3-TOPShIRIQ.
Quyidagidavlatlarhaqidama’lumotbering.
1.Xioniylardavlati
2.Eftaliylardavlati
3.Arabxalifaligi
4.Somoniylardavlati
5.Qoraxoniylardavlati
Xioniylar — turkiyqabila. Baʼzi tadqiqotchilar fikriga kura, dastlab Oltoy togʻlari atrofida yashashgan va 4-asrning 1-yarmida jan.gʻarbga siljib, Amudaryo va Sirdaryo oraligʻiga kirib kelishgan. Bu yerda dastlab ular Zarafshonvohasini egallab, jan.ga harakat qilishgan va ancha zaiflashib, sosoniylarEroniga qaram boʻlib qolgan Kushon podsholigi oʻrnini egallaganlar hamda markazi Toxariston boʻlgan Shim.Hindiston, Afgʻoniston, Xurosonning bir kismini ham oʻz ichiga olgan X. (Xionitlar) davlatini (4— 5-asrlar) barpo qilishgan. Boshqa bir guruh tadqiqotchilar esa X.ning dastlab Orol dengizi shim.da yashaganligi va yirik massaget qabilalar ittifoqiga mansub boʻlib, hunlar bilan aralashganligini taʼkidlaydilar (L.N. Gumilev, SP. Tolstov, K.V. Trever). Ularning fikricha, yunonvalotin tilidagiasarlarda X. "oq hunlar" deb atalgan. 4-asrning 70-yillarida X. sosoniylar Eroniga qarshi hujum uyushtirib, muvaffakdyatga erishganlar. Shuningdek, sosoniy podsholarVaraxran (418— 438), Yazdigard II (438—457) davrlarida ular Eronning eng yirik raqibiga aylanganlar. X. hukmronligi davom etayotgan bir paytda yangi bir sulola — kidariylar oʻrtaga chiqqan. Ular Oltoy togʻlari vaSharqiy Turkiston oraligʻidan jan.gʻarbga siljib, 420 yilda Bolo (Naxshab) shahrini oʻziga karorgoh qilishgan va Xioniylar davlati bilan qoʻshni boʻlib qolganlar.
5-asrning 2-yarmida X. va Kidariylar davlati hududini oʻz ichiga olgan yangi bir davlat eftaliylarsulolasi oʻrtaga chiqadi va 6-asrning 60-yillarigacha Markaziy Osiyodagi eng yirik davlatga aylanadi.
Eftaliylar davlatlari — Oʻrta Osiyo va unga qoʻshni mamlakatlarda milodiy 5-asr oʻrtasida barpo etilgan davlatlar: 1) Oʻrta Osiyodagi Eftaliylar davlati milodiy 5-asr oxiri — 6-asr boshida ravnaq topib, uning hududi hozirgi Afgʻonistonning katta qismi, Oʻrta Osiyo va Sharqiy Turkistonning sharqiy va jan.sharqiy viloyatlarini oʻz ichiga olgan. Poytaxti Balx xisoblanadi. Uning asosiy negizini BaqtriyaToxariston tashkil etgan. Shu yerdan turib eftaliylar qoʻshni mamlakatlarga yurishlar qilganlar. Eftaliylar Sosoniylar Eroni ustidan bir qancha janglarda zafar quchgan, janglardan birida sosoniylar shahanshohi Peroz halok boʻlgan. U koʻp yillar mobaynida eftaliylarga katta miqdorda tovon toʻlab kelgan edi.
Oʻrta Osiyodagi Eftaliylar davlati bir qancha yarim mustaqil mulklarning konfederatsiyasidan iborat boʻlib, ularni eftaliylar podshosiga tobe merosiy sulolalar boshqarar edi. Bu yerda Hindistondagi kabi tanga pullar markazlashgan tartibda zarb qilinmagan, aksincha deyarli har bir mulk oʻzining qumush yoki mis tangasini zarb qilgan. Saltanatda bir necha turdagi yozuvlar (sugʻd, baqtriy, braxmi va boshqalar) mavjud boʻlgan, lekin baqtriy yozuvi davlat yozuvi hisoblangan. Eftaliylarning oʻzi dastlab koʻchmanchi boʻlib, keyinchalik shaharlarni bosib olishlari bilan, asosan, oʻtroq hayot tarziga oʻtgan boʻlsalar kerak. Shu tufayli Vizantiya tarixchilari (Menandr) eftaliylarning shahar qabilasi sifatida taʼriflaydi. Eftaliylar jamiyatida mulkiy tabaqalanish mavjud edi. Eftaliylar kuchli, asosan, otliqlardan iborat qoʻshinga ega boʻlgan. Eftaliylar orasida poliandriyaning shakllaridan biri hukm surgan. Eftaliylar oʻt va quyoshga sigʻinishgan, Oʻrta Osiyodagilar esa — budsaviylik, manixeylik, xristianlik, zardushtiylikka eʼtiqod qilishgan; 2) Eftaliylar Hindistonga bostirib kirishi natijasida vujudga kelgan. Shim. Hindiston, Pokiston va jan.sharqiy Afgʻoniston hududidan iborat boʻlgan. . Hindistondagi Eftaliylar davlati milodiy 5-asroxiri — 6-asrning 1-yarmida, Toʻramon va uning vorisi Mixirakula davrida kuchqudratga toʻlib, ravnaq topgan. 6-asr oʻrtalariga kelib tanazzulga yuz tutgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |