Personalni baholash mezonlari ahamiyatliligi
Tartib raqami
|
Mezon (talab)lar turlari
|
Ahamiyat jihatdan salmog’i, foiz
|
Ballarni eng ko’p
miqdori
|
1.
|
Bilim va tajriba
|
25
|
250
|
2.
|
Fikrlash
|
25
|
250
|
3.
|
Qaror qabul qilish
|
15
|
150
|
4.
|
Mas’uliyat
|
20
|
200
|
5.
|
Axborot aloqalari, munosabatlar
|
10
|
100
|
6.
|
Shaxsiy sifatlar
|
5
|
50
|
Jami:
|
100
|
1000
|
Ekspert guruhi har bir mezon uchun ularga xos bo’lgan belgilarga aniqlik kiritadi. Yuqoridagi jadvaldan “Bilim vatajriba” mezoni uchun ekspertlar guruhi quyidagi besh belgini tanlagan:
kasbiy bilimlar;
tajriba;
belgilangan vazifalarni hal etish ko’nikmasi;
qo’shimcha bilim va tajriba;
ishning jahon standartlarini bilishi.
Ushbu belgilar ahamiyatiga qarab ekspert guruhi tomonidan tabaqalashtiriladi.
Bunda belgilar ahamiyatliligi yig’indisi 100 foizga teng bo’lib, aytaylik 250 ball qilib belgilanadi. Belgilar ahamiyatiga qarab ularning har birining salmog’i (foiz) va balli aniqlanadi (10.5- jadval).
10.5 – jadval
“Bilim va tajriba” mezoni ahamiyatliligi hisobi
Mezon
|
Mezon salmog’i koeffitsenti
|
Ballning eng ko’p miqdori
|
Belgilar
|
Mezondagi belgi salmog’i koeffitsenti
|
Ballning eng ko’p miqdori
|
Bilim va tajriba
|
25
|
20
|
Kasbiy bilimlar
|
30
|
75
|
|
|
|
Tajriba
|
25
|
63
|
|
|
|
Belgilangan vazifani hal etish ko’nikmasi
|
10
|
25
|
|
|
|
Ishning jahon standartlarini bilishi
|
5
|
12
|
JAMI:
|
100
|
250
|
Yuqorida keltirilgan misol bo’yicha barcha mezonlar ballari eng ko’p miqdori 1000 ball qilib belgilangan. Shundan kelib chiqqan holda, faoliyati baholanayotgan har bir xodim 5 ball olishi mumkin:
∑ ∑ ∑× ijk
i j k
bunda: i - mezon tartib raqami ( i = 1/6);
j - mezondagi belgi tartib raqami ( j = 1/5)
k - belgidagi daraja ahamiyati ( k = 1/6).
Xodimlar ushbu guruhiga taqsimlanadigan ish haqi fondi miqdorining mazkur guruh xodimlari olgan ballga bo’linishi natijasida hosil bo’lgan miqdor ball narxini belgilaydi. To’plangan ballarni ball narxiga ko’paytirish orqali xodimning mehnat faoliyati baholanayotgan vaktidagi xizmat vazifasi maoshi miqdorini aniqlasa bo’ladi.
Kompaniya yoki firma personalini qator toifalarga bo’lib, bu har bir toifa xodimlari uchun ballning eng kam miqdori (maoshining eng kam miqdori)ni belgilab qo’yish mumkin. Ana shu ko’rsatkich xodimni ishga olish, uning sinov muddatini o’tash davri uchun o’ziga xos mo’ljal vazifasini o’tashi mumkin. Chunki, ana shunday vaziyatlarda ishga qabul qilinayotgan xodimni baholashning boshqa mezonlari bo’lmaydi.
Ushbu usuldan xodimlarni xizmat vazifalariga tayinlash, ularni martabasining yuqorilashuvida ham foydalanish mumkin. Masalan, personal faoliyatini baholashda xodim tomonidan to’plangan ball uni yuqoriroq lavozimga ko’tarish, mansabda pasaytirish yoki u bilan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asos bo’la oladi.
Mehnat faoliyatini baholash uchun juda ko’p mezonlar talab etiladi. Shuning uchun baholash mezonlarini tanlashda baholash qaysi maqsadni ko’zlab o’tkazidayotganligiga alohida e’tibor qaratish talab qilinadi. Ikkinchidan, mezonlar xodimlarning qaysi toifalari uchun tanlanayotganligini hisobga olish kerak. Chunki mezonlar xodim faoliyati murakkabligi, mas’uliyati va xususiyatiga qarab tabaqalash-tirilgan bo’ladi.
Xususan, mehnat taqsimotiga muvofiq, rahbarlar mehnat faoliyati natijalari qoida bo’yicha korxona yoki uning bo’linmasi ishlab chiqarish, xo’jalik va boshqa faoliyati yakunlari (masalan, foyda olish rejasiningbajarilishi, mijozlarning ko’payishi va hokazolar) orqali o’z ifodasini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |