Qadimgi Baqtriya podsholigi. Qadimgi Baqtriya dehqonchilik rayonlarining tuzilishi


 Qadimgi Baqtriya dehqonchilik rayonlarining tuzilishi



Download 111 Kb.
bet3/6
Sana08.08.2021
Hajmi111 Kb.
#141789
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Baqtriya

2. Qadimgi Baqtriya dehqonchilik rayonlarining tuzilishi.

Surxondaryo viloyatida Qadimgi Baqtriya madaniyatining 36 ta yodgorligi aniqlangan. Bular qurilish uslubi, maydoni va vazifasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: SHaharlar; Arkli qishloqlar; Arksiz qishloqlar; Harbiy istehkom- qal’alar; Ibodatxonalar; Qo‘rg‘onlar.

Bu yodgorliklar uchta dehqonchilik vohasida joylashgan. SHerobod dehqonchilik vohasi O‘lanbuloqsoy va SHeroboddaryo havzalarini o‘z tarkibiga olgan. Bu erda Kuchuktepa, Pishaktepa, Tallashqon va Jondavlattepa kabi yodgorliklar joylashgan. O‘lkaning markaziy shahri Jondavlattepa hisoblangan.

Boysun dehqonchilik vohasi Bandixon, Mirshodi, Sangardak, Topalang daryolari havzalarini o‘z ichiga olgan. Vohaning markaziy shahri Qiziltepa bilan bir qatorda Bandixontepa, G‘ozimulla kabi yodgorliklar mavjud.

Surxon dehqonchilik vohasi Surxondaryoning o‘rta va quyi oqimlari atrofidagi hududlarni o‘z tarkibiga olgan. Bu o‘lkaning markazi Hayitobodtepa hisoblangan. Har bir dehqonchilik o‘lkasi o‘zining bosh shahriga, 5-12 ta qishloq va qo‘rg‘onlariga, harbiy istehkom va diniy markazi-ibodatxonaga ega bo‘lgan. Bu kichik hududiy davlatlarning shakllanish jarayonini ko‘rsatuvchi arxeologik dalildir.

Hududiy davlatlarning konfederativ birlashtirilishi tufayli Markaziy Osiyodagi eng qadimgi va yirik davlatlardan biri hisoblangan Baqtriya podsholigi shakllangan. Baqtriya yoki Baqtriana yunoncha, forsiyda Baqtrish. Otashparastlarning muqaddas kitobi ”Avesta da Baxdi nomi ostida tilga olingan. Bu podsholik

tarkibiga hozirgi Surxondaryo viloyati, Janubiy Tojikiston va SHimoliy Afg‘oniston erlari kirgan.

Qadimgi Baqtriya podshohligi miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Ahamoniylar saltanati tarkibida bo‘lgan. Arxeologik manbalarga ko‘ra, Ahamoniylar baqtriyaliklar madaniyatiga va madaniy rivojlanishga aytarli ta’s . Bu madaniyat ilmiy adabiyotlarda ilk bor o‘rganilgan yodgorlikka nisbatan atalib, Kuchuktepa

madaniyati deb nomlangan.

Kuchuktepa madaniyatiga Kuchuktepa (Muzrabot vohasi) G‘ozimulla, Bandixontepa (Bandixon-vohasi), Qiziltepa, Mirshodi (SHo‘rchi tumani) kabi yodgorliklar kiradi. Bu madaniyat Sopolli madaniyatidan quyidagi asosiy xususiyatlari bilan ajralib turgan. Bu davr yodgorliklari hududi kichik bo‘lib, umumiy maydoni 3 gektardan oshmaydi. SHuningdek, sopol idishlar kulolchilik charxida yasalmasdan qo‘lda tayyorlanib, tashqi tomonlari turli rangli geometrik shakllar (uchburchak, to‘rtburchak va h.k.)ga bezalgan. Kuchuktepa madaniyatining kulolchiligi Sopolli madaniyatiga nisbatan qoloq bo‘lsa boshqa sifatlari bilan nisbatan ilg‘or sanalgan. YOdgorliklar maydoni kichik bo‘lsa-da, arklarpaydo bo‘ladi.

Bu holat jamiyatda sinfiy munosabatlarning shakllanganligidan dalolat beradi. CHunki unda boy-badavlat yoki hokimlar istiqomat qilgan. Kuchuktepa madaniyati davrida ajdodlarimiz ilk marotaba temirdan mehnat qurollari yasashni ixtiro qilganlar. Bu kashfiyot dehqonchilik, harbiy bilimlar va hunarmandchilikning rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan.

Sopolli madaniyati davrida dehqonchilik asosan tabiiy daryo havzalarida olib borilgan bo‘lsa, endi kanallar qazib, erlar o‘zlashtirilgan, ya’ni sun’iy sug‘orishga asos solingan. SHunday kanallarning biri Bandixonda o‘rganilgan. Bu kanalning eni 10-15 metr, u Bandixondan 4-5 kilometr yuqorida O‘rgulsoydan boshlangan. O‘lka madaniy hayotida sodir bo‘lgan bu o‘zgarishlar



ildizini bir guruh olimlar (V.I. Sarianidi) Xurosondan, ayrimlari (A.A.Asqarov YU.A.Zadneprovskiy) Farg‘ona vodiysidan izlaydilar.2

Ilk bor Baqtriyada shakllangan Kushon podsholigi davrida SHimoliy Hindiston va Baqtriya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda yuksalishga erishgan. Surxondaryo viloyatining o‘zidagina mavjud 150 dan ortiq Kushon davriga oid shahar, qishloq, qal’a va diniy inshootlar bu davrda yuz bergan iqtisodiy va madaniy taraqqiyotdan dalolat beradi. Bu davrda SHimoliy Baqtriyada ikki yirik markaz shakllanadi. Biri Oks (Amudaryo)ning o‘ng qirg‘og‘idagi Tarmita (Termiz) bo‘lsa, ikkinchi markaz CHag‘onrud (Surxondaryo)ning o‘rta oqimidagi Dalvarzintepa o‘rnida mavjudbo‘lgan.

G. A. Pugachenkovafikriga ko‘ra, xitoy manbasida tilga olingan kushonlarning ilk markazi Xodzo Dalvarzintepa shahriga to‘g‘ri keladi. Bu kabi poytaxt shaharlar bilan bir qatorda har bir voha o‘z markaziga ega bo‘lgan. SHerobod vohasidagi Jondavlattepa, Angordagi Zartepa, Jarqo‘rg‘ondagi Hayitobodtepalar bular jumlasidandir.

Kushon davri shaharlari asosan ikki qismdan, ya’ni yuqori kamonchilarga mo‘ljallangan burjlar joylashgan. SHaharning to‘rt darvozasiga tutash markaziy yo‘llar shaharliklar xonadonlari va undagi mavjud imoratlarni bir-biri bilan bog‘lab turgan.

SHahar maydonida qazib o‘rganilgan inshootlar uningso‘nggi, ya’ni milodiy IV-V asr boshlariga oid hayotini ifoda etadi. Zartepanint markazida 12 ustunli mahobatli zaldan iborat ma’muriy bino va unga tutash imoratlar mavjud bo‘lgan. SHaharnint janubi-sharqiy qismidagi ko‘chaning har ikki tomonida shahar zodagonlarining mahallalari joylashgan. Har bir shaharlik xonadoni 16-20 gacha turli hajmdagi yashash va xojalik bilan bog‘liq xonalardan iborat bo‘lib, o‘z navbatida bu xonadonlar bir-biridan yo‘lakchalar bilan ajratib qurilgan. SHaharliklar ibodatxonasi (Qatlamatepa- yuqori qismi gumbaz shaklidagi stupa) Zartepaning sharqiy tomonida joylashgan.

SHo‘rchi tumanidagi Dalvarzintepaning arkida hokimlar saroyi joylashgan, ark asosiy shahardan yo‘lakli mustahkam mudofaa istehkomlari bilan o‘rab olingan. Dalvarzintepadagi har bir xonadon uning sohibining mavqeiga qarab qurilgan, markaziy ko‘cha bo‘ylab va unga tutash qismlarda zodagonlar xonadonlari mavjud. Bu xonadonlar devoriy rangtasvir, haykallar va o‘yma ganchlar bilan bezalgan. SHahar arkiga yaqin joyda kulol ustalar xonadoni va sopol idishlar pishiradigan xumdonlar qurilgan. SHahar ko‘chalarining chorrahasida mahobatli budda haykallari bilan bezalgan ibodatxona mavjud bo‘lgan. Dalvarzintepa buddaviylik ibodatxonasining bunday uslubda joylashishi orqali bu dinning Baktriya shaharlariga qay yo‘sinda tarqala boshlaganligini kuzatish mumkin. Dunyo dinlaridan biri hisoblangan buddaviylik Baqtriya erlariga Gandharadan (SHimoli-G‘arbiy Hindiston, hozirgi Pokiston hududiNagaxara viloyati va Hindiqush tog‘lari osha tarqalgan. Buddaviylik dini bilan bog‘liq inshootlar Kushon shaharlarining muhim bir qismi bo‘lib, diniy markazlar vazifasini o‘tagan. Tarmitada bu turdagi inshootlar asosan shahar tashqarisida mavjud bo‘lib, nafaqat shaharliklar, balki uning atrofidagi qishloq ahli uchun ham xizmat qilgan. Umumiy Maydoni 7 gektardan iborat Qoratepa o‘rnidagi buddaviylik ibodatxonalari majmui erning ostki va ustki qismida joylashgan binolardan, jumladai, ayvonli hovli, ravoqsimon uslubdagi kohinlar hujrasi, aylanma yo‘lakli sajdagoh kabi iishootlardan iborat. Ba’zi bir hovlilarda buddaviylik dinining muqaddas inshooti-stupa mavjud. Qoratepa Tarmitaning markaziy ibodatxonasi sifatida II-IV asrlarda muntazam ravishda faoliyat ko‘rsatgan. Qoratepa yaqinidagi Fayoztepa erning ustki qismida bunyod etilgan yana bir buddaviylik inshooti hisoblanadi.

Bronza davrini ta’riflaganimizda miloddan avvalgi II ming yillikda Sopolli madaniyati sohiblari bilan raqobat qiladigan guruhlar Xurosonda ham, Farg‘ona vodiysida ham uchramaydi, deb ta’kidladik. SHunday zkan, ularning bu yurtlarga kirib kelib, Sololli madaniyatini yo‘qotib, o‘z madaniyatlarini joriy etdi deb aytishga hech bir asos yo‘q. YUqorida ta’kidlaganimizdek, bu o‘zgarishlar zaminida Jarqo‘ton, Mo‘lali kabi ilk shahar va qishloqlarda istiqomat qilgan aholi soni o‘sib, yagona davlat boshqaruvining yo‘qligi sababli undagi aholining jamoa- jamoa bo‘lib, yangi vohalarga ko‘chish jarayoni yotadiva quyi shaharlardan iborat bo‘lib, shahar atrofida buddaviylik, zardushtiylik dinlari bilan bog‘liq ibodatxonalar va shaharliklar dafinasi kabi inshootlar joylashgan.Kushon podsholigi SHimoliy Baqgriyaning qadimgi davr shahar madaniyatining ravnaq topgan davridir. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, Kushon podsholigi davrida SHimoliy Baqtriyada har 8 -10 qishloqqa 1 shahar to‘g‘ri keladi. Bu davr shaharlarining ichki tuzilishi Eski Termiz, Dalvarzintepa, Zartepa kabi yodgorliklarda o‘tkazilgan qazishmalar orqali ma’lum. Zartepa (Angor tumani) tomonlari 400 metrga teng bo‘lib yagona loyiha asosida qurilgan. SHahar mustahkam tashqi devor bilan o‘rab olingan bo‘lib, unda har biri 34 metr oraliq masofada joylashgan yarim aylana shaklidagiMiloddan avvalgi VII asr o‘rtalarida Kuchuktepa madaniyati zaminida Qadimgi Baqtriya madaniyati shakllangan. Baqtriya madaniyati bevosita Kuchuktepa madaniyatining uzviy davomidir. Bu davrda ikki qismli shaharlar barpo bo‘lgan, sinfiy munosabatlar to‘liq shakllangan va Qadimgi Baqtriya davlati vujudga kelgan. Baqtriya madaniyatiga oid Qiziltepa va Hayitobodtepa kabi shaharlarda arxeologik tadqiqotlar o‘tkazilgan. Bu shaharlarning umumiy maydoni 10 gektardan 22 gektargacha bo‘lib, ark va shahar qismlaridan iborat. Har ikki qism mustahkam mudofaa devorlariga ega. Harbiy istehkom-qal’alardan biri SHerobod vohasidagi




Download 111 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish