Qadimgi ajdodlarimizning chet el bosqinchilariga qarshi ozodlik kurashlari



Download 86,6 Kb.
bet11/18
Sana19.04.2022
Hajmi86,6 Kb.
#562821
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
O

Arab xalifaligi (632 – 1258) – Arabiston yarim oroli. Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini o‘z ichiga olgan saltanat.7 – 8-asrlarda tashkil topgan. Arab Xalifati asoschisi payg‘ambar Muhammad(sav)ning eng yaqin safdoshi xalifa Abu Bakr – Arablar yuqorida zikr etilgan mamlakatlarni 633–715 yillar orasida bosib olganlar. Bu mamlakatlar asosan "Xula-fo Ar-Rashidin" ("To‘g‘ri yo‘ldan boruvchi xalifalar") va umaviylar zamonida fath etildi.. Xalifa Umar davrida (634-644 –yillar) kuchli markazlashgan davlat va jangovar armiya tashkil topadi. Ko‘p sonli arab qo‘shinlari o‘z zarbalarini Vizantiya va Eronga qarshi yo‘naltiradilar. Bir necha o‘n yilliklar mobaynida arablar Suriya, Iroq, Eron, Misr va butun Shimoliy Afrikani istilo qiladilar. Arablar Vizantiyaga kuchli zarba beradilar. Jangari arablar g‘arbga va sharqqa tomon tobora ichkarilab boradilar. Arablar armiyasining asosiy zarbdor kuchini otliq qo‘shinlar tashkil qilardi. VII asr va VIII asrning birinchi yarmi mobaynida ulkan davlat – Arab xalifaligi tashkil topadi. Damashq shahri uning poytaxtiga aylanadi. Lekin Abbosiylar bu ulkan hududni butun saqlab qololmadilar.Ichki ixtiloflar ta’siri ostida Arab Xalifati 8-asrning oxirlaridan boshlab mayda-mayda qismlarga parchalanib keta boshladi:788 yilda Mag‘ribning g‘arbiy qismida(hozirgi Ma-rokash) idrisiylar (788 – 985), uning sharqiy qismida (hozirgi Tunis) ag‘labiylar (800 – 909) hukmronligi o‘rnatildi. Xuroson va Movarounnahrda esa 9 asrning 20-yillaridan boshlab mahalliy sulolalar: Tohiriylar(821 – 873), Safforiylar(867 – 903) va Somoniylar (875 – 999) bosh ko‘tarib chiqdilar. Ular Arab Xalifatiga nomigagina tobe bo‘lib, aslida mustaqil hukmdor edilar. Arab Xalifati 1258 yilda mo‘g‘ullar tarafidan tugatildi.
Somoniylar davlati-9-asrning 20-yillarida Movarounnahrda Asad ibn Somon va uning oʻgʻillari xalifatga sodiqliklari bilan namoyon boʻlgan. koʻtargan Rafi ibn Lays qoʻzgʻalonini bostirishga erishdilar. Ularning bobosi Somon Fargʻonaning dehqon oilasidan chiqqan (uning Bal yoki Termez viloyatlaridanligi haqida farazlar ham mavjud). Xalif al-Maʼmunga sadoqatli xizmatlari evaziga Xuroson noibi Xasan ibn Abbad (819-821 yy.) Asad ibn Somon oʻgʻillarini muhim viloyatlar va shaharlarning hokimi etib tayinlaydi. Nuhga - Samarqand, Ahmadga - Fargʻona, Yahyoga - Shosh va Ustrusxon, Ilyosga - Xirot tuhfa etiladi. Nuh oila sardori boʻlgan, uning oʻlimidan soʻng bu vakolat - Ahmad ibn Asadga oʻtgan. Ahmad davrida somoniylar xalifat va toxiriylardan muxtoriyat olishga erishadilar. Ahmad ibn Asad oilasi somoniylarning barcha hududlarini oʻziga boʻsundirib, Movarounnahrda ulkan davlat barpo etadi. Ahmad siyosati Samarqandda hukmronlik qilgan uning oʻgʻli Nasr tomonidan davom ettiriladi. Somoniylarning taʼsirini inobatga olib, xalif Mutadim 875 yili poytaxti Samarqand boʻlgan Movarounnahr boshqaruvini butunlay Nasr ibn Ahmad (875-892 yy.) ihtiyoriga topshiradi. 874 yildan buyon Boxoroni boshqargan Nasr ukasi Ismoil (892-907 yy.) 892 yili Movarounnahr amiri boʻladi. 900 yili Ismoil Somoni Bal yonida boʻlgan jangda Saffarid Amr ibn Leysni magʻlubiyatga uchratadi. Natijada Xuroson, keyinchalik esa Siston somoniylar davlati tarkibiga qoʻshib olinadi. Xuroson 999 yilga qadar Nishapurdagi somoniy noibi tomonidan boshqarilgan. Ahmad ibn Ismoil (907-914 yy.) oʻz otasi Ismoil davlatiga vorislik qiladi. 10-asrning 30-40-yillarida somoniy Nasr II (914-943) hukmronligi davrida davlatda karmatlar taʼlimoti keng tarqaladi va unga qarshi uning oʻgʻli Nuh I (943-954) kurash olib boradi. Somoniylar davrida Movarounnahrda hunarmandchilik, qurilish va madaniyat gullab-yashnaydi. Karvon savdosi muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi. Buyuk ipak yoʻli qayta jonlanib, uning yangi shahobchalari paydo boʻladi. Shaharlar yangidan quriladi. Toʻquvchilik, kulolchilik, mischilik, duradgorchilikning yangi markazlari yuzaga keladi. Shaharlar ichida karvonsaroylar, masjidlar va madrasalar bunyod etiladi. Oʻsha davrda buyuk qomusshunos olimlar al-Xorazmiy, al-Fargʻoniy, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Sharshohiy va boshqalar yashab ijod etgan. 945 yildan buyon Xurosonda betinim notinchliklar boshlanadi. Somoniylar Abdul-Malik ibn Nux (954-961) va uning ukasi Mansur (961-976), oʻgʻli Mansur - Nux II (976-977), Nux II oʻgʻli - Abdul-Malik II (997-999) zamonida davlat asta-sekin zaiflasha boshlaydi. 999 yili Somoniylar Movarounnahrni turk hukmdorlari - qoraxoniylarga boy beradilar va shu tariqa Somoniylar davlati tugatildi. Sominiylarning soʻnggi hukmdori Abdul-Malik II ning ukasi al-Muntasir 1005 yili oʻldirilgan.

Download 86,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish