Qadimdan turmushda ko‘p ishlatiladigan ulushlar maxsus nomlar



Download 1,52 Mb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi1,52 Mb.
#240688
Bog'liq
Foizlar va ularga doir masalalar







 

Qadimdan turmushda ko‘p ishlatiladigan ulushlar maxsus nomlar 

bilan atalgan. Masalan, ikkidan birni – yarim, to‘rtdan birni – chorak, 

sakkizdan birni– nimchorak deb atalishini bilamiz. Yuzdan bir ulush 

ham maxsus nom bilan yuritiladi va u foiz deb ataladi.  

 

«Foiz» so‘zi radio va televideniye xabarlari orqali tez-tez 



qulog‘ingizga chalingan bo‘lsa kerak.  Masalan, saylovga 

saylovchilarning 93 foizi qatnashdi, oylik maoshlar 20 foizga oshirildi

shahar transportida yurish chiptasi narxi 10 foizga oshirildi va hokazo.   

 

Miqdorning (sonning) yuzdan bir ulushi uning bir foizi deb ataladi. 



Masalan, 400 km ning 1 foizi – 4 km, chunki 400 ning yuzdan bir 

ulushi: 400 : 100 = 4.  

1 kg ning 1 foizi – 10 g,  chunki 1 kg = 1000 g va 1000 ning yuzdan bir 

ulushi: 1000 : 100 = 10.  

350 ning 1 foizi – 3,5, chunki 350 ning yuzdan bir ulushi:  350 : 100 = 

3,5.  


Ba’zida «foiz» so‘zi o‘rniga qulaylik uchun «%» belgi ishlatiladi. 1 foiz 

— sonning (miqdorning) yuzdan bir ulushi bo‘lgani uchun, bu sonning 

(miqdorning) o‘zi – 100 foizga teng bo‘ladi. 

Misol. Asakadagi avtomobil zavodi bir haftada 840 ta avtomobil ishlab 

chiqardi. Ularning 20 foizi «Spark» avtomobilidir. Zavod bir haftada 

nechta «Spark» avtomobili ishlab chiqargan?  

Yechish: 840 ta avtomobilni 100 % desak, uning 1 foizi, yani yuzdan bir 

ulushi: 840 : 100 = 8,4. 100-(33+18+12+24)=? 33% 18% 12% 24% ? 

207 Avtomobillarning 20 foizini topish uchun 8,4 ni 20 ga 

ko‘paytiramiz : 8,4 ∙ 20 = 168. 

Sonni foizga aylantirish uchun uni 100 ga ko‘paytirish kifoya. 

 Foizni songa aylantirish uchun esa uni 100 ga bo‘lish kifoya. 

 Misol. Abdurahmon kitobning 36 betini o‘qib chiqdi. Bu kitobning 18 

foizini tashkil qiladi. Kitob necha betdan iborat?  




Yechish: Shartga ko‘ra kitobning 18 foizi – 36 bet. Unda kitobning 1 

foizi: 36 : 18 = 2 betni tashkil qiladi. Endi kitobning hamma betlari 

sonini, ya’ni 100 foizini topamiz. Buning uchun 2 ni 100 ga 

ko‘paytiramiz: 2 ∙ 100 = 200 (bet). Javob: Kitob 200 betdan iborat.  



 Misol. Saylovda 11 570 kishi qatnashib, bu butun uchastka 

saylovchilarining 89 foizini tashkil qildi. Saylov uchastkasida qancha 

saylovchi bor?  

Yechish: Shartga ko‘ra saylovchilarning 89 foizi – 11 570 kishi. Unda 

saylovchilarning 1 foizi: 11 570 : 89 = 130 kishini tashkil qiladi. Barcha 

saylovchilar sonini topish uchun 130 ni 100 ga ko‘paytiramiz: 130 ∙ 100 

= 13 000 (kishi).  Javob: Saylov uchastkasida 13 000 saylovchi bor. 



 

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish