98
6.5. YO‘L HARAKATINI TASHKIL ETISHDA YO‘L HARAKATI
MUXANDISLARINING VAZIFALARI
Tayanch so‘zlar va iboralar: me’yoriy xujjatlar; loyiha; sxema; texnik
vositalar; yo‘l sharoitini yaxshilash; tranport oqimi; o‘tkazish qobilyati;
jihozlanganlik darajasi; xizmat inshootlari; pasport tuzish; atrof muhitni
saqlash; harakat qatnashchilari; tuzatish; ta’mirlash; yo‘l-patrul xizmati; texnik
diagnostika; texnik ko‘rik
Yo‘l harakati xavfsizligini tashkil etish qo‘llanilishi yo‘l harakati xavfsizligi
sohasidagi me’yoriy hujjatlarda belgilangan hamda yo‘l harakatini tashkil etish
loyihalari va sxemalarida nazarda tutilgan tartibga solishning
texnik vositalaridan
hamda ularning konstruksiyalaridan kompleks foydalanish asosida amalga
oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlaridagi yo‘l harakatining
yagona tartibi Yo‘l harakati qoidalarida belgilanadi. O‘zbekiston
Respublikasi
yo‘llarida transport vositalarining o‘ng tomonlama harakatlanishi belgilanadi.
Yo‘l harakatining tashkil etilishini yo‘llarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini
oshirish yoki boshqa maqsadlar uchun yo‘l harakati xavfsizligi darajasini
pasaytirish hisobiga o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Harakat xavfsizligi muxandislarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- yo‘l sharoitlarining harakat xavfsizligiga ta’sirini o‘rganish;
- transport oqimi miqdorini va tarkibini aniqlash hamda o‘zgarish qonuniyatlarini
tadqiq qilish;
- yo‘l-transport hodisalarini o‘rganish va joyida ularning kelib chiqishi sabablarini
tahlil qilish;
- yo‘lning o‘tkazish qobiliyatini aniqlash va uni oshirish bo‘yicha
tadbirlarni
belgilash;
- biriktirilgan yo‘l uchastkasining jihozlanganlik darajasini aniqlash va uni
yaxshilash bo‘yicha tadbirlar belgilash;
- yo‘lda harakatlanishga xizmat qiluvchi inshootlarni joylashtirishni belgilash va
ular joylashgan mintaqada harakatni tashkil qilish;
- yo‘lning xavfli uchastkalarini aniqlash va ularning chiziqli
grafiklarini chizish
hamda yo‘l bo‘yicha harakat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tadbirlar belgilash;
- biriktirilgan yo‘l uchastkalarini muntazam ravishda ko‘rib borish, bahorgi va
kuzgi ko‘riklarni o‘tkazish va yo‘l pasportini tuzish;
99
- biriktirilgan yo‘l uchastkasida harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni
bajarish navbatlarini belgilashda ishtirok etish;
- yo‘l uchastkasida atrof-muhitni saqlash bo‘yicha ishlarni belgilash;
- harakat xavfsizligi xizmati bilan hamkorlikda harakat xavfsizligini ta’minlash
bo‘yicha ishlarni olib borish;
- harakat qatnashchilari va tashkilotlar tomonidan yo‘llarda yurish hamda yo‘ldan
foydalanish ishlarini nazorat qilish;
- yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joylarda transport
vositalarini evakuatsiya
qilish hamda tabiiy ofatlar natijasida zarar yetkazilgan yo‘l uchastkalarini
vaqtincha yopishni tashkil qilish;
-Avtomobil yo‘lini tuzatish va ta’mirlash ishlari olib borilayotgan joylarda
harakatni tashkil etish sxemalarni tuzish;
-biriktirilgan yo‘l uchastkasida muntazam ravishda
harakatlanish uchun qulay
sharoitni yaratish va uni nazorat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: