Q usmonov, U. Jo‘rayev, N. Norqulov o zbekiston tarixi



Download 38,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/128
Sana26.02.2022
Hajmi38,02 Mb.
#465695
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   128
Bog'liq
8-синф уз.тарихи

Xiva — Buxoro muno- 
bilan 1662-yilda sulh tuzib, 1663-yilda 
sabatlari 
hokimiyatni o‘g‘li 
Anushaxonga 
topshi-
radi. Anushaxon davrida Buxoro —Xiva 
munosabatlari yanada keskinlashdi. Anushaxon bir necha marta 
Buxoro xonligi hududlarini xonavayronlikka 
olib kelgan 
harbiy yurishlar uyushtirdi. Uning qo‘shini hatto Samarqand­
ni egalladi. Nihoyat, 1685-yilda G ‘ijduvon yaqinidagi jangda 
Xiva qo‘shinlari tor-m or etildi. Oxir-oqibatda, Buxoro xoni 
Subhonqulixon Anushaxonga qarshi Xivada fitna uyushtirdi. 
1686-yilda Anushaxonning ko‘ziga mil tortiladi va taxtdan tu- 
shiriladi.
Subhonqulixon Xivada o‘z tarafdorlaridan shunday fitnachi 
guruh uyushtira olgan ediki, ular ta’sirida XVI asr oxiri XVII 
asr boshlarida Xivada „xonlar o‘yini“ — o‘nlab xonlar alma- 
shinuvi sodir bo‘ldi. Buning oqibatida Xiva xonligining siyosiy 
hayoti yanada murakkablashdi, xonlik ziddiyatlar, qarama- 
qarshiliklar girdobida qoldi. Xiva xoni Sherg‘ozixon (1714— 
1728) davrida Buxoro xoni Abulfayzxon orolliklami Xiva xoniga 
qarshi gijgijlay boshladi. N atijada O rolbo‘yi aholisi Xiva 
xonligidan ajralib chiqdilar. Xiva xonligida boshlangan o‘zaro 
kurash goh u, goh bu tomonning ustunligi bilan to Sherg‘ozi- 
xon vafotiga qadar davom etdi.
Xiva xonligining siyosiy ahvoli 
Elbarsxon 
davrida (1728— 
1740) yanada keskinlashdi. Elbarsxon ichki nizolami bostirib, 
qo‘shni hududlarga ham hujumlar uyushtirdi. Ayni paytda u 
Nodirshohga qarshi kurashda Buxoroga yordam berishga ham 
intilgan edi.
Nodirshoh Buxoroni tobe etgach, 1740-yili Xiva xonligiga 
yurish boshladi. Hazorasp yonidagi jangda Xiva qo‘shinlari 
yengildi. Xonqada bo‘lgan jangda Xiva qo‘shinlari butunlay tor- 
mor etildi. Elbarsxon o‘ldirildi.
Nodirshoh 1740-yili Xivaga o‘z odamini hokim etib tayin- 
lab, Eronga qaytadi. Xivada Eron boshqaruv tizimi o‘rnatiladi. 
Aholiga „moli omon“ solig‘i solinadi. Ana shundan keyin Xiva 
xonligida parokandalik kuchaydi. 0 ‘zaro urushlar natijasida bir 
qancha vaqt turkman qabilalari — 
yovmutlar
ustun kelib turdi.


Endi Xiva xonligi 
mustaqilligini yo‘qotdi, qadimiy madaniy 
mamlakat bosqinchilik va talon-taroj maydoniga aylantirildi. 
Osiyo va Yevropani birlashtiruvchi karvon yo‘li o‘zining aha- 
miyatini to la yo‘qotdi. Xonlar esa amalda inoqlar qolida itoatkor 
bo‘lib qoldilar.

Download 38,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish