Shayboniylar davrida
Buxoro xonligi m a’muriy jihatdan
davlat boshqaruvi
viloyatlar va tumanlarga bo ‘lingan.
Xonlikda oliy davlat idorasi temuriylar
davridagidek dargoh deb atalgan. Uning tepasida xon turgan. Ijro
etuvchi hokimiyat ham awalgidek devon (vaziriik) deb atalgan.
Unga devonbegi (bosh vazir) rahbariik qilgan. Katta nufuzga ega
bo‘lgan devonbegi ayni paytda davlatning moliya va xo‘jalik
ishlarini ham boshqargan. Biroq, shayboniylar davrida devon
faoliyati temuriylar davridagidek nufuzga ega boMmagan. Bunga
dargohdagi mansablar mavqeyining kuchli bodmaganligi sabab
bo‘lgan.
Yana bir katta davlat mansabi — otaliq edi. Xon siyosatining
viloyatlardagi ta’siri otaliq mansabiga tayinlanganlarning nufuzi
bilan belgilangan. Xon viloyatlami shalizodalarga taqsimlab berar
ekan, ularga rahnamo etib o‘z nazoratcliisini, ishongan kishisini
tayinlagan. Bunday nazoratchi, ishonchli shaxs otaliq deb
24
atalgan. Balog‘atga yetmagan shahzodalar ulg‘ayib, mustaqil
faoliyat yuritgunlariga qadar viloyatlardagi davlat ishlarini
ularning nomidan otaliqlar boshqargan.
Yana bir davlat mansabi — parvonachi deb atalgan. Uning
vazifasi xon farmonlarini, rasmiy hujjatlarni mas’ul shaxslarga,
ijrochilarga yetkazishdan iborat bo‘lgan.
Dodxoh mansabida ishlagan amaldor dargohga tushgan
arizalarni qabul qilgan va ularga javob qaytargan. Shuningdek,
dodxoh mamlakatda adolat mezonlariga amal qilinishini ham
nazorat qilgan.
Muhim davlat mansablaridan yana biri — ко ‘kaldosh man
sabi edi. Bu mansabga xon sulolasiga eng yaqin shaxslardangina
tayinlangan. Ko‘kaldosh xon siyosatiga fuqarolaming munosa-
batini o‘rgangan va bu siyosatning daxlsizligini ta’minlagan.
Xon va shahzodalar o‘rtasidagi ichki munosabatlar masalasi
bilan xon yasovuli mansabida ishlagan amaldor shug‘ullangan.
Shayboniylar davlatida eshikog‘aboshi lavozimi ham muhim
sanalgan. U dargoh xavfsizligi, undagi tartib hamda kelgan-
ketganlardan xabardor bo‘lib turish masalalari bilan shug‘ul-
langan.
Yuqori davlat lavozimlari ichida katta mavqega ega bo‘lgan
lavozimlardan yana biri shayxulislom hisoblangan. Shayxulislom
shariat qonunlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirgan.
Qozikalon bo‘lgan amaldor esa sud ishlariga yetakchilik
qilgan.
Yana bir muhim davlat lavozimi muhtasib (rais) deb atalgan.
Bu lavozimni egallagan amaldor mamlakatda jamoat tartibining
saqlanishini, diniy marosim va amallarga rioya qilinishini
kuzatgan, bozorlarda narx-navo va tarozilarning to ‘g‘riligini
nazorat qilish bilan shug‘ullangan.
Mehtar lavozimiga tayinlangan mansabdor esa zakot va
boshqa tushumlardan tushgan mablag‘larni zarur o‘rinlarda ish-
latishni nazorat qiluvchi amaldor hisoblangan.
XonUkda davlat lavozimi mansabdori hisoblanmasa-da, naqib
unvoniga sazovor bo‘lgan shaxsning xon saroyida nufuzi baland
bo‘lgan. Chunonchi, u xonning yaqin va ishonchli kishisi
sanalgan. Ayni paytda, u davlat ichki va tashqi siyosati masalala-
rida xonning maslahatchisi ham hisoblangan. Zarur boMganda
elchilik vazifasini ham bajargan.
25
Do'stlaringiz bilan baham: |