Qabulxona, hodimlar bilan ishlash va hujjat yuritish jarayoni tahlili



Download 60,84 Kb.
bet13/18
Sana24.03.2023
Hajmi60,84 Kb.
#921453
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
O`rmonaliyev Bunyodjon. Hisobot.

Aktivlar. Korxona mablag‘larining alohida turlaridan: binolardan, tovar zaxiralaridan, ishlab chiqarish zaxiralaridan, transport vositalaridan, mijozlarga bо‘lgan qarzlardan, kassadagi pullardan, bank schyotidagi pullardan va boshqalardan, majburiyatlari esa, korxonaga yetkazib berilgan tovarlar, ishlab chiqarish zaxiralari, korxona manfaati uchun qilingan sarflar va korxonaga berilgan qarz mablag‘lar uchun tо‘lanadigan pullardan tashkil topadi.
Kapitalni, odatda, о‘zining kapitali deb aytishadi.
Balansning aktiv tomonida korxona aktivlari, passiv tomonida esa korxona mablag‘larining tashkil topish manbalari va majburiyatlari kо‘rsatiladi. Buxgalteriya balansi chizma kо‘rinishda ikki tomonlama jadval shaklida ifoda qilinadi. Shartli tarzda, uning chap tomoni «aktiv», о‘ng tomoni esa «passiv» deb nomlanadi. Balans tomonlarining nomlanishiga mos holda uning aktiv tomonida korxona aktivlari, passiv tomonida esa korxona kapitali (mablag‘larining tashkil topish manbalari va majburiyatlari) kо‘rsatiladi.
Xulosa qilishimiz mumkinki, buxgalteriya balansi korxona mablag‘lari, mablag‘lar manbalari va korxonaning majburiyatlarini hisobot davrining ma’lum bir kuniga pul ifodalarida umumlashtirib kо‘rsatib beruvchi ikki tomonlama jadvaldir.
Korxona aktivlari balansning aktiv tomonida «Uzoq muddatli aktivlar» va «Aylanma (oborot) aktivlar» deb nomlangan bо‘limlarda, alohida turlari yoki guruhlangan turlari bо‘yicha kо‘rsatiladi. Korxonaning kapitali va majburiyatlari balansning passiv tomonida «О‘zlik mablag‘lari manbalari» va «Majburiyatlar» deb nomlangan bо‘limlarda alohida manbalar yoki guruhlangan manbalar bо‘yicha kо‘rsatiladi.


Buxgalteriya balansining xo`jalik operatsiyalari tasirida o`zgarishi.
Korxonalar faoliyatining hamma bosqichlarida moddiy qiymatliklarning kelishi, chiqib ketishi, ish haqi hisoblash, mol yet- 79 kazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar, yangi mahsulot yaratish, mahsulotlarni sotish, xaridorlardan olingan pul mablag‘larini aks ettirish va boshqa shu kabi kо‘p sonli xо‘jalik muomalalari doimo sodir bо‘lib turadi. Xо‘jalik muomalalari, xо‘jalik mablag‘larining tarkibi, joylanishi va ularning tashkil topish manbalarini miqdoran, shaklan va mazmunan о‘zgartiradi. Bu о‘zgarishlar buxgalteriya balansi moddalariga ham ta’sir etib, ularni kо‘payishga yoki kamayishga olib keladi, ammo balans aktivi va passivining tengligi saqlanib qoladi.
Birinchi operatsiya. 2016-yil 5-yanvar kuni 19441608-sonli pul cheki bilan bankdagi hisob raqami schyotidan kassasiga ish haqi berish uchun 4000,0 so‘m pul olindi va kirim qilindi. Bu operatsiyadan so‘ng balansning «Pul mablag‘lari» moddasi 4000,0 so‘mga kamayadi, «Kassa» moddasi esa 4000,0 so‘mga ko‘payadi. Operatsiya sodir bo‘lgunga qadar balansning «Pul mablag‘lari» moddasida 5529,8 so‘m mablag‘ bor edi. Endilikda 1129,8 so‘m (1129,8-4000,0) mablag‘ qoldi. Bir vaqtning o‘zida «Kassa» moddasi 4000,0 so‘mga ko‘paydi. Binobarin, balansning aktiv tomonida «Kassa» moddasi kiritiladi va u yerda 4000,0 so‘m ko‘rsa- 80 tiladi. Bu operatsiya ta’sirida balansning aktiv moddalarida ichki o‘zgarish sodir bo‘ldi. Bunda pul mablag‘ini bir joydan ikkinchi bir joyga ko‘chishi kuzatiladi. Balansning umumiy qiymati o‘zgarmay, uning aktiv va passiv tomonlaridagi tenglik saqlanib qoladi.
Ikkinchi operatsiya. Firma jamoasining 2016-yil 10-yanvar kungi qaroriga binoan foyda hisobidan rezerv fondi tashkil qilindi – 2000,0 s. Mazkur operatsiya korxona foydasini 2000,0 so‘mga kamaytirib, bir vaqtning o‘zida shuncha summaga korxonada rezerv fondi tashkil qilinganligini bildiradi. Ikkinchi operatsiya natijasida mablag‘lar manbalarida o‘zgarish sodir bo‘ladi. Bir mablag‘ manbasining kamayishi (foyda) hisobiga, ikkinchi manba (rezerv fondi) tashkil bo‘ladi. Natijada balans passiv tomonining ikkita moddasida ichki o‘zgarish yuz berib, balans tomonlari o‘rtasidagi tenglik saqlanib qoladi va uning umumiy qiymati o‘zgarmaydi. Operatsiya sodir bo‘lgunga qadar korxona mablag‘i foyda shaklida mavjud edi. Endilikda u o‘zining shaklini va mazmunini o‘zgartirib rezerv fondiga aylandi.
Uchinchi operatsiya. Qaytarib berish sharti bilan 2016-yil 15-yanvar kuni 3 oy muddatga «Hamrojon-Oqyo‘l» ishlab chiqarish – tijorat xususiy firmasidan 2000,0 so‘m moliyaviy yordam olindi. Bu operatsiyadan so‘ng firmaning bankdagi hisob raqami schyotida pul mablag‘i 2000,0 so‘mga ko‘payadi. Bankdagi hisob raqami schyotidagi mablag‘lar balansning aktiv tomonida «Pul mablag‘lari» moddasida ko‘rsatiladi, demak balansning «Pul mablag‘lari» moddasi 2000,0 so‘mga ko‘payadi va 3129,8 (1129,8 + 2000,0) so‘mni tashkil qiladi. Bir vaqtning o‘zida firmaning boshqa firma oldida 2000,0 so‘mlik majburiyati paydo bo‘ldi. Balansning passiv tomonidagi «Boshqa kreditorlar» moddasida firma qarzining 2000,0 so‘mga ko‘payishi yuz beradi. Ko‘rinib turibdiki, sodir bo‘lgan xo‘jalik operatsiyasi ta’sirida balansning ham aktiv, ham passiv tomonlaridagi moddalarda ko‘payish sodir bo‘ldi. Balansning aktiv va passiv tomonlarining jami qiymati bir xil summaga 2000,0 so‘mga ko‘payib tomonlar umumiy qiymatining tengligi saqlanib qoladi.
