Q yoʻldoshev, V. Qodirov, M. yoʻldosheva



Download 0,81 Mb.
bet16/29
Sana16.03.2022
Hajmi0,81 Mb.
#498249
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
Bog'liq
7 sinf adabiyot metodik qo\'llanma

a) tarbiyaviy maqsad – o‘quvchilarni milliy istiqlol g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalash, Vatan oldida mas’ullik tuyg‘usini uyg‘otish;
b) ta’limiy maqsad – Zavqiy ijodi bilan tanishtirish, “Ajab ermas” she’rini tahlil qilish;
d) rivojlantiruvchi maqsad – asarni janr xususiyatiga ko‘ra tahlillash malakasini rivojlantirish.
Tahlilga kirishishdan oldin ifodali o‘qib eshittirish orqali yetti bandli muxammas matni bilan tanishtiriladi. Muxammasning sarlavhasiga e’ribor qaratilib, “Nima uchun she’rga “Ajab ermas” (ajab emas) deb nom berilgan ekan? Bu ifoda qanday ma’no, kechinma, tuyg‘uni ifodalayapti deb o‘ylaysiz?” qabilida muammoli savol o‘rtaga tashlanishi mumkin. Bu savol orqali she’rda shoirning qalbidagi orzu, armon hamda bu orzuning ro‘yobga chiqishi borasidagi ishonchi yashiringanligiga e’tibor qaratiladi.
Tahlilga kirishilar ekan, o‘quvchilar har bir bandda ifoda etilgan qiyos, tashbih ortidagi ma’no, mazmunni ilg‘ashga undaladi. Bunda o‘qituvchining yordami kerak bo‘ladi. Lekin bu yordam o‘quvchilar bilishi kerak bo‘lgan haqiqatlarni aytib berishdan iborat bo‘lib qolmasligi kerak. Darslikdagi hamda o‘qituvchining o‘zi tuzgan savol va topshiriqlar orqali bandlarda ifodalangan mohiyatni tarbiyalanuvchilarning o‘zlari kashf qilishlariga erishish kerak.
Birinchi band uchun quyidagicha qo‘shimcha savol va topshiriqlar berilishi mumkin:
1. Birinchi bandning birinchi misrasidagi “bu kunlar” deganda qaysi kunlar nazarda tutilgan? “Bu kunlar”dagi sahob (bulut) deganda shoir nimani nazarda tutgani haqida o‘ylab ko‘ring.
2. Ikkinchi misrada “munavvar zimnida bir oftob” (nur ichidagi quyosh) ifodasi vositasida shoirning qanday orzusi aks etgan?
3. Shoir qaysi davlatni suv yuzidagi hubob (pufakcha) kabi yorilishini istaydi? Nima uchun? Bu savollarga Zavqiy yashagan davr sharoitidan kelib chiqib javob izlang.
4. Shoir nimaning suvrati ko‘rilsa-yu, asl niqobi bilinsa, yuzdan ko‘tarilgan bu pardalari hijob (yuzdagi to‘siq) ekani bilinsa deydi?
Bu savol va topshiriqlarga javob izlash asnosida bolalar “Bu kunlar” deganda Zavqiy yashagan davrdagi qaramlikka, “sahob” esa istibdod ko‘lankasiga ishora ekanini anglashlari, “munavvar zimnida bir oftob” orqali istiqlol quyoshining porlashi haqidagi orzusi borligini ilg‘ashlari kerak. Uchinchi misradagi “bu davlat” birikmasi chor hukumatini anglatib, uning suv yuzidagi pufakcha kabi yorilib, tanazzulga uchrashi orzu qilinadi. Shu o‘rinda muallim bu orzu, bu shoirnona bashorat ko‘p o‘tmay amalga oshib, 1917-yilda oqposhsho hukumati bolsheviklar tomonidan mavh qilinib, hubob kabi yorilganini (to‘ntarilganini) aytib o‘tishi o‘rinli bo‘ladi. Keyingi misralarda shoirning mazkur imperiya yuzidagi niqob bo‘layotgan hijob-pardalari ko‘tarilib, uning asl mustamlakachilik basharasi ochilishini istayotganini o‘smirlar qiyinchiliksiz ilg‘aydilar.
Ikkinchi band tahlil uchun quyidagi savol va topshiriqlar havola qilinadi:
1. Duoga qo‘l ochib astoydil yig‘lashning ma’nosi nima?
