq armiya Urmiya ko’lining sharqiy sohillariga tomon harakat qila boshlaydi. Jang ossuriyaliklar foydasiga hal bo’ladi. Ular yo’lda uchragan barcha narsalarni xarobaga aylantirib, Rusa I barpo etgan xo’jalik komplekslarini vayronaga aylantiradi. Urartu sig’inish markazi bo’lgan Musasirni bir zarba bilan egallab, yillar davomida bu yerdagi ibodatxonalarda to’plangan boyliklarni talon-taroj qiladilar. Butun bosqinchilik marshruti bo’yicha ossuriyaliklar raqibiga eng ko’p talofat yetkazishga harakat qiladilar, Urartuning iqtisodiy qudratini sindirmoqchi bo’ladilar.
Sargon II yozuvlaridan ma’lum bo’lishicha, Rusa I Musasirni mag’lubiyatidan voqif bo’lib, o’zini o’zi o’ldiradi. Urartu davlati Old Osiyoda siyosiy gegemoniya uchun kurashda mag’lub bo’ladi. Qariyb 100 yillik Urartu-Ossuriya raqobati ossuriyaliklar harbiy mamlakatining g’alabasi bilan yakunlanadi.
Old Osiyoda gegemonlikni boy bergan Urartu podsholari kichik hukmdorlar orasida antiossur siyosatini yurgizadilar.
Argishti II (713-685) o’zining qo’shinini Kaspiy dengiz bo’yiga yo’naltiradi. Zabt etilgan oblastlardan o’lpon olish singari siyosat yurgiza boshlaydi.
Rusa II (685-645) davriag’da mamlakatda bir qancha barqaror holat saqlanib turiladi. Ossuriya bilan tinchlik sulhlari tuziladi, irrigasion ishlar olib boriladi, Teyshebaini shahri quriladi. Lekin Urartuga asosiy xavf Ossurdan emas, balki ko’chmanchi skif qabilalaridan kelardi. Ular old Osiyoga 670 yillarda kirib kelib, o’zlarinig Shimoliy-G’arbiy Eronda «podsholiklari»ni quradilar. Er. avv. VI asrda Urartu Midiyaga qaram bo’lib qoladi va er. avv. 590 yilda esa to’lasincha bu davlat sifatida parchalanadi. VI-IV asrlarda Qora dengiz sohillarida Kolxida davlati shakllanadi. Bu davlatdagi ijtimoiy tengsizlikni ko’milgan qabrlardan bilib olish mumkin. Masalan, birgina ayol qabridan er. avv. V asrga taalluqli 1600 tilla buyumlar shular jumlasidandir. Savdo, hunarmandchilik rivojlangan. Bu antik davrga ham taalluqli edi.
Er. avv. VI asrda bu yerda mustaqil qadimgi arman podsholigi vujudga keladi, keyinchalik Eron davlati tarkibiga kiradi. Eronliklarnig bir satraiyasi sifatida tarix sahifalarida iz qoldiradi. Yervandidalardan Yervan I Artakserks II singlisiga uylanadi. Eron davlatining qulashi bilan Arman hukmdori Yervand III podsho deb e’lon qilinadi va mustaqil qadimgi arman davlati vujudga keladi.
VI-IV asrlarda Sharqiy Gruziyada shahar markazlari shakllanib boradi. Poytaxt Maxeta – bu mamlakat Iberiya deb atalgan. IV-III ming yillikda hozirgi Ozarbayjon territoriyalarida alban qabilalarining yagona bir davlat uyushmasi tashkil topadi. Qadimgi arman davlati, Kolxida, Iberiya va Albaniya Urartu davridan keyingi quldorlik jamiyatining rivojlanish stadiyasini ko’rsatgan davlatlar edi.



Download 32,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish