Boburiylar saltanati Bobur podshoh 1526-yilning 21-apre-
lida Delhi hukmdori Ibrohim Lo‘diy
qo‘shinlarini tor-mor keltirdi. Bu g‘alaba natijasida Bobur podshoh
Shimoliy Hindistonni egalladi. 1526-yilning 27- aprelida Dehli
shahrida podshoh Bobur nomiga xutba o ‘qildi. Shu tariqa
Hindistonda — boburiylar sulolasiga asos solindi.
Bobur
podshoh Hindistonda bir-biri bilan dushmanlik
kayfiyatida bo‘lgan mayda mustaqil rojalarni ham qilich, ham
siyosat yo‘li bilan birlashtirdi va markazlashgan yirik saltanatni
barpo etdi. Bu saltanat 1858- yilda Buyuk Britaniya Hindistonni
to ‘liq bosib olguniga qadar hukm surdi.