Texnologiya — xom ashyoni mo’ljallangan mahsulot yoki xizmatga aylantirish vositasi. mehnatni pirovard natijaga aylantiradigan mexanizmdir.
Moliya — korxona o’z faoliyatini boshqarish uchun ega bo’lgan yoki jalb eta olaligan pul va boshqa mablag’lardir.
Boshqaruv — faoliyatturlari belgilangan maqsad, bu maqsadni bajarish bosqichlarini hisobga olgan holda muvofiqlashtirish jaraenidir.
Bu ichki muhit bilan birga korxona ishlab chiqarish faoliyatila ro’y bsradigan tashqi omillar yoki shartlarni ham hisobga olish lozim (2.8- rasm).
2.3. Xususiy korxonada personal mehnatini tashkil etish va boshqarish
Menejmentda “mehnat" va “ish" tushunchalarining o’z ta’riflari mavjuddir. Mehnat — iqtisodiy maqsadga muvofiq faoliyatdir. Ish – shartnoma asosida, ya’ni mehnatga haq to’lash va boshqalarga bo’ysunish asosida bajariladigan mehnat faoliyati turidir.
Mehnatni tashkil etish tizimiga ta’sir ko’rsatadigan quyidagi omillar mavjud:
Mehnat ta’siri (bozorda tovar va ishchi kuchiga talab, geografik, demografik va madaniy omillar).
Texnologiya ta’siri (XX asrning birinchi yarmida industrial ishlab chiqarishda konveyer usulining, so’nggi yillarda axborot texnologiyalarining qo’llanishi mehnatni tashkil etishda tub o’zgarishlarga olib keldi).
Strategik ta’sir. Ushbu masalada qarorni kompaniya bosh-qaruvchilari qabul qilishlariga qaramasDan, ana shunday qarorlarga kelishga yuqorida qayd etilgan ikki ta’sirni hisobga olmaslikning iloji yo’q.
Mehnatni tashkil etishga o’ziga xos yondashuv Tavisto inson munosabatlari instituti tadqiqotlarida o’z ifodasini topdi. Ushbu yondashuv “ijtimoiy-texnik tizimlar” (“sotsiotexnik") nomini oldi. Institut tadqiqotchilari mazkur tizimning ikki jihati:
ijtimoiy omillar (xususan, xodimlar o’rtasidagi munosabatlar, ularning shaxsiy va jamoa munosabatlari);
texnik omillar (xususan, mashina-uskunalar, texnologik jarayon, muhit)ni uyg’unlashtirish muvaffaqiyat garovi ekanligini ta’kidlaydilar.
Mehnatni ijtimoiy-texnik. tamoyillar asosida tashkil etish ikkita asosiy xususiyatga ega. Birinchidan, bu ishchi guruhlarining mustaqilligini kengaytirishni ko’zdatutadi. Bu tizim boshqaruvda guruhlarga ishlab chiqarish topshirig’ini bajarishda muayyan erkinliklar berishga asoslangan. Masalan, ushbu tamoyilga amal qilingan „Volvo" kompaniyasida ishchilar ishlab chiqarish jarayoni butun bir bosqichini nazorat qilish vakolatiga egalar. Ular o’zlariga berilgan mustaqillikdan foydalangan holda, mazkur bosqich doirasida ish topshiriqlarini o’zlari taqsimlaydilar. Ikkinchidan, ijtimoiy-texnik tizimda asosiy diqqat-e’tibor konveyer liniyalaridan “katak” tamoyili asosida tashkil etilgan ishlab chiqarishga qaratiladi. Bu usulda ishchi zarur butlovchi va ehtiyot qismlar, asboblar bilan ta’minlangan bo’lib, yig’uv birligi (buyum)ni boshidan oxirigacha o’zi tayyorlaydi. Mazkur holda mehnat operatsiyalari xilma-xilligi pirovard natijaga yo’naltirilishi yuksak malakaning zarurligi, mehnatda katta qoniqish hosil qilishni ta’minlaydi. Xususiy korxonadaish beruvchi (mulkdor) bilan xodim o’rtasidagi o’zaro mehnat munosabatlari mehnat shartnomasi (kontrakt) bilan tartibga solinadi. Xususiy korxona rahbari o’z xodimlariga mehnat haqi, mukofotlar va kompensatsiyalar berishning shakllari, tizimi hamda miqdorini mustaqil belgilaydi. Lekin xodimlarga to’lanadigan ish haqi amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan kam bo’lmasligi shart.
Mulkdor xususiy korxona xodimlariga xavfsiz mehnat sharoitlari, ijtimoiy himoya choralarini ta’minlashi shart. U o’z xodimlari uchun amaldagi qonunchilikda ko’zda tutilganidan imtiyozliroq mehnat va ijtimoiy-iqtisodyy shartnomalarni belgilashga haqlidir.