2. Qaysi nuqsonlar iymonning zaiflashuviga sababchi bo‘lganini o‘ylab ko‘ring. Bu misra sizga iymon belgisi bilan bog‘liq qaysi hadisni eslatadi?
3. Zavqiy kimga qarata Xudoga yolborishni so‘rayapti va yolborishlarning ma’nosi nima bo‘lishi kerak deb o‘ylaysiz?
4. Nima uchun “Birodarlar, azizlar, yaxshilar, ahbob, yoronlar” tarzida besh so‘zdan iborat undalmalar qatori qo‘llangan?
Birinchi bandda tahlil yo‘sini to‘g‘ri olingan bo‘lsa, bu bandning dastlabki misrasidagi duoga qo‘l ochib astoydil yig‘lash erk, hurlik va mustaqillikni chin dildan istash va bu yo‘lda harakat qilish ma’nosida ekanini o‘quvchilar darrov fahmlaydilar. Iymonning zaiflashuviga sabab bo‘lgan nuqson – bu Vatan taqdiriga befarqlik, uning erk va ozodligi yo‘lida harakatsizlikdir. 2-savoldan tarbiyalanuvchilarning bu misra zimnida mashhur “Vatanni sevish iymondandir” hadisi yotganligini topa bilishlari nazarda tutilgan. Keyingi misrani tushunish ham shu ma’noga bog‘liq: Xudoga yolborish ma’nosi bir joyda Yaratgandan tilanib o‘tirishgina emas. Yolboryaptimi, demak, unda kuchli istak bor. Istak o‘z navbatida insonni harakatga undaydi, harakat – natija, samara garovi. Bu natija, samara istiqloldir. Shu bois Zavqiy yurtdoshlarga bir emas, beshta so‘zdan iborat undalma bilan murojaat qilish bilan ana shu erk uchun harakat, natijaga qattiq undash ma’nosini ifodalaydi. Mazkur ma’noni berishda diniy tushuncha bilan aloqador duo, musulmonlar, iymon, Xudo, Hazratig‘a kabi uyadosh so‘zlardan foydalanib, shoir tanosub san’atini qo‘llaganiga e’tibor qilish darkor.
Uchinchi to‘rtlik yuzasidan tubandagi topshiriqlar bo‘yicha ishlash mumkin:
1. Nasimi jonfizo sabo (jon bag‘shlovchi shabboda) nima-yu, bemorlar kimlar ekanini izohlang.
2. Xazon kabi so‘lganlarga yetadigan obi havo qaysi ma’noda kelganini tushuntiring.
3. “Qo‘y emdi biz bilan begonani, bir oshno yetkur” misrasidagi “oshno” va “begona” so‘zlari siz uchun nima(kimlar)ni anglatyapti?
4. “Gadomiz, boshlar uzra soya solsin, Humo yetkur” misrasini bizning kunlarimizdan kelib chiqib sharhlang.
5. Shoir orzu qilga muqarrar inqilob qanchon yuz berdi deb bilasiz?
Nasimi jonfizo – erk shabadasi, bemorlar – mustamlakachilik zulmi ostidagi xalq bo‘lib, ular keyingi misrada “xazon pajmurda bo‘lganlar” iborasi bilan ifodalangan, “obi havo” esa ozodlikni bildiradi. Tabiiyki, o‘quvchilar begonalar –mustamlakachilar, oshnolar esa erk yo‘lida kurashuvchi maslakdoshlar ekanini biladilar. Ulardan “gadomiz” so‘zi erkka tashnalik, hurlik armoni tushunchalari ifodalanganligini kontekstual tahlil orqali yuzaga chiqarishlari talab qilinadi. “Humo yetkur” ifodasida, “muqarrardir, zamona inqilob o‘lsa” jumlasida Zavqiyning shoirona bashoratiga, bir asrdan keyingi voqelikni qalbdan his etganligiga qoyil qolish, tan berish kerak. U orzu qilgan muqarrar inqilob – istiqlol bizning davrimizda 1991-yil 31-avgustda sodir bo‘lganligiga bolalarning diqqati tortilishi jo‘yali bo‘ladi.
To‘rtinchi band uchun shunday savol va topshiriqlar qo‘yishni tavsiya etamiz:
1. Birinchi misradagi shariat nuri iborasi she’r matnida qaysi ma’noni ifodalaydi? Uning olamni nurafshon qilishi nimani bildiradi?
2. Islom ziynati saltanat bisotiga bezak bo‘lishi ostida qanday ma’no yotadi?
3. Amiri adl (adolatli amir), zulmparvar hukmron (zulm ko‘rganlarni himoya qiluvchi hukmdor) hamda zulm asosini daf qilgan adolatpesha sarvar (rahbar) deganda sizning xayolingizga kim kelyapti?
4. Bandning oxirgi misrasida aytilganidek, dushmanlarning qilgan ishlari – yomonliklari hisob-kitob qilindimi?
Ushbu bandni tahlil qilishda, shariat, islom tushunchalarini sharhlashda darslikda berilgan mana bu izohlarga tayanish lozim: “Muxammasda talaygina islomiy so‘z, atamalar uchraydi. Ular konteks bilan bog‘liq bir qator ijtimoiy tushunchalarini qamrab oladi. Masalan, islom – tinchlik, adolat, tenglik, istiqlol; musulmonlar – shoirning zamondosh va yurtdoshlari; shariat nuri – adolat; shiori shar’ (shariat shiori) – qonun ustuvorligi tushunchalarni o‘z ichiga oladi”. Aytish kerakki, tahlil jarayonida bu so‘zlarning diniy mohiyati ham, darslikda havola qilingan ijtimoiy-siyosiy ma’nolari ham ko‘zda tutilishi mumkin.
Keyingi band sharhida mana bu topshiriqlar ustida ishlasa bo‘ladi:
1. Farg‘onaning “shiori shar” (shariat shiori) bilan ziynatlanishi ortida shoirning qanday orzusi yotganligini mushohada qiling.
2. “Havosi ruhparvar ham dilga oro beruvchi bo‘lsa der” ekan, shoir Farg‘onaning so‘lim tabiatinigina nazarda tutganmi yoki misraning boshqa tagma’nosi ham bormi?
3. Yurtning jahon ahliga savdo bo‘lishi deganda nima nazarda tutulgan bo‘lishi mumkin?
4. Vatanning jannat kabi yashnab tuprog‘i anbar, suvi gulob bo‘lishi nima bilan bog‘liq bo‘ladi? “Farg‘ona” so‘zi she’rda bugungi ma’nodagi bir viloyat yoki vodiy ma’nosida ishlatilganmi yoki?..
O‘quvchilar bu topshiriqlarni bajarishga qiynalsalar, ularga tayyor javobini aytib qo‘ymay yo‘naltiruvchi qo‘shimcha savollar berib borish maqsadga muvofiq. Birinchi misrada adolat, qonun ustuvorligi bilan ziynatlangan jamiyat orzusi bo‘lsa, yurt havosining ruhparvarligi, dilga oro berishi uning ozodligi bilan bog‘liq. Chunki qachon yurt ozod bo‘lsa, unda yashayotgan insonlarning ruhi baland bo‘ladi, dili shod, xurramlikda yuradi, aks holda har qanday go‘zal tabiat ham kishiga zavq, quvonch bag‘ishlolmaydi. Bag‘ishlasa ham u muvaqqat, o‘tkinchi, g‘am-anduhga tez almashuvchi bo‘ladi. Yurtning jahon ahliga savdo bo‘lishi dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rniga, e’tirofga ega bo‘lib, boshqalarning u tomon intilishida namoyon bo‘ladi va bunday o‘lka jannatoso makonga aylanadi. Aynan shu jihatlar bugungi mustaqil O‘zbekistonning qiyofasi ekanligiga urg‘u beriladi. Tahlil asnosida o‘quvchilar she’rda “Farg‘ona” so‘zi Vatan, mamlakat ma’nosida qo‘llanayotganini anglashlari muhim.
Oltinchi band uchun tavsiya etilayotgan savol va topshiriqlar quyidagicha:
1. Bu bandda shoir orzu-armonlarining miqyosi o‘zgardimi yoki ular yuqoridagi bandlarda bo‘lgani kabi yurt qayg‘usi ifodalarimi?
2. “Jahon ahlini qayg‘u qaydidan ozod ko‘r”ish ortida qanday istak yotibdi?
3. Avvalgi o‘tgan-ketganlarni yod qilish nima? Bizda bu ish bugun qanday ko‘rinishlarda namoyon bo‘layotganini aytib bering.
4. Qarigan chog‘da yasharishning ma’nosini va uning sababini tushuntiring.
Bandning misralarida shoir qalb ko‘zi bilan kelajakka, ya’ni bizning kunlarga, balki bizdan keyingi davrlarga ham nigoh tashlaganiga o‘smirlar diqqati tortiladi. Lekin bu davrlardagi obod va ozodlikni faqat o‘z yurti misolidagina emas, butun jahon miqyosida bo‘lishini istaydi. Faqat yurtdoshlarinigina emas, balki “hama”ni, ya’ni barcha bani odamni shod ko‘rishni orzu qiladi. Buning uchun barcha xalqlar, elatlar tinch, totuv yashashlari shart. Navoiy bobomiz bejiz: “Olam ahli, bilingiz, ish emas dushmanlig‘, Yor o‘lung bir-biringizgakim, erur yorlig‘ ish”,- demagan edilar. Ana shu jihatlar bilan bizning ajdodlarimiz buyukligini tahlil asnosida ochiqlab, o‘quvchilar qalbida faxr-iftixor tuyg‘usi uyg‘otiladi.
Avalgi o‘tgan-u ketgan ko‘ngilda yod ko‘rgaysiz” misrasi tahlilida ajdodlarimiz nomi, ularning ishlari, yozgan asarlari mustaqillik yillari tiklangani, poytaxtda, viloyatlar markazi hamda tuman va shaharlarda ularga atab yodgorliklar barpo etilganiga o‘quvchilardan misollar keltirish so‘raladi. Bunda ularga “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fanidan olgan bilim, ma’lumotlari asqotishini adabiyot o‘qituvchisi hisobga olishi lozim. Yuqoridagi ezguliklarni ko‘rgan har qanday yoshi o‘tgan inson ham “ahli shabob” – xuddi navqiron yigitdek yosharib ketsa ajablanarli hodisa bo‘lmaydi.
Oxirgi band uchun berilajak savol va topshiriqlar xuddi she’r kompozitsiyasida bo‘lgani kabi yuqoridagi barcha tahlillarni umumlashtiradi, xulosalaydi:
1. Bashorat hamda olam ogahi tushunchalarini izohlang.
2. Shoir islom ahli matlabi deganda nimani nazarda tutgan?
3. She’rda ifodalangan va oshkora etilishi Ollohgagina xos bo‘lgan yashirin xazina nima bo‘lishi mumkin?
4. Siz ham Zavqiyni “olam ogahidindur” deb bilasizmi? Bunga she’rdan qaysi asoslarni topdingiz?
Savol-topshiriqlar yuzasidan o‘quvchilarning javoblari tinglanib, har biri alohida umumlashtiriladi. Biror narsa, hodisani oldindan ko‘ra bilish, sezish, his eta olishlik bashorat sanaladi. Bu katta bilim, tajriba, nozik fahm va zakovat egalariga nasib bo‘ladi. Olam ogahi bo‘lganlar esa bugun va kelajakka qalb ko‘zi bilan nigoh tashlab, voqea-hodisalar mohiyatini, ularning salbiy yoki ijobiy tomonlarini tezda ilg‘ab oladigan va to‘g‘ri baho beradigan zotlardir. Shu o‘rinda olamdan ogoh bo‘lish – davr talabi ekani eslatib o‘tiladi. Bu narsa esa islom ahli – yurt fuqarolarining talabi, shuningdek, vazifasidir. Qayerda ogohlik, hushyorlik bo‘lsa, u yerga ozodlik, obodlik va farovonlik kabi ne’matlar mavjud bo‘ladi. Shoirning fikricha, bu ne’matlar maxfiy xazina bo‘lib, ularning oshkora bo‘lishi – nasibi Allohning irodasiga bog‘liq, ya’ni kim ogoh va hushyor bo‘lsa, Yaratgan unga shu ne’matlarni tortiq etadi. Bunday qarashlarni Zavqiyga zamondosh avliyo zot bo‘lmish Ne’matulloh Valiy ham aytganki, uning bu bashoratlari ro‘yobga chiqsa ajab emas. Oldingi barcha bandlar tahlilidan kelib chiqib o‘quvchilar Zavqiyni ham “olam ogahidin” ekanligini asoslashlari kerak.
Alohida ta’kidlash lozimki, muxammmas tahlili o‘quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasini rivojlantirishni ko‘zlaydi.
Uyga vazifa sifatida shunday topshiriq berish mumkin: “Kim edig-u, kim bo‘ldik” sarlavhasi ostida jadval tuzib, uni she’r tuzilishiga muvofiq kamida yetti banddan iborat tarzida to‘ldiring. Albatta, unda she’rda ifodalangan mazmun-mohiyat aks etishi kerak.
“Kim edig-u, kim bo‘ldik”



Kim edik (uzoq va yaqin o‘tmishda)

Kim bo‘ldik (hozirda)

1

Yurtning boshida mustamlaka-chilik sahobi (buluti) ko‘lanka solib turardi

Yurt ozod va obod, farovon hayot qo‘ynida

2







3







4







5







6







7
















Ikkinchi soatda Zavqiyning “Shohimardon xotirasi” she’ri o‘rganiladi. Dars uchun quyigicha maqsadlarni belgilash mumkin:
a) tarbiyaviy maqsad – o‘quvchilarda yurtimiz chiroyi, tabiatidan faxr tuyg‘usini uyg‘otish, uni avaylab-asrashga undash;
b) ta’limiy maqsad – Shoirning “Sayohatnoma” turkumiga kiradigan she’rini tahlil qilish;
d) rivojlantiruvchi maqsad – asarni janr xususiyatiga ko‘ra tahlillash malakasini rivojlantirish.
Tahlilga kirishishdan oldin sayohatnoma janri to‘g‘risida qisqa to‘xtalish qilish to‘g‘ri bo‘ladi. Bu janrni adabiyotimizda shoir Muqimiy boshlab bergan. O‘quvchilar Muqimiy sayohatnomasi bilan 5-sinfda tanishganlar. Shoirning ma’lum yo‘nalish bo‘yicha qilgan sayohati asnosida olgan taassurotlari bayon qilingan, murabba’ (to‘rtlik) shaklida qofiyalangan, aruzning rajazi murabbai solim (mustaf’ilun, mustaf’ilun) bahrida yozilgan she’riy asari sayohatnoma deyiladi. O‘qituvchi lozim ko‘rsa bu qoidani o‘quvchilarning daftariga yozdirib qo‘yishlari mumkin. Zavqiyning “Shohimardon xotirasi”, “Suv janjali”, “Obid mingboshi haqida hajv” asarlari shu janrda yozilgan.
Yana Shohimardon toponimini izohlash ham o‘rinli bo‘ladi. Shohimardon so‘zi forscha bo‘lib, mardlarning shohi degan ma’noni anglatadi. U Islom olamining eng mashhur zotlaridan biri, payg‘ambarimiz Muhammad (a.s.) chohoryorlarining to‘rtinchisi va kuyovi hazrat Alining sharafli taxallusidir. Shohimardon shaharchasida bu zotning ramziy qabrlari, ziyoratgohlari borligi uchun mazkur joy unga nisbatan shu nomni olgan. Birinchi
Bu ravzaga kimki kelib,
Bir kechasi mehmon ekan.
Umrida bir ko‘rgan kishi
O‘lganda bearmon ekan
bandidagi “ravza” so‘zi ham ana shu maqbaraga ishora qiladi. Bu ravzaga bir kelib mehmon bo‘lgan kishi dunyodan bearmon ketadi deydi shoir. Chunki har bir musulmon kishisi uchun hazrat Aliday zotning maqbarasini ziyorat qilish, undan ruhiy oziqlanish katta sharaf va oxirat saodatidir. Ana shu e’tiqodda yashagan Zavqiy ham bu haqiqatni she’rining avvalida ta’kidlamoqda.
Ikkinchi banddan mavzening tabiati tasviri berila boshlaydi:
Ikki tarafdin soy deng,
Ko‘m-ko‘k musaffo choy deng,
Har dam ichib hoy-hoy deng,
Obi hayoti jon ekan.
Atrof-muhitning go‘zalligi, ikki tarafda sharqirab oqayotgan soy, shu soy bo‘yida joylashgan choyxonada “hayoti jon” suvdan damlangan choydan ichib, manzaradan zavqlanganicha hoy-hoy deb o‘tirgan kishilar o‘quvchining ko‘z oldiga keladi. Unda qo‘llangan “deng” radifi ham she’rga ko‘tarinki tabiiylik bag‘ishlayotganligi ham tahlilda nazardan chetda qolmasligi kerak.
Osmonga qo‘ygan nardbon ,
Chiqsang tamosho bir jahon
Nahri ulug‘, har so‘y ravon
Ko‘rmakka ko‘z hayron ekan.
Uchinchi banddagi “Osmonga qo‘ygan nardbon” misrasidan shoir bu satrni qayerda yozganligini tasavvur qilsa bo‘ladi. Butun mavze kaftdek ko‘rinib turgan, uning butun mafturkor tabiatini bor bo‘yi bilan kuzatish mumkin bo‘lgan baland, osmono‘par tog‘dan, balki cho‘qqidan kuzatayotganligini his qilish mumkin. Navbatdagi bandda ham yuqoridagi kayfiyat, kechinmalar bayoni davom etayotgani, vasf qilinayotgan ko‘rk endi arab va fors yurti bilan qiyoslanayotganiga bolalar e’tibori qaratiladi.
Ayni paytda bu yerdagi ayrim illat va kamchiliklar hajvgo‘y shoirning nazaridan chetda qolmaydi. Bozor rastalari hamda saylgohdan ancha balandlikda joylashgan ko‘chalarning torligi, qo‘shtirnoq ichidagi shayx-u xo‘jalarning tamagirligi, sur pashshadek odamning joniga tegadigan gadoyning sullohligiga shoir satira tig‘ini tegizib o‘tganligi sharhlanishi lozim bo‘lgan jihatlar sirasiga kiradi.
Boloda tang-tang ko‘chalar,
Turg‘ayki, shayx-u xo‘jalar,
Kelsa tovuq ham jo‘jalar,
Yozmoqda dasturxon ekan.

Badshakl-u badxo‘, badnamo,


Botinda kiyna, fisq, riyo,
Kim uchrasa shilqim gado
Sulloh ozori jon ekan.
Zavqiy salbiy munosabatini bildirish va bu munosabatning manbaiga o‘zining nafratini ifodalash uchun so‘z takroridan o‘rinli foydalanganini o‘qituvchi, albatta, ta’kidlab o‘tishi kerak deb o‘ylaymiz. “Badshakl-u badxo‘, badnamo” misrasidagi yomon ma’nosini beradigan “bad” o‘zagining takrori hamda qofiyaga olingan “gado” so‘ziga “badnamo”, “riyo” so‘zlarining qofiyadosh qilingani salbiy munosabatni bo‘rttirishga xizmat etadi.
Keyingi bandda esa ijobiy munosabat hamda ko‘rinki kayfiyatni ifoda qilish maqsadida tanosub san’ati qo‘l kelgani kuzatiladi.
Sahni ajoyib xushhavo,
Ham ruhparvar, jon fizo,
Xushbo‘ ko‘ringan har giyoh,
Jambil bilan rayhon ekan.
Banddagi “ajoyib”, “xushhavo”, “ruhparvar”, “jonfizo”, “xushbo‘” so‘zlari mazmun va lug‘aviy ma’nodagi ijobiylik jihatidan o‘zaro yaqinligi ushbu san’atni yuzaga keltirishlishi tushuntiriladi.
Oxirgi bandda Zavqiyning Shohimardon yeridan ketgisi kelmagani yaqqol bilinib turibdi.
Dars so‘ngida “Yurtim go‘zalligiga shaydoman” mavzusida uy inshosini yozish topshirig‘i berilishi mumkin.
MAXTUMQULI

Maxtumquli turkman xalqining eng yorqin adabiy siymosidir. Turkman adabiyoti deganda aksar o‘zbek kitobxonlari xayoliga darhol Maxtumquli she’riyati keladi. Maxtumquli adabiy merosida o‘zbek-turkman ellarining qon-qardoshlik tuyg‘ulari muhrlangan. Maxtumquli she’riyati umumturkiy mushtarak g‘oyalar, dardlar, orzu-armonlar bilan yo‘g‘rilgan. Shoir ma’rifiy asarlarida, pand-u nasihatlarida umumturkiy ma’naviyat yaqqol mujassam.


Maxtumquli ijodi uchun dasturda bir soat ajratilgan. O‘qituvchi ushbu vaqtdan unumli foydalanish uchun darsning maqsadlarini shu tarzda belgilab olgani ma’qul:

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish