Q. X. Abdurahmonov, Sh. R. Xolmo’minov, N. Q. Zokirova, A. B. Irmatova personalni boshqarish darslik



Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/502
Sana24.06.2022
Hajmi2,39 Mb.
#699062
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   502
Bog'liq
Personalni boshqarish

Mehnat ta’siri
(bozorda tovar va ishchi kuchiga talab, geografik, 
demografik va madaniy omillar).
2.
Texnologiya ta’siri
(XX asrning birinchi yarmida industrial ishlab 
chiqarishda konveyer usulining, so’nggi yillarda axborot 
texnologiyalarining qo’llanishi mehnatni tashkil etishda tub o’zgarishlarga 
olib keldi).
3.
Strategik ta’sir
. Ushbu masalada qarorni kompaniya bosh-
qaruvchilari qabul qilishlariga qaramasDan, ana shunday qarorlarga kelishga 
yuqorida qayd etilgan ikki ta’sirni hisobga olmaslikning iloji yo’q.
Mehnatni tashkil etishga o’ziga xos yondashuv Tavisto inson 
munosabatlari instituti tadqiqotlarida o’z ifodasini topdi. Ushbu yondashuv 
“ijtimoiy-texnik tizimlar” (“sotsiotexnik") nomini oldi.
Institut 
tadqiqotchilari mazkur tizimning ikki jihati:
1)
ijtimoiy omillar (xususan, xodimlar o’rtasidagi munosabatlar, 
ularning shaxsiy va jamoa munosabatlari);
2)
texnik omillar (xususan, mashina-uskunalar, texnologik jarayon, 
muhit)ni uyg’unlashtirish muvaffaqiyat garovi ekanligini ta’kidlaydilar.
Mehnatni ijtimoiy-texnik. tamoyillar asosida tashkil etish ikkita asosiy 
xususiyatga ega. Birinchidan, bu ishchi guruhlarining mustaqilligini 
kengaytirishni ko’zdatutadi. Bu tizim boshqaruvda guruhlarga ishlab 
chiqarish topshirig’ini bajarishda muayyan erkinliklar berishga asoslangan. 
Masalan, ushbu tamoyilga amal qilingan „V
OLVO
" kompaniyasida ishchilar 
ishlab chiqarish jarayoni butun bir bosqichini nazorat qilish vakolatiga egalar. 
Ular o’zlariga berilgan mustaqillikdan foydalangan holda, mazkur bosqich 
doirasida ish topshiriqlarini o’zlari taqsimlaydilar. Ikkinchidan, ijtimoiy-
texnik tizimda asosiy diqqat-e’tibor konveyer liniyalaridan “katak” tamoyili 
asosida tashkil etilgan ishlab chiqarishga qaratiladi. Bu usulda ishchi zarur 
butlovchi va ehtiyot qismlar, asboblar bilan ta’minlangan bo’lib, yig’uv 
birligi (buyum)ni boshidan oxirigacha o’zi tayyorlaydi. Mazkur holda 
mehnat operatsiyalari xilma-xilligi pirovard natijaga yo’naltirilishi yuksak 
malakaning zarurligi, mehnatda katta qoniqish hosil qilishni ta’minlaydi.
XX asrning 70- yillarida Yaponiya kompaniyalarining mehnatni 
tashkil etish tizimi ularga o’sha davrda (1973 yilda) ro’y bergan “neft’ 
taqchilligi”dan so’ng raqobatchilikda katta ustuvorlikni ta’minladi. Ushbu 
58


usul yuksak sifatli mahsulotni kam sarf-xarajat bilan ishlab chiqarishga 
asoslangandi.
Yaponiya kompaniyalari yuksak sifatga erishish uchun intilish mehnat 
unumdorligining pasayishiga olib keladi, degan aqida ildiziga bolta urib, 
mehnatni tashkil etish an’anaviy tasavvurlarini qayta ko’rib chiqishga 
majbur qildilar.
Ma’lumki, ommaviy mahsulot ishlab chiqarishga an’anaviy 
yondashuv omilining mezoni deb tayyorlangan mahsulot miqdori 
hisoblanardi. Sifat mezoniga esa ikkinchi darajali, deb qaralardi. Bu 
tamoyilda ishlab chiqarish jarayonida muayyan darajada brakka yo’l 
qo’yilishini tabiiy hol, deb baholash odat edi. Bu brak keyinchalik 
qo’shimcha mehnat sarf qilinishi hisobiga bartaraf etilar yoki brak 
mahsulotlar korxonada to’planib yotaverardi.
Keskin raqobat kurashida o’z mavqelarini saqlab qolish uchun g’arb 
kompaniya va firmalari yaponlarning kam sarf-xarajat bilan yuqori sifatli 
mahsulot ishlab chiqarishdan iborat mehnatni tashkil etish usullarini o’z 
korxonalarida qo’llashga kirishdilar. Xususan, “Ford motor companie" 
“Yaponiya izidan" strategiyasini joriy eta boshladi. Bu Fordning ommaviy 
ishlab chiqarish usuli o’rniga yapon menejmentini joriy etishni anglatardi. 
Ya’ni, amerikalik avtomobilsozlar ham o’zlarining unchalik tayyorgarlikka 
va malakaga ega bo’lmagan ishchilarini yuqori malakali va o’rgatilgan 
mugaxassislarga almashtirish yo’lini tutdilar.
XX asrning 80-yillarida Massachusets texnologiya instituti olimlari 
yapon avtomobilsozlarining raqobat kurashidagi muvaffaqiyatlari 
manbalarini chuqur tadqiq etishga qaratilgan Xalqaro Dasturni amalga 
oshirdilar. Shu tariqa “Tejamkor menejment" nomi Ni olgan mehnatni tashkil 
etish usulining ilmiy asoslari yaratildi.
Ushbu usulda “tejamkor" ishlab chiqarish tizimi barcha darajalarda, 
iloji boricha, yuksak samaradorlikka erishib, raqobatda ustuvorlikni 
ta’minlash tamoyiliga asoslangan. Mazkur yondashuv shilab chiqarish 
jarayonida foydalaniladigan hamma narsani, ayniqsa, pirovard mahsulot 
qiymatiga qo’shilmaydigan barcha yordamchi jarayonlardagi sarf-xarajatlarni 
muttasil kamaytirib borishni talab etadi.
“Tejamkor menejment"da ishlab chiqarishni mugtasil takomillashtirib 
borishga qaratilgan 

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish