Kengash davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud
hokimiyati vazifasini bajargan. Oliy Kengashga xonning o‘zi
rahbarlik qilgan. Oliy Kengash ishida
xonning yaqin qarindoshlari,
mehtar, qo‘shbegi, devonbegi, naqib, shayxulislom, bosh qozi,
inoq, otaliq va biylar qatnashganlar. OUy Kengash majhsi haftada
bir marta o‘tkazilgan va unda davlatning ichki va tashqi siyosatiga
oid eng muhim masalalar muhokama etilgan.
Ayni paytda, xonlik hayotiga oid kundalik masalalami hal etish
uchun Kichik Kengash ham ta’sis etilgan. Bu kengash ishida xondan
tashqari mehtar, qo‘shbegi, devonbegi, naqib va shayxulislom
qatnashganlar.
Xonlikda mehtar bosh vazir hisoblangan. U xon safarga chiqqan
paytlarda xonlikni idora qilgan. Mehtar va qo‘shbegi mamlakat
miqyosida soliqlar yig‘ilishiga javobgar bo‘lganlar.
Xonlikda 3 ta devon (vazirlik) ham faoliyat ko‘rsatgan. Bular
xo‘jalik, ijtimoiy-siyosiy va harbiy ishlar bilan shug‘ullanuvchi
devonlar edi. Ularning faoliyatiga devonbegi rahbarlik qilgan.
Xonlikning qo‘shiniga yasovulboshi qo‘mondonlik qilgan.
Xonlik tarkibidagi qozoq va qoraqalpoqlar esa o‘zlarining
biylari, turkmanlar esa ularning vakili tomonidan boshqarilgan.
Ularning lavozimlari nasldan naslga meros bo‘lib o‘tsa-da,
nomzodini xon tasdiqlashi shart bo‘lgan.
Xonlikning asosiy boyligi yer hisob-
er ega lgi
lanardi. Bu yerlar sug‘oriladigan (axya)
va sug‘orilmaydigan (adra) yerlardan iborat edi. Egalik shakliga
ko‘ra, Xiva xonligining yerlari ham uchga bo‘lingan:
1.
Davlat yerlari (podshohi). 2. Xususiy mulk (xususiy yerlar).
3. Vaqf yerlari.
Xon va uning qarindoshlari, oliy martabali boshqa turli
amaldorlar, ruhoniylar, savdo-sotiq tabaqalari barcha yerlarning
deyarli yarmiga egalik qilishgan. Amaldorlaming yerlari 2—3 ming
tanobni tashkil etgan. Xon va uning qarindoshlari undan ham
katta hajmdagi yer maydonlariga egalik qilishgan. Qolgan yerlar
davlat ixtiyoriga olingan (vaqf yerlaridan tashqari). Davlat yer-
larida va xususiy mulk yerlarida ijarachi dehqonlar mehnat qil-
ganlar.
Davlat yerini ijaraga oluvchilar
bevatan, xususiy yerlarni
ijaraga oluvchilar
koranda, vaqf yerlarini ijaraga oluvchilar esa
vaqfchi deb atalgan.
93
Xonning qarindoshlari o‘z xususiy yerlaridan davlatga soliq
to‘lamas edilar. Davlat soliqlaridan ruhoniylar, katta amaldorlar,
tarxon yer olganlar ham ozod etilgan edilar. Biroq soliqni bu
yerlarda ishlovchi ijaradorlar, ya’ni mehnatkashlar to‘lashgan.
Shaharlarning iqtisodiy taraqqiyotdan orqada qolishi, yirik
sanoatning mutlaqo yo‘qligi oqibatida G ‘arbiy Yevropa davlatlarida
yersiz dehqonlar shaharga ish izlab borishdek imkoniyatga ega
bo‘lmagan. Oqibatda, ular qishloqda qolishga majbur bo‘lganlar.
Suv tanqisligi tufayli dehqonchilik qiyin sharoitda olib
borilardi. Shu bois Amudaryodan suv chiqarishga e’tibor berildi.
XVIII asming 70-yillarida Davkor ko‘li yonida kanal, XIX asr
boshlarida esa Lavzan, Qilich Niyozbiy, Katta Xonobod kanal-
lari qurildi. Bu tadbirlar yerlami sug‘orish holatini yaxshilashga
ko‘maklashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: