Sut bezining bog‘lami
Bu bog‘lamdan sut bezining yallig‘lanishlarida, operatsiyadan so‘ng
va boshqalarda uni ko‘tarib turish maqsadida foydalaniladi. Bintlash kasal
105
sut bezidan boshlanadi. Birinchi yo‘l ko‘krak qafasining pastki qismidan
sirkular ko‘rinishda 1–2 aylana mahkamlovchi bint o‘rami o‘tkaziladi.
Ikkinchi yo‘l qo‘ltiqosti sohasidan tepaga qiyshaytirilib qarama-qarshi
tomondagi yelka ustiga tortiladi. Bu yo‘llar ko‘krak bezi to‘liq ber-
kilguncha almashib davom ettiriladi.
Dezo bog‘lami
Dezo bog‘lamini qo‘yishdan oldin qo‘ltiqosti chuqurchasiga yumshoq
yostiqcha qo‘yiladi (18-rasm). Bilakni tirsak bo‘g‘imida to‘g‘ri burchak
ostida bukib, qo‘l ko‘krakka olib kelinadi. Dezo bog‘lami 4 ta yo‘ldan
tashkil topadi. Birinchi sirkular yo‘l bilan yelka ko‘krak qafasiga
bintlanadi. Ikkinchi yo‘l sog‘lom qo‘ltiqosti
chuqurchasidan shikastlangan tomondagi
yelka ustiga yo‘naltiriladi, undan orqa
tomonga o‘tkazilib pastga tushiriladi.
Uchinchi yo‘l tirsak bo‘g‘imini aylanib
o‘tib, bilakni ko‘tarib turadi, qiyshiq holda
yuqoriga sog‘lom tomondagi qo‘ltiqosti
chuqurchasiga ko‘tariladi, keyin ko‘krak
qafasining orqa tekisligiga o‘tadi. To‘rtinchi
yo‘l shikastlangan yelka ustiga yo‘naltirilib,
undan tirsak bo‘g‘imiga, uni bilakning
yuqori uchdan bir qismida aylanib o‘tib,
ko‘krak qafasining orqa yuzasiga va sog‘lom tomondagi qo‘ltiqosti
chuqurchasiga yo‘naltiriladi. Hamma 4 ta yo‘l to‘liq fiksatsiyani
ta’minlangunga qadar bir necha bor takrorlanadi
Velpo bog‘lami
Sut bezini kesib tashlash operatsiyalarida va yelka bo‘g‘imining
chiqishlari o‘rniga solingach, bu bog‘lamlarni qo‘llash tavsiya etiladi.
Qo‘lning tirsagi yuqoriga ko‘tarilib, panjalar sog‘lom tomondagi yelka
ustiga qo‘yiladi. Bintlash kasal tomondan boshlanadi.
Bog‘lam bintning ikkita yo‘lidan tashkil topadi. Birinchi yo‘l sirkular
bo‘lib, qo‘lni ko‘krakka mahkamlaydi, u sog‘lom tomondagi qo‘ltiq
ostidan orqaga o‘tib, qiyshiq yo‘nalishda kasal tomondagi yelka ustiga
chiqadi. Ikkinchi yo‘l ko‘krak qafasi oldidan pastga qarab sog‘lom qo‘ltiq
ostidan o‘tadi va sog‘lom yelka usti orqali o‘tib, qo‘lni mustahkamlaydi.
Ko‘krak qafasining spiral bog‘lami. Uzunligi 100–120 sm ga teng
bint olinib, o‘ng yoki chap yelka ustiga tashlanadi. Bintning bir uchi
ko‘krakda, boshqa uchi orqada osilib turadi. Sirkular yo‘l bilan
xanjarsimon o‘simtadan sal pastroqda bint ikki aylantirib mahkamlanadi,
keyin spiralsimon yo‘l bilan yuqoriga ko‘tarilib, oldingi yo‘lning yarmini
yoki 2/3 qismini berkita boradi. Shunday qilib, butun ko‘krak qafasi
qo‘ltiqosti chuqurchasiga qadar bint bilan berkitiladi. Bintning erkin osilib
turgan uchlari qarama-qarshi yelka ustiga bog‘lab qo‘yiladi.
Qorin sohasi va tos-son bo‘g‘imiga qo‘yiladigan bog‘lamlar. Qorin
sohasiga spiralsimon ko‘rinishdagi bog‘lamlar qo‘yiladi. U pastdan
yuqoriga qarab harakatlanadi. Bog‘lam sirpanib tushib ketmasligi uchun,
terining bir necha joyiga kleol surkab qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Tos-
son bo‘g‘imiga boshoqsimon tipdagi bog‘lam qo‘yiladi. Bu bog‘lam
qorinning pastki qismini ham o‘z ichiga oladi. Bog‘lamning aynan qaysi
joyga qo‘yilishiga qarab (yonbosh, oldinda, orqada) yonbosh, oldingi yoki
orqa boshoqsimon bog‘lamlardan iborat bo‘ladi.
Chot sohasidagi jarohatni bog‘lashda bintlash shikastlangan tomondan
boshlanadi. Avval bint sirkular yo‘llar bilan qorin atrofida mahkamlanadi.
Keyin qorinning oldingi tomonidan sonning oldingi tomoniga o‘tiladi –
ichki yarim aylanasiga va ichki yuzasiga qaytadi. Keyin bint qiyshiq
holatda tepaga va qovga yo‘nalib, oldingi yo‘lni berkitadi va tepaga qorin
atrofiga ko‘tariladi. Bu yo‘llar qov sohasi to‘liq berkulgunga qadar davom
ettiriladi.
31javob
32Javob
33Oyoqlarga qo‘yiladigan bog‘lamlar
Son va tizzaga qo‘yiladigan bog‘lamlar joyidan qo‘zg‘alib ketmasligi
uchun bint spiralsimon o‘rash yo‘li bilan qo‘yiladi.
Tizza bo‘g‘imi sohasiga toshbaqasimon qo‘shiluvchi yoki tarqaluvchi
bog‘lamlar qo‘yiladi.
107
Boldir-tovon bo‘g‘imiga sakkizsimon bog‘lam qo‘yiladi. U boldirning
pastki uchdan bir qismida sirkular yo‘l bilan boshlanib, keyin qiyshiq
holda tovonning orqa tomoniga tushadi, uning atrofida aylantirilib tepaga
ko‘tariladi, avvalgi yo‘l bilan kesishadi va boldirda mahkamlanadi.
3 4javob
35javob
Bint bog'lamlar-bint yordamida qo’yiladigan bog’lamlardir. Bint eni 5-20sm va uzunligi 5-7 m bo'lgan, rulonga o'ralgan doka tilishidan iborat. Tananing bint o'raladigan qismiga ko'ra eni turlicha bintlar ishlatiladi. Ensiz bintlar (5 sm gacha) tananing mayda qismlariga (barmoqlar) bog'lamlar qo’yish uchun, o'rtacha bintlar (7-19 sm) bilak, boldir, bo'yin, boshga, enli bintlar (20 sm gacha) ko'krak, qorin, songa bog'lamlarga qo’yish uchun ishlatiladi.
Doka bint yaxshi elastiklikka ega. Yumshoq bintli bog'lamlar xususiyati va qo'llanilishiga qarab quyidagicha tasniflanadi:
1) oddiy yumshoq bog'lam (himoya qiluvchi, davolovchi);
2) qon to'xtatuvchi (siqib turuvchi) bog'lam;
3) immobilizasiya qiluvchi (harakatsizlantiruvchi) bog'lam (davolash va transportirovka qilish uchun);
4) tuzatuvchi bog'lam.
36javob
Do'stlaringiz bilan baham: |