To‘rtinchi operatsiya. Firmaning budjetga bo‘lgan 1157,90 so‘m qarzi bankdagi hisob raqami schyotidan 2016-yil 20-yanvar kuni 7-raqamli to‘lov topshiriqnomasi bilan o‘tkazib berildi. Mazkur operatsiya bir tomondan firmaning bankdagi schyotidagi pul mablag‘larining 1157,90 so‘mga kamayishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan, korxonaning budjetga soliqlar bo‘yicha bo‘lgan 1157,9 so‘m majburiyati kamayganini bildiradi. Balansdagi «Pul mablag‘lari» moddasida korxona pullari 1157,9 so‘mga kamayib, uning hajmi 1961,9 (3129,8– 1157,9) so‘mni tashkil etadi. Shuningdek, passiv tomondagi «Budjetga qarzlar» moddasida ham 1157,9 so‘m kamayish kuzatiladi. Bu operatsiya balansning ham aktiv, ham passiv tomonidagi moddalariga ta’sir qilib, ularning kamayishiga olib keladi. Balans umumiy qiymati kamayadi, lekin tomonlar o‘rtasidagi tenglik saqlanib qoladi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan xo‘jalik muomalalarining balans tarkibiga ta’sirini quyidagi arifmetik ifodalarda ko‘rsatish mumkin:
1. ∑ A+∑U- ∑U = ∑P;
2. ∑ P+∑U-∑U = ∑ A;
3. ∑A+∑U = ∑ P+∑U;
4. ∑ A-∑U = ∑ P-∑U;
Bu yerda:
∑ A – balans aktiv tomonining jami summasi;
∑ U – sodir bo‘lgan xo‘jalik operatsiyasining summasi;
∑ P – balans passiv tomonining jami summasi.
Ko‘rib chiqilgan misollardan quyidagi xulosalarni qilishimiz mumkin:
Birinchidan, korxonalarning aktivlarini, passivlarini va majburiyatlarini tarkibiga, joylanishiga, paydo bo‘lish manbalariga ta’sir etuvchi barcha xo‘jalik operatsiyalari iqtisodiy mazmun jihatidan to‘rt guruhga bo‘linar ekan.
Ikkinchidan, birinchi guruh xo‘jalik operatsiyalar korxona aktivlarining tarkibiga, joylanishiga ta’sir etib balansning ikkita aktiv moddasida ichki o‘zgarish sodir bo‘ladi, balansning umumiy qiymati o‘zgarmaydi. Bir aktiv modda kamaysa ikkinchi bir aktiv modda o‘sha summaga ko‘payadi. Mablag‘larning shakli yoki saqlanish joyi o‘zgaradi. Ya’ni mablag‘larning qayta guruhlanishi sodir bo‘ladi.
Uchinchidan, ikkinchi guruh xo‘jalik operatsiyalari korxona passivlari va majburiyatlarining tarkibiga, joylanishiga ta’sir etib balansning ikkita passiv moddasida ichki o‘zgarish sodir bo‘ladi. Bunda bir passiv modda kamaysa ikkinchi bir passiv modda o‘sha summaga ko‘payadi. Bu guruh xo‘jalik operatsiyalari balansning umumiy qiymatini o‘zgartirmaydi. Bunda shakl jihatdan aktivlarining bir turdagi manbayining ikkinchi bir turdagi manbaga qayta guruhlanishi sodir bo‘ladi.
To‘rtinchidan, uchinchi guruh xo‘jalik operatsiyalari bir vaqtning o‘zida ham aktivlarning ham passivlarning tarkibiga ta’sir etib balansning ham aktiv ham passiv moddalari ko‘payishiga olib keladi. Bunda korxona mablag‘lari va majburiyatlarining ko‘payishi sodir bo‘ladi. Bu guruh xo‘jalik operatsiyalari balansning umumiy qiymati oshishiga olib keladi.
Beshinchidan, to‘rtinchi guruh xo‘jalik operatsiyalari bir vaqtning o‘zida ham aktivlarning ham passivlarning tarkibiga ta’sir etib balansning ham aktiv ham passiv moddalari kamayishiga olib keladi. Bunda korxona mablag‘lari va majburiyatlarining kamayishi sodir bo‘ladi. Bu guruh xo‘jalik operatsiyalari balansning umumiy qiymati kamayishiga olib keladi.
Oltinchidan, xo‘jalik operatsiyalari ta’sirida mablag‘lar tarkibida, joylanishida va paydo bo‘lish manbalarida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni balansda ko‘rsatish zaruriyati tug‘iladi, bu esa har bir xo‘jalik operatsiyasidan keyin yangi balans tuzish kerakligini taqozo qiladi.

Download 60,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish