Q yoʻldoshev, V. Qodirov, M. yoʻldosheva


Yovvoyi yoʻrgʻa, ha, oʻsha Yoʻrgʻa oʻz panohidagilarni qoʻyib yubormadi, ular bilan janubiy qum tepaliklar aro koʻzdan gʻoyib boʻldi



Download 0,81 Mb.
bet28/29
Sana16.03.2022
Hajmi0,81 Mb.
#498249
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
7 sinf adabiyot metodik qo\'llanma

Yovvoyi yoʻrgʻa, ha, oʻsha Yoʻrgʻa oʻz panohidagilarni qoʻyib yubormadi, ular bilan janubiy qum tepaliklar aro koʻzdan gʻoyib boʻldi” yoʻsinida aks ettiriladi. Bu tasvirlarga diqqat qaratish yoʻrgʻaning fojiali qismatini anglash sari olib boradigan yoʻldir.
Muallif aygʻirning taʼqib qilinishini tasvirlar ekan, bot-bot u haqida “yoʻrgʻasidan adashmadi”, “oyoq ilmadi” kabi holatlarni qayd etadi. “Yoʻrgʻa” soʻzi otning loʻkillamay ildam yurishi, bir maromda chopishini bildiradi. Eʼtibor qilinsa, taʼqib davomida boshqa otlar, xususan, aygʻir oʻziga tobe qilib olgan baytallarning bir necha soat tinimsiz quvishlardan keyin yugurish maromi va tezligi oʻzgargani, sekinlagani kuzatiladi. Yovvoyi yoʻrgʻa har qancha quvlansa ham, yugurish tezligi va maromini oʻzgartirmaydi, yoʻrgʻasidan adashmaydi. Taʼqibchilarni hayratda qoldirgan narsa ham haftalab bir necha otlarni maʼlum soatlarda almashtirib quvishlariga qaramay Yoʻrgʻada charchash sezilmaydi, bir tekisdagi chopishi bilan kovboylarni dogʻda qoldirib, ulardan qutulib ketaveradi.
Darslikda “Yovvoyi yoʻrgʻa nima sababdan fermerlarning qoʻlga oʻrgatilgan baytallarini ergashtirib ketishini tushuntirib bering” topshirigʻi berilgan. Oʻquvchilar bunga turlicha javob aytishlari mumkin. Ilgari uqtirilganday, ularni toʻgʻri-notoʻgʻriga ajratmay, bolalardan oʻz fikrini asoslab berishni soʻrash kerak. Birorta ham oʻquvchidan mantiqli javobi chiqmagan taqdirdagina, oʻqituvchi: “Menda shunday mulohaza bor”,- deb oʻz qarashini aytishi mumkin. Lekin u qatʼiy hukm, oxirgi toʻgʻri javob tarzida taqdim etilmasligi kerak. Oʻqituvchining fikrini oʻzinikidan asosliroq deb bilgan oʻquvchi uni qabul qilishi mumkin. Masalan, yoʻrgʻa yovvoyi tabiatning vakili, aytish mumkinki, uning timsoli. Oʻzi kabi turdosh, jinsdoshlarini odamlar tomonidan egallab olinganiga toqat qilolmaydi. Baytallarni oʻz mulki, xasmi deb biladi va ularga egalik qilishni odamlar bilan boʻlishishni xohlamaydi. Shuningdek, asli hur boʻlgan oʻz qavmdoshlari – baytallarning qaramlikda qolishini istamaydi. Shuning uchun ham hayotini xavf ostiga qoldirib, odam bolalari bilan oʻchakishadi, boshqa yilqilarni oʻzi bilan ergashtirib olib ketadi.
Hikoyada oʻzaro qarama-qarshi qoʻyilgan Yoʻrgʻa va Jo obrazlariga keng oʻrin ajratilgan. Ularni asarning bosh qahramonlari deyish mumkin. Agar sinchiklab qaralsa, bu ikki qahramon oʻrtasida talay oʻxshashlikni topish mumkin. Jo quvlashda qanchalik sabrli boʻlsa, Yoʻrgʻa qochishda shunchalik matonatli. Kunlar, haftalar davomida mobaynida na u, na bu qahramon oʻz qatʼiyatida boʻshashdi, na taqdirga tan berdi. Jo taʼqibni toʻxtatsa, Yoʻrgʻaning undan koʻra aqlli, bardoshli va matonatli ekanini tan olgan boʻlar edi. Bu ikki obraz ham oʻzlarining aqlli va irodali ekanliklari bilan ajralib turadi. Jo qoʻllagan barcha tadbirlar puxta oʻylangan, toʻgʻri va, eng asosiysi, halol edi. U Kurka Iz kabi makr yoʻlidan bormaydi, olishuvni ochiq va halol olib boradi.
Ayni paytda, Joning Yoʻrgʻaga munosabatida ham aqllilik bilan birga shaxsiy manfaatdorlik nuqtai nazaridan yondashish koʻzga tashlanadi: “Aygʻirga qoʻyilgan mukofotni olish kerakmikan? Jo ikkilanib qoldi. Qoʻyilgan pul chakana emas. Lekin aygʻirning turgan turmushi xazina, u asl zotli zurriyot yaratishi mumkin”. Adib Joning faqat olijanob ovchi emas, balki bosgan qadamidan naf chiqarishni oʻylaydigan tadbirli shaxs ekanini ham koʻrsatadi. Hatto, uning yaxshiligi zamirida ham manfaat borligi oʻquvchilar nazaridan chetda qolmasligi kerak.
“Yovvoyi yoʻrgʻa”ni oʻrgatishga bagʻishlangan uchinchi soatda oxirgi bob bilan tanishiladi va hikoyadan oʻquvchilar olgan umumiy taassurot asosida suhbat oʻtkaziladi. Oʻqituvchi makkor chol Kurka Izning Yoʻrgʻani qanday ushlagani, qoʻlga olingan otga uning munosabati, tamgʻa urib oʻziniki qilishi kabi tutumlari oʻz bahosini olishi kerak. Ayniqsa, hiyla domiga ilingan yovvoyi yoʻrgʻaning ayanchli tasviriga oʻqituvchi urgʻu berishi kerak, toki bolalarda kutilgan munosabat, tuygʻu, kechinmalar yuzaga kelsin. Ayniqsa, oxirgi “
Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish