Q yoʻldoshev, V. Qodirov, M. yoʻldosheva



Download 0,81 Mb.
bet20/29
Sana16.03.2022
Hajmi0,81 Mb.
#498249
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Bog'liq
7 sinf adabiyot metodik qo\'llanma

Taʼlimiy maqsad: Oʻquvchilarda “Mehrobdan chayon” romanidan olingan boblar yuzasidan chuqur bilim hosil qilish.
Rivojlantirish maqsadi: Oʻsmirlarda badiiy soʻzdan zavqlanish xususiyatini tarbiyalash.
Oʻzbek nasrining eng isteʼdodli vakili tomonidan 1928 yilda yaratilgan “Mehrobdan chayon” romanida oʻzbek xalqining unchalik olis boʻlmagan oʻtmishida roʻy bergan voqealar tasvirlanadi. Ana shu voqealar girdobiga tushgan insoniy taqdirlar butun murakkabligi bilan haqqoniy aks ettiriladi. Sinfda oʻqilgan parchada millat uchun gʻoyat fojiali davr boʻlmish Turkiston rus bosqinchilari tomonidan zabt etilgan paytda Qoʻqon xonligida umr kechirgan baʼzi kishilar taqdiri jozibali aks ettiriladi.
Yettinchi sinf oʻquvchilari hali odamlarning tabiatiga xos jihatlarni payqashdan koʻra voqealarni kuzatishga moyil ekanliklari tufayli hamda tahlil jarayonida syujet tizgini qoʻldan chiqib ketmasligi uchun tahlilni asardagi voqealar rivoji tartibiga tayangan holda amalga oshirish maʼqul boʻladi. Shu maʼnoda oʻquvchilar eʼtibori tinimsiz ishlagani holda biri ikki boʻlmagan Salim boʻyoqchi, mushfiq va baxtsiz Anorbibi, haddan tashqari qashshoq yashashiga qaramay, hamisha yuksakka intilgan, oʻzi yetolmagan orzularga inisining yetishini istagan va bu yoʻlda har qanday qiyinchilikdan choʻchimagan Nodira, tabiatan uquvli, talantli, ogʻir-bosiq, oʻz qadrini biladigan Anvar, boylik orttirish, foyda koʻrish yoʻlida hech narsadan qaytmaydigan Solih maxdum, ilonning yogʻini yalagan makkor mulla Abdurahmon va uning hamtovoqlari, Qobilboy va uning dali-gʻuli sheriklariga xos mizoj xususiyatlarini aniqlashga qaratilsa, maqsadga muvofiq boʻladi. Abdulla Qodiriy oʻz qahramonlarini tavsiflab, ularga baho berib oʻtirmaydi. Balki ularni hamisha harakatda, muomala-munosabatda koʻrsatadi. Shu sababdan timsollar oʻz xatti-harakatlari, gap-soʻzlari, qiliqlari orqali oʻzlarining qanday manaviy sifatlarga ega shaxslar ekanliklarini namoyon etadi. Mohlaroyim, Sultonmurod, Safar boʻzchi, Muhammad Rajabbek kabi pesonajlarning maʼnaviy qiyofalari ularning xatti-harakat, gap-soʻz hamda mavjud voqelikka munosabatlari orqali yaqqol namoyon boʻladi. Oʻquvchilar ana shu jarayon qanday yuz berganini payqab olishga odatlanishlari zarur.
Safar boʻzchining biroz shoshqaloq, oʻjar, ayni vaqtda, nohaqlikka, adolatsizlikka toqat qilolmaydigan, ularga qarshi tezda chora koʻrishga urinadigan yigitligi, Sultonmurodning esa unga qaraganda bosiq, mulohazali, lekin oʻrni kelsa, doʻstlik va adolat uchun boshini tika oladigan inson ekanligi bolalar tomonidan payqab olinishi kerak. Oʻquvchilar Qobilboyda ham ukasi singari bosiqlik, shoshmaslik xususiyatlari borligiga, oʻrni kelsa, oʻta qaltis yumushlarga ham qoʻl urishga qodir yigit ekaniga matn tahlili asosida tanigʻ boʻladilar. Oʻquvchilar umumiy mulohazalardan imkoni boricha saqlanib, bildirayotgan har bir fikrini asar matnidan olingan misol bilan asoslashga urinishi tahlilning yutugʻini taʼminlaydigan omildir. Tahlil jarayonida oʻqituvchi darslikda berilgan savol va topshiriqlarga qatʼiy amal qilishdan tashqari, asarning chuqur tushunilishiga xizmat qiladigan boshqa didaktik materiallar tayyorlashdan erinmasa, asar oʻquvchilar tomonidan yanada teran oʻzlashtiriladi.
“Xayr endi, Raʼno” bobini tahlil qilishda darslikda berilgan parchada boʻlmagan bir holatga oʻquvchilar eʼtibori alohida qaratilishi kerak. Yaʼni, romanning avvalgi boblaridan birida Xudoyorxonning tajovuzidan qochib qutulish fikri avval Raʼnodan chiqqanligi tasvirlanadi. Shunday jasur qiz “Xayr endi Raʼno” bobida hamma oʻzbek qizlari singari koʻz yoshlarini tiya olmaydigan, oʻz tuygʻularining asiriga aylangan, mantiqdan koʻra tuygʻuga, hissiyotga tayanib ish tutishga moyil oddiy ojiza sifatida namoyon boʻladi. Shu oʻrinda oʻquvchilarni inson ichki olamining murakkabligi, uning ruhiyatidagi tovlanishlarning turfaligi haqida mulohaza yuritishga chorlash imkoniyati paydo boʻladi. Bironta odamda sira oʻzgarmaydigan, har qanday vaziyatda ham bir xilda namoyon boʻladigan axloqiy fazilatlar boʻlmasligini oʻquvchilarga bildirish foydali boʻladi. Shu bois Raʼnoning bolalarcha xatti-harakati tasvirlangan lavha undan oʻquvchining koʻnglini qoldirmaydi, aksincha, obrazning hayotiyligini koʻrsatadi. Oʻquvchilar bu obrazni oʻsha yaxshi-yomon jihatlari bilan sevib qoladilar.
Anvarning tadbirli, topqir va sheryurak yigitligi tasvirlangan lavhalarning oʻquvchilar tomonidan toʻliq tushunib olinishiga erishish darsning samaradorligi uchun juda muhimdir. Negaki, Anvar asarning bosh qahramoni ekanligidan tashqari, oʻrganilayotgan boblardan chiqarilishi lozim boʻlgan axloqiy-estetik xulosaning yoʻnalishini belgilab beradigan obraz hamdir. Shuning uchun ham adabiyot oʻqituvchisi oʻquvchilarni Anvar taqdirining shunchaki kuzatuvchilari emas, balki qizgʻin tarafdorlariga aylantirish tadbirini koʻrishi lozim. Anvarning boshiga oʻlim kelganda ham gʻoyat sovuqqonlik bilan fikr yuritishi, koʻrgan tadbirlarining mantiqli va asosli ekaniga oʻquvchilar eʼtibori qaratilishi darkor. Anvarning Sultonali zindonga tashlanganini eshitgach, koʻrgan dastlabki tadbirlariga oʻquvchilar diqqati tortilishi kerak. U, avvalo, Sultonalining xotinini xotirjam qilish lozimligini tayinlaydi. Shunday qilinmasa, erining oʻlimga hukm qilinishidan xavfsiragan ayol oʻzini yoʻqotib, butun ishni buzishi, Anvarga ham, eriga ham oʻnglab boʻlmaydigan zarar keltirishi mumkin edi. Buni oʻquvchilar toʻgʻri tushunsalar, Anvarning tadbirkorligiga, tiniq aqliga qoyil qoladilar.
Anvarning Raʼnoga oʻzining aniq oʻlimga ketayotganligini bildirmasligi, shu bilan suygan qizini tahlikaga solishni istamasligi uning qanchalik kuchli shaxs ekanidan dalolat beradi. Tuygʻularini idora etishdagi cheksiz qudrati, tadbirlar belgilashdagi chuqur mantiq va topqirlik Anvarning har tomonlama yetuk, Raʼnoga munosib, zamonidan oldinga ketgan, millatning faxri boʻladigan inson ekanligini koʻrsatadi.
Xon oʻrdasidagilardan hech kim Sultonalining qatl qilinishiga shubha qilmaydi. Chunki nobop zamona, adolatsiz ijtimoiy tuzum, erksizlik, inson shaʼnining yerga urilishi maʼnaviyatni xarob qiladi, odamni mayda va tuban mavjudotga aylantiradi. Oʻquvchilarga ana shu haqiqat romandan olingan parcha matniga tayangan holda yetkazilishi oʻta muhimdir. Tantilik, mardlik oyoq osti qilingan, sotqinligu qoʻrqoqlik turmush tarziga aylangan sharoitda odamning boshqacha boʻlishi qiyin. Oʻshanday sharoitda ham insoniyligini yoʻqotmaganlar, odamlik shaʼniga dogʻ tushirmaydigan shaxslar boʻlganligi ezgulik tantanasining asosidir. Anvar – oʻzi uchun oʻzganing halok boʻlishiga yoʻl qoʻyadigan odam emas. Ayni vaqtda, Sultonali – oʻlsa ham Anvarni sotmaydigan shaxs. Shu oʻrinda chin oʻzbek yigitlariga xos tantilik, joʻmardlik sifatlarining Anvar, Sultonali, Qobilboy va sheriklar timsolida bor boʻyi bilan namoyon boʻlishiga oʻquvchilar eʼtibori qaratilishi darkor. Ularda maʼnaviy qadriyatlarimizdan faxrlanish, oʻtmish bobolarimizning insoniy fazilatlaridan gʻururlanish tuygʻulari shakllantirilishi zarur.
Anvarning Qoʻqon xoni Xudoyorxon bilan toʻqnashuvi roman bosh qahramoni maʼnaviy qiyofasi yorqin aks ettirilgan eng taʼsirli badiiy lavhadir. Asardagi obrazlarning tabiatiga xos xususiyatlar shu xildagi tarang vaziyatlar, avj nuqtaga yetgan ziddiyatlar tasviri jarayonida toʻliq namoyon etiladi. Kundalik oddiy turmush lavhalari misolida biror shaxsning maʼnaviy dunyosi haqida xulosa chiqarish mushkul. Lekin manfaatlar, qarashlar, maʼnaviyatlar oʻrtasidagi keskin toʻqnashuvlarda qarama-qarshi qutbdagi kishilarning fazilat va illatlari “yarq” etib koʻzga tashlanadi. Anvarning jasorati shunchaki qiziq ustida qilingan shovvozlik emas. U har bir bosajak qadamini, har bir aytajak soʻzini obdon oʻylagan. Begunoh odamni xalos qilish uchun oʻlimga tik bora bilish pokiza qalb egasining, iymoni but kishi faoliyatining qonuniy oqibati ekani oʻquvchilarga yetib borishi kerak.
Anvarning soʻzlaridagi mantiq Xudoyorxonni shunchalik shoshirib qoʻyadiki, u jallod chaqirishdan boʻlak tadbir koʻrolmaydi. Hatto jallod qilichi boʻynida turganida ham Anvar gunohsiz Sultonalini ozod ettirmay turib, xon amriga boʻysunmaydi. Umrining soʻnggi damida ham oʻzgani oʻylay biladi. Hamisha jazoga hukm etilganlarni adabsiz soʻzlar bilan haqoratlaydigan xon bu safar Anvarga qarshi ogʻiz ham ocholmaydi. Negaki, shaxsiyati kuchli, haq yoʻlini tutgan mahkum shaxsiyati ojiz, nohaq yoʻldan ketayotgan hokimdan qudratliroq. Anvarning shaxsiyatida ham shu qadar adoqsiz qudrat borki, u Sultonalini xonning gumonidan toʻla xalos etish uchun undan yolgʻondakam “gina” qilishga ham oʻzida kuch topa biladi. Oʻquvchilar mana shu oʻrinlardagi badiiy maʼnoni, hayotiy xulosalarni payqay olishlari darkor.
Oʻquvchilar tahlilga chuqurroq kirishganlari sayin Anvarning dor tagida oʻzini tutishi, Abdurahmonning hayosiz yuzidagi niqobi haqiqat tigʻi bilan yirtib tashlanishi kabi lavhalarni oʻrganish jarayonida bosh qahramon siymosi tobora yiriklashib, uning qiyofasidagi oliyjanoblik chiziqlarining yorqinlashayotganini koʻradilar. Bu holat, shubhasiz, ularning maʼnaviyatida oʻz izini qoldiradi.
Oʻqituvchi oʻquvchilarga odam deb atalmish yaratiqning oʻta murakkab ekanligini, xususan, oʻtmishda yashab oʻtgan bobolar maʼnaniyatini baholashda bir xildagi qatʼiy hukmlardan qochish kerakligini oʻrgatishi zarur. “Mehrobdan chayon” ayni shu sifatni oʻquvchilarga singdirishda qoʻl keladigan badiiy asardir.
Adolatsizlik botqogʻiga tamomila botgan, maʼnaviyati pokiza odamlar qatagʻon qilinadigan muhit yaratilgan xon saroyida ham insoniylik qiyofasini saqlab, odamlik shaʼniga isnod keltirmaydigan kishilar boʻlganligini oʻquvchilar bilishlari kerak, albatta. Xudoyorxonning koʻzi qonga toʻlib, Anvarni jallodga topshirgan bir tahlikali vaziyatda Muhammad Niyoz domlaning: “Shu odobsizning gunohini mening uchun kechsinlar”,- deya xonga murojaat qilishi oʻz boshini jallod kundasiga qoʻyish bilan baravar edi. Yozuvchi Muhammad Niyoz domlaning harakatini sharhlab oʻtirmaydi, uning maʼnavny sifatlariga baho ham bermaydi. Domlaning insoniy qiyofasiga asarni tushunib oʻqigan oʻquvchining oʻzi baho beraveradi. Oʻquvchi chinakam sanʼat asarida aks ettirilgan har bir obrazga, uning barcha xatti-harakatlariga eʼtibor berishi, undagi nozik imo-ishoralargacha tushunishga odatlanishi lozim.
Oʻqituvchi Abdulla Qodiriyning tasvir mahorati haqida toʻxtalganda, asar voqealari yuksak mantiqiy izchillik bilan rivojlantirilganiga, har bir obraz oʻz tabiati mantigʻiga mos harakatlantirilganiga, barcha personajlar oʻz darajasiga mos til bilan taʼminlanganiga, timsollar xatti-harakatida sunʼiylik, zoʻrakilik yoʻqligiga oʻquvchilar diqqatini qaratishi kerak. Oʻquvchilarning oʻzlari Anvarning tili bilan Raʼnoning nutqi oʻrtasidagi yaqinlik va ayirmalarni topib, buning sabablarini tushuntirishga urinsinlar. Shuningdek, oʻquvchilar bosh qahramonlar nutqidan buxorolik yigitlar nutqining farqli jihatlarini obrazlar saʼjiyasiga bogʻliq ravishda izohlashga harakat qilsinlar.
Abdulla Qodiriyning daho sanʼatkorligi shundaki, na asar voqeasi rivojida, na obrazlar xatti-harakatlari tasvirida, na muallif bayonida yasamalik, taxminga yoʻl qoʻyadi. Adibning qalamidan toʻkilgan tasvir hayotning oʻzidagidan ham mukammalroq, tabiiyroq, asosliroqki, oʻquvchilar bu holni payqashlari juda ham muhim.
“Mehrobdan chayon” romanidan olingan parchani tahlil etishda biz tavsiya etayotganlardan tashqari qanday usullar qoʻllash, qanday qoʻshimcha didaktik materiallar hozirlash, qanday ish turlaridan foydalanish singari masalalar har bir oʻqituvchining saviyasi, imkoniyatlari va oʻquvchilarning faollik darajasiga qarab, har bir maktabda oʻziga xos tarzda hal etiladi.
Asar tahlili koʻngildagiday amalga oshirilgach, oʻqituvchi oʻquvchilarga “Jasorat”, “Toʻqnashuv”, “Mardlik” singari mavzulardan biri boʻyicha sinf inshosi yozishga tayyorgarlik koʻrishni topshirishi mumkin.
Oʻqituvchi oʻz oldiga qoʻygan maqsadlariga erishmogʻi uchun matnni oʻqish jarayonida asardagi obrazlarga xos xarakter xususiyatlariga oʻquvchilar eʼtiborini torta bilishi lozim. Yozuvchi qahramonlarining soʻzlashuv yoʻsinlari orqali ularning qanday shaxslar ekanliklari haqida oʻquvchilarda fikr uygʻota oladi. Ayniqsa, Anvarning Abdurahmon domlaga qarata aytgan oʻtli gaplarini oʻquvchilar bilan birgalikda alohida tahlil qilishda qahramonga xos fazilatlarni oʻqish chogʻida aks ettira bilish, kerakli joylarda ohang orqali mantiqiy urgʻu qoʻyishi lozim. Quyida ana shu mantiqiy urgʻu oladigan soʻzlar ajratib koʻrsatildi.
“Anvar titradi, Abdurahmon iljaydi.
— Kulishga haqqingiz bor, domla, chunki oʻch olasiz!— dedi Anvar. Birdan hammaning koʻzi Abdurahmonga tushdi.— Faqat siz ifloslik natijasida kulasiz, men… men toʻgʻrilik samarasini oʻraman; siz iflos vijdon bilan gʻolibsiz, men sof vijdon bilan magʻlubman… Meni dor ostiga kim keltirdi? Vijdon emasmi, taqsir! Sizni bu yerda kim tomoshabin qildi? Ifloslik emasmi, taqsir?”
Jallod Anvarni qatl qilishga tutinganda, “ozgina toʻxtang” ishorasini qilib, domlaga oxirgi maʼnaviy zarbani beradi. Oʻqituvchi shu oʻrinlarni oʻqir ekan, soʻzlarining zalvorli zarbaga aylanayotganini urgʻu orqali ohang yordamida koʻrsatishi kerak:
— Mening holimni koʻringiz, domla,— dedi Anvar kulib,—qoʻlim bogʻlangan, ustimda xanjar yaltiraydi. Lekin men kulaman… Nima uchun bunday, taqsir! Chunki vijdon rohatda, jon tinch, yurakda ishq!.. Durust, men koʻmilgach, qabrim ustida koʻksi dogʻliq qizil lolalar koʻkarar... Nimadan bu? Bu — sizning kabi tubanlar solgan iz!..
Oʻqituvchi Abdulla Qodiriyning asari bugungi odamlar maʼnaviyatida ezgu fazilatlar shakllantirish uchun ham zarur ekanligiga urgʻu berishi, shu bois bu roman eskirmasligini taʼkidlashi maqsadga muvofiq boʻladi.

CHOʻLPON



Yettinchi sinfda Choʻlponning “Goʻzal”, “Xalq” “Binafsha”, “Koʻngil”, “Buzilgan oʻlkaga” kabi sheʼrlari uch soat davomida oʻrganilishi koʻzda tutiladi. Shoirning otashin sheʼrlari oʻquvchilar tomonidan toʻla oʻzlashtirib olinishi uchun adabiyot muallimi birinchi soatda “Goʻzal”, “Xalq” sheʼrlarini oʻrgatish boʻyicha darsning maqsadlarini belgilab olgani maʼqul. Bizning fikrimizcha, shu mashgʻulot uchun quyidagicha maqsadlar belgilangani maʼqul:

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish