6. Qadimgi Misrda qay tariqa astronomiya fani vujudga keldi?
A) odamlarning tabiat oldida ojiz qola boshlagach, uni o‘rganishga harakat qilishi natijasida
B) dehqonlar urug‘likni yerga qadab, hosilni yig‘ishtirib olish muddatlarni yulduzlarga qarab aniqlaganliklari natijasida
C) olimlarning quyosh chiqishi va botishini yulduzlarga qarab aniqlashlari natijasida
D) munajjimlarning voqealarni oldindan bilishga harakat qilib, osmon jismlariga qarab fol ochishlari natijasida
7. Qadimgi misrliklarning nazarida xudolar kohinlar tomonidan nima bilan boqilgan?
A) dindorlarning in’om tariqasida keltirgan narsalari
B) guldan olinadigan nektar
C) dunyodagi eng sara oziq-ovqat mahsulotlari
D) qurbonlik qilingan uchqur otlar go‘shtlari
8. Qadimgi Misr xudolarini ularning ta’rifi bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
1) Ptax; 2) Amon-Ra; 3) Xapi;
4) Bastet; 5) Xatxor
a) musiqa, muhabbat xudosi; b) go‘zallik xudosi; c) Nil daryosi xudosi; d) fir’avnlarning bosh xudosi; e) odamni yaratayotgan har bir narsaning nomini odamga o‘rgatgan xudo
A) 1-c, 2-d, 3-c, 4-a, 5-b
B) 1-e, 2-d, 3-c, 4-b, 5-a
C) 1-e, 2-d, 3-b, 4-a, 5-c
D) 1-d, 2-e, 3-c, 4-b, 5-a
Do'stlaringiz bilan baham: |