1. Qadimda Misr 4 davlat bilan chegaradosh bo‘lgan. Bular qaysi davlatlar edi?
1)Nubiya; 2) Lidiya;
3)
Mesopotamiya; 4) Suriya;
5) Yunoniston; 6) Liviya; 7) Midiya; 8)
Falastin; 9) Turkiya
A) 1, 3, 7, 9 B) 1, 4, 6, 8
C) 2, 3, 4, 6 D) 1, 2, 6, 7
2. Qadimgi misrlik savdo-garlar qaysi davlatga oltin, smola, fil suyagi, nodir navli yog‘ochlarni ayriboshlash maqsadida borishardi?
A) Liviya B) Falastin
C) Suriya D) Nubiya
3. Qaysi podsholik davrida Janubiy Falastin va Nubiya shimoli Misrga qo‘shib olindi?
A) Yangi podsholik
B) Ilk podsholik
C) Qadimgi podsholik
D) O‘rta podsholik
4. Qadimgi Misr sivilizatsiyasi asosi bo‘Igan Nil vodiysi – ...
A) Har ikkala qirg‘oq bo‘ylab 2 km dan 6 km gacha kenglikdagi va 22 ming km uzunlikdagi yerlardir
B) Har ikkala qirg‘oq bo‘ylab 3 km dan 22 km gacha kenglikdagi va 6 ming km uzunlikdagi yerlardir
C) Har to‘rt tarafdan tog‘lar bilan o‘rab olingan vodiydan iborat bo‘lgan
D) Har uch tarafdan tog‘lar bilan o‘rab olingan, uzunligi 22 km gacha bo‘lgan vodiydan iborat bo‘lgan
5. Mill. avv. 2 ming yillikdan boshlab Misr fir’avnlarining bosh ilohi va homiysi hisoblangan xudoni aniqlang.
A) Osiris B) Ptax
C) Xapi D) Amon-Ra