Mehnatga akkordli-mukofotli haq to’lash tizimida me’yor bo’yicha to’lanadigan ishbay haqqa mehnat natijalari va sifati (me’yoriy muddat qisqartirilganligi, mahsulotning yuksak sifati) uchun mukofot to’lanadi.
Akkord haq to’lashda ish haqining yuqori chegarasi bo’lmaydi. Xodimga o’zining vaqt birligi davomida bajaradigan ish miqdorini belgilash imkoniyatining berilishi akkord sharti hisoblanadi.
Mehnatga haq to’lashning jamoa tizimigao’tilsa, bajariladigan ishlarni “foydali”, “foydasiz”ga bo’lishga amalda barham beriladi. Chunki bu holda har bir ishchi jamoa - brigada, sex, uchastkaga topshirilgan hamma ishni bajarishdan moddiy jihatdan manfaatdordir. Jamoa ishbay tizymida xodimlar mehnatiga haqto’lash shaxsiy ishbay qiymati yoki umuman brigada, sex, uchastka uchun o’rnatilgan umumiy qiymatda, ya’ni jamoa qiymatida to’lanishi mumkin. Shaxsiy ishbay qiymatini umumiy topshiriqni bajarayotgan ishchilar mehnati qat’iy ravishda taqsimlab berilgan taqdirda o’rnatish maqsadga muvofiqdir. Bunda haq bajarilayotgan ishga o’rnatilgan qiymat hamda ishlab chiqarilgan sifatli mahsulot miqdoriga muvofiq belgilanadi.
Mehnatga vaktbay haq to’lash.Bu usulda ish haqi miqdori ishning muayyan natijasiga qarab emas, balki xodim korxona yoki tashkilotda ishlagan vaqtiga qarab aniqlanadi.
Vaqtbay ish haqi miqdori tarif bitimiga hamda xodim shaxsiy ish faoliyati baholanishiga bog’liqdir.
Mehnatga haq to’lashning vaqtbay (soatbay) turi kengroq tarqalgan. U mehnatni qat’iy ravishda me’yorlash va ish natijalarini to’liq hisobga olish imkoniyati yo’q xodimlarga nisbatan, shuningdek ishlab chiqarilayotgan mahsulotning miqdor ko’rsatkichlari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lmagan hollarda qo’llaniladi. Vaqtbay haq to’lash mehnat sur’ati majburiy ravishda boshqariladigan (konveyerlar)da ham maqbul hisoblanadi. Bu usul yollanib ishlaydigan xodimlar uchun ijobiy jihatlarga ega: bu holda ish haqi barqaror, mehnatga ishbay haq to’lash shaklida bo’lganidek, mehnat natijalari qat’iy o’zgartirilishi bilan bog’liq ijtimoiy muammolar keskinlashishi xavfi kam. Shu bilan birga mehnatga haq to’lashning vaqtbay usuli ish beruvchi uchun muayyan tavakkalchilik xavfini tug’dirishi mumkin. Ya’ni xodimlarning ish haqi mehnat unumdorligiga qat’iy bog’liqemasligi sababli ularda samaraliroq ishlashga rag’bat so’na boshlashi ehtimoldan xoli emas. Mazkur muammoni bartaraf etish uchun tadbirkor mehnatda namuna ko’rsatayotgan xodimlarning ish haqiga qo’shimcha to’lovlarning turli usullarini qo’llaydi. Boshqacha qilib aytganda, vaqtbay haq to’lashningturli shakllari mavjud: bevosita vaqtbay hamda vaqtbay-mukofotli.