Yumshoq bintli bog'lam qo’yishning umumiy qoidalari. Bog'lam qo’yishda bemorga hamda bog'lam qo’yuvchiga bir qator talablar qo’yiladi:
1) bog'lam qo’yilayotgan bemorni yaxshi joylashtirish zarur, u o'tirishi yoki yotishi kerak;
2) u harakat qilmasligi lozim;
3) tananing bog'lam qo'yilayotgan joyi tinch turib, muskullar tortilmasligi kerak, aks holda muskullar bo'shaganda, bog'lam yechilib ketishi mumkin;
4) tananing bog'lam qo’yilgan qismi bog'langandan keyin, harakatlanishga qulay bo'lishi kerak;
5) hamshira bog'lam qo'yayotgan vaqtda kasalga yuzma-yuz turib uning ahvolini bilib turish kerak;
6) bint o'ramini o'ng qo'lda va boshlanish qismini chap qo'lda ushlab, chapdan o'ngga qarab o'raladi, o'ralayotgan vaqtda bintning oldingi o'ramini 1|2 yoki 2|3 qismini berkitish kerak.
27javob
Do'stlaringiz bilan baham: |