Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlikni ta’minlash va mintaqaviy muammolarni bartaraf etishdagi o‘zaro munosabatlarida ishonch darajasini oshirish.
|
2019-yil
20-iyul
|
TIV, DXX, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti
|
—
|
—
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
Loyihada:
Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari bo‘yicha qarashlarini yaqinlashtirish, mintaqada xavfsizlik, barqarorlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlikni shakllantirishga qaratilgan O‘zbekiston tashqi siyosatini faollashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus vakili lavozimini ta’sis etish nazarda tutiladi.
|
258.
|
Xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga konsullik muassasalari tomonidan davlat xizmatlari va huquqiy yordam berish tizimini takomillashtirish.
|
2019-yil
1-sentabr
|
TIV, Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi, IIV
|
—
|
—
|
Amaliy chora-tadbirlar.
Bunda mehnat faoliyati uchun xorijda vaqtinchalik yashayotgan O‘?bekiston Respublikasi fuqarolari uchu� elektron xizmatlar ko‘rsatish imkoniyati kengaytiriladi va takomillashtiriladi.
|
259.
|
Samarqandda Vatandoshlar xalqaro forumini tashkil etish va o‘tkazish.
|
2019-yil
20-may
|
TIV, Tashqi savdo vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Madaniyat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi,
“El-yurt umidi” jamg‘armasi
|
Hisob-kitoblarga asosan
|
Davlat budjeti mablag‘lari,
ijrochilar mablag‘lari
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishi loyihasi.
Loyihada Samarqand shahrida
2019-yilda Vatandoshlar xalqaro forumini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar nazarda tutiladi.
|
260.
|
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlash konsepsiyasini ishlab chiqish.
|
2019-yil
20-avgust
|
TIV, Tashqi savdo vazirligi, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, vazirlik va idoralar
|
Hisob-
kitoblarga
asosan
|
Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.
Loyiha bilan O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlash konsepsiyasi tasdiqlanadi.
Konsepsiyada:
O‘zbekistonning nufuzini xalqaro maydonda oshirish maqsadida samarali va keng ko‘lamli targ‘ibot va tashviqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, milliy turistik brendni yaratish, xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishish;
xalqaro tashkilotlar vakillarini O‘zbekistonga taklif qilish va ularni respublikada yuz berayotgan o‘zgarishlar bilan bevosita tanishtirish;
xalqaro tashkilotlar va reyting agentliklari (“Fitch”, “Standard &Pours”, “Moody’s”) bilan O‘zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish nazarda tutiladi.
|
261.
|
Markaziy Osiyoda millatlararo ziddiyatlar tahdidlariga qarshi birgalikda kurashish va millatlararo totuvlik tamoyillarini tasdiqlash ishlarida mintaqa davlatlari bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Ushbu yo‘nalishda Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo — umumiy uyimiz” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazish.
|
2019-yil
20-sentabr
2019-yil
18-noyabr
|
Vazirlar Mahkamasi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, TIV, Toshkent shahar hokimligi, vazirlik
va idoralar
|
Hisob-
kitoblarga
asosan
|
Davlat budjeti mablag‘lari, ijrochilar mablag‘lari
|
Chora-tadbirlar dasturi.
Dasturda:
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarining sohaga oid tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik memorandumini ishlab chiqish va tegishli tashkilotlar bilan kelishish;
yuz berishi mumkin bo‘lgan millatlararo ziddiyatlar tahdidlarining oldini olish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda hujjat loyihasining Markaziy Osiyo mamlakatlarining sohaga oid tashkilotlari tomonidan ko‘rib chiqilishini tashkil etish;
“Markaziy Osiyo — umumiy uyimiz” tamoyilini amalda tatbiq etish hamda mintaqa davlatlari yetakchi olim va ekspertlari ishtirokida xalqaro konferensiyani yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish nazarda tutiladi.
|
262.
|
|