Markaziy Osiyo hududini turistik yo‘nalish, birinchi navbatda, Buyuk Ipak yo‘lining asosiy bo‘g‘ini sifatida ilgari surisha mintaqa davlatlari harakatlarini muvofiqlashtirish.
|
2019-yil
30-may
|
IIV, TIV, DXX, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi savdo vazirligi
|
—
|
—
|
Amaliy chora-tadbirlar.
Bunda:
Markaziy Osiyo mamlakatlariga keladigan sayyohlar uchun yagona vizani kiritish tashabbusining maqsadga muvofiqligini hamkorlar bilan birgalikda o‘rganish (“Silk Visa”);
xorijdagi vatandoshlar uchun O‘zbekistonga kelib-ketish,
mamlakatda qolish, mehnat faoliyatini olib borish, sarmoya kiritish uchun
qulay shart-sharoitlar yaratish (“Vatandosh” vizasi/pasporti);
O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritish istagida bo‘lgan xorijiy davlatlar fuqarolari uchun maxsus viza (investitsion viza) joriy etishni o‘rganish nazarda tutiladi.
|
274.
|
Tashqi aloqalarni yo‘lga qo‘yishda “raqamli diplomatiya” vositalarini rivojlantirish.
|
2019-yil
20-iyul
|
TIV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Strategik
va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, vazirlik va idoralar
|
—
|
—
|
Kompleks chora-tadbirlar dasturi.
Dasturda:
“raqamli diplomatiya” reytingida O‘zbekistonning o‘rnini oshirish, ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tahlil markazlari bilan hamkorlik o‘rnatish;
O‘zbekistonning xorijdagi barcha diplomatik vakolatxonalari veb-saytlari auditini o‘tkazish, ularni yagona dizayn va tuzilmaga keltirish;
TIV xodimlari uchun yangi axborot texnologiyalari, “raqamli diplomatiya” instrumentlaridan foydalanish bo‘yicha malaka oshirish dasturi tashkil etish;
TIV huzurida ijtimoiy tarmoqlar (“Social Media Marketing”) va “raqamli diplomatiya” bo‘yicha mutaxassislar guruhini shakllantirish nazarda tutiladi.
|
Izohlar:
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi jarayonida ularning moliyalashtirish manbalariga aniqlik kiritilishi mumkin.
Davlat budjeti mablag‘lari deganda markazlashgan investitsiyalar, vazirlik, idora va tashkilotlarning xarajatlar smetasida nazarda tutilgan budjet mablag‘lari tushuniladi.
Tegishli komissiya bilan kelishilgan holda, Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan hujjatlar shakli zaruratga qarab o‘zgartirilishi, boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga bo‘linishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida mutasaddi vazirlik va idoralarning takliflari asosida Dasturda belgilangan tadbirlarning mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham nazarda tutiladi.
2019-yilda Davlat dasturi tadbirlarini amalga oshirishning jami xarajatlari:
16 998,6 mlrd so‘m va 8 106,5 mln AQSh dollari, shundan:
|
so‘mda
|
AQSh dollarida
|
Davlat budjeti va Davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari
|
14 025,0 mlrd
|
5,2 mln
|
Ijrochilar va xayriya tashkilotlari mablag‘lari
|
2 515,4 mlrd
|
4 120 mln
|
Xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari mablag‘lari va beg‘araz yordam
|
458,2 mlrd
|
3 981,3 mln
|
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-iyundagi PF-6003-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2020-y., 06/20/6003/0708-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoniga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi mansabdor shaxslari, vazirlik va idoralar rahbarlari hamda O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini mamlakat hududlariga
Do'stlaringiz bilan baham: |