1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
Fizika fakulteti 2-bosqich 2005-guruh talabasi
O‘roqova Asilaning
Optika
fanidan “Sun’iy
optik
anizotropiya.
Deformatsiya natijasida hosil bo‘lgan anizotropiya.
Kerr effekti. Qutblanish tekisligining aylanishi. Zeeman effekti
”
mavzusida
bajargan
KURS ISHI
Qabul qildi: Reymbayeva Sanobar.
Bajardi: O‘roqova Asila
.
3
I.KIRISH
Fanda muhitlarning izotropligi va anizotropligi muhim ahamiyatga ega bo
‘lib,
moddalarni amaliyotga tadbiq etilishda alohida o‘z o‘rniga ega. Izotrop va anizotrop
tushunchalariga to‘liqroq ta’rif bersak:
Izotrop
– muhitga tushayotgan elektromagnit to‘lqin
nurlanishining energiyasi
muhit tarkibidagi molekulaning erkinlik darajalari bo‘yicha bir xilda tarqalsa,
bunday muhit
izotrop molekulali
muhit deyiladi.
Demak, bunday muhitlarning tashkil qilgan erkinlik darajalari bo‘yicha optik
xossalari bir xil bo‘ladi.
Anizotrop –
muhitga tushayotgan elektromagnit to‘lqin nurlanishining
energiyasi muhit tarkibidagi molekulaning erkinlik darajalari bo‘yicha turlicha
tarqalsa,
bunday muhit
anizotrop molekulali
muhit deyiladi.
Anizotropiya
–
yunoncha “anisos” – bir xil bo‘lmagan va “tropos” - yo‘nalish degan ma’noni
anglatadi.
Optik jihatdan izotrop bo‘lgan jismlarning aksariyatida “statistik” izotropiya
bo‘ladi: bunday jismlarning izotropiyasi bu jismlarni tashkil etgan molekulalarning
xaotik joylashishi oqibatidagi o‘rtacha hisobning natijasidir.
Ayrim molekulalar
yoki molekulalarning gruppalari anizotrop bo‘lishi mumkin, biroq bu mikroskopik
anizotropiya ayrim gruppalarning tasodifiy o‘zaro joylashishi tufayli o‘rta hisobda
tekislashib ketadi va muhit makroskopik jihatdan izotropligicha qolaveradi. Biroq
biror tashqi ta’sir aniq asosiy yo‘nalish bersa, anizotrop elementlar (molekulalar
yoki molekula gruppalari) qayta gruppalashib, muhit makroskopik jihatdan
anizotrop muhitga aylanadi. Shunday hollar ham yuz berishi
mumkinki, yetarlicha
kuchli bo‘lgan tashqi ta’sirlar boshda izotrop bo‘lgan elementlarni deformatsiyalab,
dastlab bo‘lmagan mikroskopik anizotropiyani vujudga keltirishi mumkin.
Odatdagicha bosim berishda yoki notekis isitishda ( issiqlikdan kengayish va
chiniqtirishda) bo‘ladigan mexanik deformatsiyalarda,
tashqaridan beriladigan
elektr va magnit maydonlarida yetarli tashqi ta’sirlar namoyon bo‘lishi mumkin.
Suyuqliklar yoki anizotrop elementlari kuchli bo‘lgan plastik jismlar oqqanda
bo‘ladigan juda zaif ta’sirlar sun’iy anizotropiya yaratish uchun yetarli bo‘ladigan
hollar ham ma’lum.