Statistika hisobi jamiyatda sodir bо‘ladigan ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni kuzatish, о‘rganish va umumlashtirish uchun xizmat qiladi. Statistika hisobi butun jamiyat miqyosida sodir bо‘ladigan ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni va voqealarni ommaviy kuzatib, sifat va miqdor jihatdan о‘lchab hujjatlarda qayd qiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va voqealarning sifat hamda miqdor tomonlarini bog‘lab о‘rganish statistik hisobning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Statistika hisobi butun jamiyat miqyosida sodir bо‘ladigan ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni va voqealarni ommaviy kuzatish asosida о‘rganib, sifat va miqdor jihatdan о‘lchab hujjatlarda qayd qilish va umumlashtirish tizimidir.
Misol qilib, mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish, tovar oborotining bajarilishini nazorat qilish, ish haqi va mehnat unumdorligining oshishi, aholini rо‘yxatdan о‘tkazish tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni keltirish mumkin. Statistika hisobida axborotlar kuzatish asosida о‘rganiladi, sifat va miqdor jihatdan о‘lchanadi, statistika hisobiga xos bо‘lgan hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi va alohida belgilari bо‘yicha guruhlanib hisobga olinadi hamda tahlil qilinadi. Shuningdek, statistika jamiyat taraqqiyotining turli jarayonlarini va korxonalarning xо‘jalik faoliyatlari natijalarini tahlil qilish asosida, ularning rivojlanish istiqbolini belgilab beradi.
Buxgalteriya hisobi korxona mablag‘larini hamda ularning xо‘jalik faoliyatlarida sodir bо‘ladigan iqtisodiy jarayonlarni yoppasiga va uzluksiz kuzatib, miqdor jihatdan о‘lchab, pul ifodasida umumlashtirib, aks ettirish va nazorat qilish uchun xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobida aks ettirilgan jarayonlar, albatta, hujjat bilan rasmiylashtiriladi, bu esa, ularga huquqiy asos bо‘lib, xо‘jalik faoliyatni nazorat qilishda hisobning ahamiyatini oshiradi. Bunday axborotlar asosida korxonani boshqarish uchun qabul qilingan qaror albatta samarali va sifatli bо‘ladi. Buxgalteriya hisobi korxonalar faoliyatida sodir bо‘ladigan xо‘jalik jarayonlarini yoppasiga, uzluksiz hamda muntazam kuzatib borishi, sifat va miqdor jihatdan о‘lchashi va alohida hujjatlarda qayd qilishi bilan operativ-texnik va statistika hisoblaridan farq qiladi.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobi korxonalar faoliyatida sodir bо‘ladigan iqtisodiy hodisalarni yoppasiga, uzluksiz kuzatish, hujjatlashtirish va alohida iqtisodiy belgilari bо‘yicha guruhlash asosida miqdor va qiymat о‘lchovlarda hisobga olish tizimidir.
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan korxona faoliyati yakunlarini bilish, korxona moliyaviy holatini va iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish uchun foydalaniladi.
О‘zbekiston Respublikasida «Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida»- gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq О‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari, shuningdek, chet el yuridik shaxslarining О‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bо‘linmalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisob yuritadi hamda hisobot taqdim etadilar.
Hisobning о‘zaro chambarchas bog‘langan uchta turi, xalq xо‘jalik hisobining yagona tizimini tashkil qiladi. Xо‘jalik hisobining har bir turi, korxonalar, iqtisodiy hududlar va respublika iqtisodiyotini mutloq boshqarish jarayonida ishtirok etadi va ma’lum bir vazifani bajaradi. Ular bajaradigan vazifalar umuman olganda bir xildir, lekin hisob obyektlariga nisbatan har xildir.
Statistika hisobida foydalaniladigan axborotlar buxgalteriya hisobining yakuniy ma’lumotlaridan olinadi. О‘z navbatida, buxgalteriya hisobi kо‘p hollarda statistikaning usul va ma’lumotlaridan foydalanadi. Jumladan, moddiy qiymatliklarning о‘rtacha baholarini topishda, ishchilarning о‘rtacha ish haqlarini aniqlashda, statistik usullar bilan hisoblab topiladigan kо‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
Xо‘jalik hisobi turlarining о‘zaro bog‘liqligi dastlabki hujjatlardan foydalanishda ham namoyon bо‘ladi.
О‘zbekistonda xalqaro andozalar talabiga va bozor iqtisodiyoti xususiyatlariga javob beradigan xalq xо‘jaligi hisobining yagona tizimi yaratildi va bu borada rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlik yо‘lga qо‘yilgan. Xorij tajribasini о‘rganish, ularni chuqur va har tomonlama tahlil qilib, amaliyotga tatbiq etish О‘zbekiston Respublikasida xо‘jalik hisobini takomillashtirish, uni xalqaro amaliyot andozalariga yaqinlashtirish imkoniyatini beradi.
Хo‘jalik hisobi to‘g‗risidagi umumiy fikrni aniqlashtirish va uning tarixiy xususiyatini yaxshiroq tushunib olish uchun davlat monopoliyasi mulkchiligi va bozor iqtisodiyoti rivojlanishi sharoitidagi uning mazmunini ko‘rib chiqish lozim. Bunda ulardagi amal qilayotgan iqtisodiy qonunlarning xususiyatlaridan kelib chiqish lozim, chunki hisobning o‘ziga xos xususiyatlari mana shu qonunlar bilan belgilanadi.
Ma‘lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda olish asosiy iqtisodiy maqsad bo‘lib hisoblanadi. Demak, tadbirkorlar tomonidan o‘z korxonalaridan foyda olish bozor iqtisodiyotida xo‘jalik faoliyatining bosh rag‗batini anglatadi.
Asosiy iqtisodiy qonun xo‘jalik faoliyatining maqsadini, demak, xo‘jalik hisobining ham maqsadini belgilaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkdorlar xo‘jalik hisobidan maksimal darajada foyda undirish va o‘stirish uchun foydalanadi va bunda mulk egalari uning yordamida qo‘yilgan mablag‗lar va kapitalning yuqori samarali ishlatilishi ustidan kuzatishni amalga oshirishga harakat qilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |